Amir Temurning har bir harbiy yurishiga turtki boʻlarlik sabab bor edi. Bu sabablari oʻz davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi dushmanlardan himoyalanish, karvon yoʻllarini turli yoʻltoʻsarlardan tozalash, xiyonatchi,sotqin, addamchilarni jazolash, boʻysunmaganlarni itoat ettirish, oʻzining siyosiy taʼsirini kengaytirish kabilardan iborat boʻlganligini tarixiy manbalardan bilib olish mumkin. Masalan, Amir Temurning Toʻxtamishxonga qarshi yurishini olsak, Temur Toʻxtamishxonga koʻp iltifotlar, yordamlar koʻrsatib, 1379 yilda Oʻrusxonni yengib, Oq Oʻrda taxtiga Toʻxtamishxonni oʻtqazgan edi. Ammo Toʻxtamishxon Amir Temurning umidlarini puchga chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |