VODOROD SULFID, H2S — vodorod bilan oltingugurt birikmasi; rangsiz va zaharli gaz, palag`da tuxum hidi keladi; qaynash t-rasi — 60,38°, suyuqpanish t-rasi —8,29°, suvda erib, sulfid kislota (juda kuchsiz) hosil qiladi; bu kislotaning tuzlari sulfidlar deb ataladi. Tarkibida 2 valentli oltingugurt borligi uchun Vodorod sulfid juda kuchli qaytaruvchidir. Vodorod sulfid texnikada neft, tabiiy va sanoat gazlarini qayta ishlash yo`li b-n, lab. da esa metall sulfidlarga suyultirilgan sulfat kislota ta`sir ettirib olinadi. Analitik kimyoda kationlarni aniqlashda ishlatiladi.
3.8. Uchinchi guruh kationlari aralashmasining analizi.
Uchinchi guruh kationlarini o’rganishda ikkinchi va birinchi guruhlardagiga qaraganda juda hilma-hil va murakkab kimyoviy o’zgarishlarni uchratdik. Uchinchi guruh kationlari uchun har hil analiz usullarni qo’llash mumkin. Bulardan ayrimlari bilan tanishish mumkin:
1. Bo’lib-bo’lib har qaysi ionga hos reakciya bilan analiz qilish xemasi:
Eritma
Do'stlaringiz bilan baham: |