Amir Temur davriga oid manbalar


Amir Temur va temuriylar davri tarixining xorijiy mamlakatlar va O‘zbekistonda o‘ranilishi



Download 217,59 Kb.
bet2/55
Sana06.08.2021
Hajmi217,59 Kb.
#140165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Amir Temur davriga oid manbalar

2. Amir Temur va temuriylar davri tarixining xorijiy mamlakatlar va O‘zbekistonda o‘ranilishi.

Amir Temurning dunyodagi eng kuchli va kata saltanatlardan birini barpo etganligi, harbiy san’ati, davlatni qanday asoslarga tayanib boshqarganini anglab yetish davrlar osha tadqiqotchilar hamda siyosatchilarning arboblarning diqqat-e’tiborini tortib kelgan. Ularning ko‘lami to‘g‘risida umumiy tasavvur uyg‘otuvchi bibliografik tadqiqotlar fikrimizga dalildir. E.V. Rtveladze va A.X. Saidov jahon miqyosida Temur tarixini o‘rganilganlik darajasini aniqlash uchun izlanishlar olib borib «Amir Temur dunyo fani ko‘zgusida» nomli bibliografik tadqiqotni chop etdilar. Undagi malumotlarga ko‘ra, Amir Temurga bag‘ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 700 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 dan ko‘pdir. Ularda Amir Temur shaxsi, saltanatning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, madaniy hayotiga turli baholar berilgan. Asrlar osha Amir Temur goh qattiqqo‘l va zulmkor, goh adolatli va talabchan hukmdor sifatida talqin etib kelingan. Bu kabi baholarning paydo bo‘lishiga Amir Temur davridan ko‘plab ijobiy yoki salbiy munosabatda yozib qoldirilgan manbalar sabab bo‘lgan. Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi mualliflar Amir Temurning davlatni adolatli boshqargani, uning xalq va davlat manfaatlari yo‘lida sa’yi harakatlar qilgani va boshqa xislatlarini yozgan bo‘lsalar, Ibn Arabshoh «Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” nomli asarida Amir Temurga ko‘proq salbiy jihatdan baholar berib o‘tgan. Sovet davri temurshunosligiga salbiy tasir ko‘rsatgan omillardan biri Fridrix Shlosserning (1776-1861) «Butun dunyo tarixi» asaridir. Shlosser Amir Temur haqida «baxtli jangchi, jahonning yangi istilochisi... shu bilan bir qatorda olisdagi Sharqning qonun chiqaruvchisi edi. Osiyodagi kamyob bo‘lgan taktik hamda strategik bilimlarni o‘zlashtirib, u yerdagi to‘dalarni o‘ziga jalb qildi», - deya tavsif beradi. temuriylar davridagi siyosiy - huquqiy talimotlar tarixini tadqiq etdi. U o‘z tadqiqotida davlatni idora qilish tadbirlari, kengashlari, vazirlar va amirlarni joy-joyiga qo‘yish, mamlakatni idora qilish, sipoh, Amir Temurning qarashlari, davlat funksiyalari va boshqalarga to‘xtalib o‘tgan. H.Boboev asosan mavzuning huquqiy asoslarini ochib berishga intilgan, bizning tadqiqot esa ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishda olib borilgan va har ikki ishda qo‘yilgan masalalar ham bir–biridan farq qiladi. A.A. To‘laganov 1996 yilda “Amir Temurning o‘zbek davlatchiligining rivojlanishida tutgan o‘rni va mavqei («Temur tuzuklari») misolida” mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. U «Tuzuklar»ning yaratilish tarixi, uning Movarounnahr siyosiy va huquqiy talimotlar tarixini o‘rganishdagi ahamiyati, Amir Temurning davlatni idora etish tamoyillari, tadbirlar va kengashlarning davlatchilikdagi o‘rnini yoritgan. Ziyodulla Muqimovning 1998 yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida O‘zbekiston tarixining VIII-XIX asrlariga oid 10 tarixiyhuquqiy manbalari va ularning yuridik qimmatiga huquqshunoslik nuqtai nazaridan baho berilgan. Tarixchi olimlar orasida Azamat Ziyo «O‘zbek davlatchiligi tarixi» kitobining «O‘zbek davlatchiligi Amir Temur va temuriylar davrida» deb nomlangan to‘rtinchi bobida Amir Temur saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimiga to‘xtalib o‘tgan. Tadqiqotchi Amir Temurning markazlashgan davlat qurishi davriga oid tarixiy jarayonlarni qisman tahlil etgan. Dildora Abidjonova ingliz ilmiy adabiyotida Amir Temur davrining o‘rganilishiga oid ilmiy tadqiqot olib borib nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu tadqiqot ham bizga ingliz tarixshunosligi ko‘lamini o‘rganishimizda yordam beradi. Tadqiqotlar orasida X. Mamatovning «Temur tuzuklari»da davlat va huquq masalasi» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasini ham ko‘rsatib o‘tish joiz. U «Temur tuzuklari» orqali Amir Temur davlatining tashkil topishi va taraqqiyoti, tasavvuf ta’limotining Amir Temur siyosiy qarashlarining shakllanishiga ko‘rsatgan tasiri, uning yaratilishi va o‘rganilishi, davlat boshlig‘i to‘g‘risidagi qarashlar, davlat boshqaruvi va davlat xizmati, huquq, qonunchilik, hamda huquqiy tartibot haqidagi masalalarga ancha keng to‘xtalgan va mavzuning yuridik mohiyatini ochib bergan.

Download 217,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish