U Movarounahrga bir necha bor talonchilik niyatida bostirib kirganidan soʻng, Temurda ham unga qarshi kurashish majburiyati vujudga keldi va 1395 yil 15 aprelda Qunduzchada Amir Temur bilan Toʻxtamishxon oʻrtasida hal qiluvchi hayot-mamot jangi boshlandi. Jang faqat Toʻxtamishxonning taqdirini hal qilib qoʻyaqolmay, balki butun Oltin Oʻrda taqdirini ham hal qildi. Tarix Temur zimmasiga Oltin Oʻrdadek qudratli moʻgʻul imperiyasining asosini yemirishdek ulkan vazifani qoʻygan ekan, Sohibqiron bu vazifani ham buyuk jasorat bilan ado etib, Rus knyazliklari va Sharqiy Ovroʻpo xalqlarini moʻgʻullar asoratidan xalos boʻlishlariga yoʻl ochib berdi. Yirik rus olimi A. Yu. Yakubovskiy: “Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan bu gʻalabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy Ovroʻpo, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik boʻldi”, deb yozdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |