Ammiakdan soda ishlab chiqarish texnologiyasi


Maishiy-xo‘jalik shishasi ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 1,51 Mb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi1,51 Mb.
#217455
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AMMIAKDAN SODA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Maishiy-xo‘jalik shishasi ishlab chiqarish texnologiyasi
Tarkibi, asosan kremnezem, glinazyom, ishqoriy va ishqoriy oksidlardan tashkil topgan hamda suyuq pastasimon va qattiq mahsulotlarni qadoqlash, saqlash va uzatish uchun xizmat qiluvchi shaffof amorf moddalardan yuqori temperaturada shakllash yo‘li bilan olingan buyumlarga maishiy-xo‘jalik shisha buyumlari deb ataladi.

Maishiy-xo‘jalik shishasi 3 ta katta gruppaga bo‘linadi:

1. Tara shishasi.

2. Sortli shisha.

3. Badiiy-dekorativ buyumlar shishasi.
Shisha tarasi buyumlari o‘z navbatida ikki katta gruppaga bo‘linadi:

Bo‘g‘zi tor shisha tarasi-og‘zining ichki diametri 30 mm dan kam bo‘lishi zarur. U suyuq mahsulotlarni qadoqlash va saqlash uchun xizmat qiladi.

Bo‘g‘zi keng shisha tarasi-og‘zining ichki diametri 30 mm dan katta bo‘ladi. Shuning uchun yarimsuyuq va qattiq mahsulotlarni qadoqlash va saqlash maqsadida ishlatiladi.
Sortlash va badiiy dekarativ shishalarning ishlatilishiga qarab oshxona idishi vino va ichimliklar idishi, badiiy-dekarativ bumlari kabi turlarga ajraladi. Shisha tara tarkibiga, asosan uchta oksid –SiO2, CaO va Na2O kiradi.

Shishaning yetilishi va olinayotgan buyumlarning sifatini yaxshilash maqsadida tarkibiga 3-3,5 % MgO (SaO hisobidan) 3-5 % Al2O3 kiritilishi mumkin. SiO2 o‘rniga 1% gacha В2О3 va Na2O o‘rniga 2-3% К2О qo‘shish ham shisha sifatini yaxshilaydi. Shaffof shisha tara tarkibida 0,1 % gacha, yarimoq shishalar tarkibida esa 0,6 % gacha Fe2O3 bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Rangli shisha tara tarkibida esa 1,5-2 % Fe2O3 va 1-2 % gacha MnO kirishi mumkin. Ko‘p tarqalgan shisha taraning tarkibi quydagicha: SiO2-73, Al2O3Q Fe2O3-2%, СаО QМgO-10%, Na2OQK2O-14,5 va nihoyat SO3-0,5.



Shisha tarasi ishlab chiqarishning texnologik sxemasi


Kvats qumi

Oxaktosh yoki dalomit

Soda yoki natriy sulfat

Shisha chiqindisi









Magnitli separatsiya

donalash

maydalash

Maydalash









Quritish

quritish

quritish

Yuvish









Elash

elash

elash

Elash









Bunker

Bunker

Bunker

Bunker



Avtomatik torozilar orqali dozalash



Eyrix aralashtirgichida shixta tayyorlash



Pressda breket olish



Vannali pechda shixtani eritish



Pitatel yordamida qoliplashga uzatish



Qoliplash



Ler 1000x18 yordamida otjig o‘tkazish



Sortlash joylash



Tayyor buyumlar ombori.

Korxonaning dozalash-aralashtirish bo‘limda tara shishasi tarkibiga kiruvchi komponentlar avtomat tarozida 0,2-0,3 % aniqlikda tortiladi. Komponentlar konver yordamida aylanuvchan jom ko‘rinishli eyrix aralashtirgichlarida uzatiladi. Tayyor shixta oraliq bunkerga tushadi va lentali konver yordamida pechga uzatiladi. Shisha pishirish asosan protokli vanna pechidan foydalaniladi. Pechdagi temperatura 1480-1550 оС atrofida bo‘lishi mumkin.

Tara shishasini qoliplash yarim avtomat va avtomatlar yordamida puflash, presslash va puflab presslash usullari orqali bajariladi. Ushbu maqsadlarda VV-2, VV-6, VV-12, 2LAM, AV-6, LVM kabi mashinalar ishlatiladi.

