Temur davlatni boshqarishga katta eʼtibor berib, yangi davlat tizimi boʻyicha Devoni buzrugdan tashqari, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yigʻish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yoʻllar, sugʻarish tarmoqlariga qarab turish va aholining xulqiy-axloqiy harakatlarini nazorat ostiga olish kabi ishlar bilan shugʻullangan. Har bir Devonda kirim va chiqimlarni hisobga olish, qayd etish turk-oʻzbek va fors-tojik tillarida olib borilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |