Vodorod–sulfidli usul bo`yicha kationlar guruhlari.
Guruh
|
Kationlar
|
Guruh reagenti
|
Cho`kma tarkibi
|
Birikmalarning eruvchanligi
|
I guruh
|
Li+, Na+, K+, NH4+, Mg2+
|
Yo`q
|
Yo`q
|
S2–, Cl–, CO32–, OH–
|
II guruh
|
Ca2+, Sr2+, Ba2+
|
(NH4)2CO3
|
CaCO3, SrCO3, BaCO3
|
S2–, Cl– lar suvda eriydi
|
III guruh
|
Al3+, Cr3+, Fe2+, Fe3+, Zn2+, Co2+, Mn2+, Ni2+
|
(NH4)2S
|
Al(OH)3, Cr(OH)3, Fe2S3, ZnS, CoS
|
S2– suyultirilgan kislotalarda, Cl– lar suvda eriydi
|
IV A guruh
|
Cu2+, Cd2+, Hg2+, Bi3+
|
H2S
|
CuS, CdS, HgS, Bi2S3
|
S2– suyultirilgan kislotalarda erimaydi
|
IV B guruh
|
Sn2+, Sn4+, Sb3+, Sb5+
|
Na2S yoki (NH4)2S
|
Yo`q
|
S2– suyultirilgan kislotalarda erimaydi
|
V guruh
|
Ag+, Pb2+, Hg22+
|
HCl
|
AgCl, PbCl2, Hg2Cl2
|
Cl– lar suvda erimaydi, suyultirilgan kislotalarda eriydi
|
3–guruh kationlari sifat reaksiyalari:
a) CaCl2 + (NH4)2C2O4 = CaC2O4↓(oq) + 2NH4Cl
b) Sr(NO3)2 + H2SO4 = SrSO4↓(oq) + 2HNO3
c) BaCl2 + K2CrO4 = BaCrO4↓(sariq) + 2KCl
Sistamali vodorod sulfidli usul bilan analiz qilish sxemasi.
Kationlarning uchinchi analitik guruhi boshqa guruh kationlaridan guruh reagenti yordamida ajratiladi. Kuchsiz ishqoriy muhitda, ya`ni pH=9,2 ga teng bo’lganda ammoniyli bufer aralashm NH4OH+NH4CI ishtirokida uchinchi analitik guruh kationlariga ammoniy sulьfid ta`sir ettirilsa, kationlar sulьfidlar va gidroksidlar holida cho’kmaga tushadi. Kolloid hosil bo’lishini oldini olish uchun cho’ktirish qizdirish bilan olib boriladi. Analiz quyidagi sxema bo’yicha bajariladi.
To’rtinchi analitik guruh kationlariga
Cu2+, Bi3+, Cd2+, Hg2+, Sb3+, Sb5+, Sn2+, Sn4+, As3+, As5+ ionlari kiradi.
Bu kationlar kislotali muhitda (рН=0,5) vodorod sulьfid ta`sirida sulьfidlar holida cho’kadi. Hosil bo’lgan sulьfidlar, elementlar o’zlarining davriy sistemadagi joylashishiga qaramay, turli hossaga ega bo’ladi. Shuning uchun ular ikki guruhga ajratiladi:
1 – mis guruhchasi
Cu2+, Cd2+, Hg2+, Pb2+, Bi3+, Sn2+ va boshqalar (bu guruhga kationlarning sulьfidlari tarkibdagi elementlarning asosli hossalari ancha yuqori bo’lgani uchun ishqorlarda erimaydi).
2 – mishьyak guruhchasi
Sb3+, Sb5+, Sn2+, Sn4+, As3+, As5+ bu guruh ionlarining sulьfidlari ishqorlarda eriydi. Sn2+ kationi Sn4+ ga nisbatan asosli hususiyati ancha yuqori bo’lgani sababli boshqalardan ajralib turadi. Uning sulьfidlari ishqorlarda Na2S va (NH4)2S da erimaydi.
SnS faqat ammoniy polisulfidda eriydi, chunki bunda Sn2+ ioni Sn4+ gacha oksidlanadi. Shuning uchun Sn4+ gacha oksidlanadi. Shuning uchun Sn2+ gacha oksidlab olish mumkin. Bu guruh kationlarini hosil qiluvchi elementlar D.I.Mendeleev davriy sistemasining 4,5 va 6 katta davrlarining ikkinchi yarmida I, II, IV, V guruhlarda joylashgan. Bu metallarning ionlari tugallangan 18 elektronli tashqi qobiqqa yoki tashqi qavatida 18+2 elektron bo’lgan qobiqqa ega bo’ladi.
Bu guruhning guruh reagenti kislotali muhitda vodorod sulьfiddir. Vodorod sulьfid рН=0,5 ga teng bo’lganda IV va V analitik guruhining hamma kationlarini cho’ktiradi. Shuning uchun V analitik guruh kationlarini oldindan eriymadigan hloridlar holida ajratib olinadi. Lekin har ikkala guruh kationlarining sulьfidlari hossalari bilan bir vaqtda tanishish maqsadga muvofiq. Tegishli tuz eritmalarining biridan 1-2 tomchi olib, probirkada 5-6 tomchi suv qo’shib suyultiriladi va 2 n HCl eritmasidan bir tomchi qo’shib, olingan eritmadan H2S o’tkaziladi.
Har bir tajribadan keyin eritmaga vodorod sulьfid yuboriladigan shisha nayni tozalab yuvish kerak. kumush, qo’rg’oshin, mis, visьmut va simob (I va II) tuzlari eritmasida H2S o’tkazilganda Ag2S, PbS, CuS, Bi2S3, HgS ning qora tusli cho’kmalari hosil bo’ladi.
Xulosa
Mustaqil ta`lim yuzasidan bajarilgan ishga guruh reagenti va unga quyilgan talablar, vodorod sulfidli usulda, kationlarni turkumlanishi, har bir guruh kationlariga umumiy tavsif, vodorod sulfidli usulning kamchiliklari ko’rsatilgan.
Adabiyotlar
1. V.N.Alekseev «yarim mikrometod bilan qilinadigan ximiyaviy sifat analizi» T., O’qituvchi. 1976, g’ 623 b
2. V.D.Ponomarev “Analiticheskaya ximiya” 1 chast. M., Vishaya shkola. 1982, - 394 s.
3. M.T. Gulamova , Sh.Q.Norov N.T.Turobov “ANALITIK KIMYO”
4. WWW.ziyo.net sayti
Do'stlaringiz bilan baham: |