Shisha qoliplash mashinalari nihoyatda unumdor agregatlardir. Masalan, 2PVM-12 mashinasida 1 minutda 55-60 dona banka, 3 PVM-12 da esa 25-30 dona buyum qoliplanadi. VV-12 tipidagi mashinalarning qoliplash quvvati 1 minutda 100-160 ta butilkani tashkil etadi.

Tara shishalari qoliplangandan so‘ng tunelli konver pechlariga uzatiladi. Idish konveyyerning metall setkasi ustida joylashgan bo‘lib, ma’lum temperaturada ichki kuchlanishdan xoli bo‘ladi. Bu jarayon otjig deb ataladi.

Shisha sanoatida objig uchun LER-18 va PO-180 markali qurilmalardan foydalaniladi. Tara shishalarining sifati PKS -500 va boshqa markali polyaroid mikroskoplari yordamida tekshiriladi.

Billur tarkibida ham shisha tarasi kabi turlicha bo‘ladi. Og‘ir billur tarkibida 30% dan ortiq qo‘rg‘oshin oksidi, 50-60% qum va 9-12% kaliy oksidi bor. Yengil billur tarkibida esa 17-27% qo‘rg‘oshin oksidi 1-5% kalsiy oksidi , 12-17% natriy va kaliy oksidlari, 55-65% kremniy (IV) oksidi kiradi. O‘zbek billuri 59%qum, 24% PbO di,16% K2O, 1% ZnO bo‘ladi.

Xom ashyoni tayyorlash yuqorida keltirilgan sxemada xuddi shisha tarasidagidek bir tarzda o‘tadi. qumni boyitish magnitli separatsiya va tebranuvchi stol yordamida amalga oshiriladi. Shisha tayyorlash taqsimchali va boshqa tipdagi aralashtirgichlarda bajariladi.

Shixtani eritish va shisha olish asosan vanna va tuvakli pechlarda amalga oshiriladi. Billur buyumlar ishlab chiqarishda pech ichidagi temperatura 1450-1470 оС atrofida bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin PbO holatdan Pb holatga qaytmasligi uchun kislorodli muhitda olib borish lozim. Erish uchun ketadigan vaqt 4-5 soatni tashkil qiladi. oz miqdordagi billur tuvakli pechlarda pishiriladi. Shisha chiqindisini pechga yuklash vaqtida 1250оС bo‘lsa, ularning ustiga 1-1,5 soatdan keyin shixta yuklanadi. Shixta yuborish vaqtida temperatura 1350-1420 bo‘lsa ma’qul. Shixtani butunlay eritish, biqqillatib qaynatish va oqartirishga 1460-1470oS da 6-7 soat sarf bo‘ladi. Billur shishalarni qoliplash qo‘lda puflash, mexanizatsiyalashgan puflash va presslash usullari orqali amalga oshiriladi.

Billursozlikda keyingi jarayon otjig bo‘lib, u maxsus tunnel pechlarida 550-400 оС temperaturada buyumni asta-sekin sovitish yo‘li bilan kuchlanishlardan holi qilinadi.

Billur texnologiyasidagi yana bir nozik jarayon gul chizish va surat solishdir. Bu olmosli stanoklar yordamida gul solish va qirrali chizish aylanuvchan sayqallash diski yordamida bajariladi. Turli gul, surat va naqshlar chizilgandan so‘ng 40% li plavik kislota va 96-98% li sulfat kislota ishtirokida sayqal beriladi. Maishiy xo‘jalik shishasidan stakan, rumka, butilka, banka kabi ro‘zg‘or uchun kerakli buyumlar tayyorlanadi. Bunday shishadan tayyorlangan ko‘za, grafin, amfora, qadah, flokon, savatcha, manzarali lagan, patnis, kubolarga chiroyli va shaffofligi jixatdan tenglasha oladigan buyum kam. Bunday shishalardan «oniks» xissadorlik jamiyatiga qarashli birlashmadan qo‘rg‘oshinli va qo‘rg‘oshinsiz rangli shisha buyumlari ko‘plab ishlab chiqariladi. Tara shishasi esa Toshkentdagi billur, Farg‘onadagi, Quvasoy shisha korxonalarida ishlab chiqariladi.


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish