Amir Temur davriga oid manbalar



Download 217,59 Kb.
bet1/55
Sana06.08.2021
Hajmi217,59 Kb.
#140165
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Amir Temur davriga oid manbalar


  1. Amir Temur davriga oid manbalar.

Ta’kidlash joizki, jahon miqyosida ulkan iz qoldirgan buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Amir Temur hayoti va faoliyati xususida bir qator tarixiy manbalar mavjud. Mazkur davrga oid ilk manbalardan biri bu fiqxshunos olim G‘iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islom Yazdiyning “Ro‘znomayi g‘azovoti Hindiston” (“Hindistonga yurish kundaligi”) asari hisoblanadi. Mazkur “Kundalik” o‘zida Amir Temurning Hindistonga yurishi masalasini qam-rab olgan bo‘lib, u hukmdorning shaxsiy topshirig‘iga ko‘ra uning muallifi tomonidan 1399-1403 yillar oralig‘ida yozilgan. Ushbu asarda Amir Temur harbiy yutuqlari, ushbu yutuqlarining mohiyati, buyuk sarkardaning harbiy strategiyasi va taktik uslublari, harbiy tuzilma, amir va bahodirlar faoliyati, ko‘plab taniqli davlat va harbiy amaldorlari, turli jo‘g‘rofiy hudud, shaharlar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, asardagi maxsus bobda Amir Temurning hokimiyatga kelishi, uning harbiy yurishlari, xususan Mo‘g‘uliston, Xorazm, Mozandaron, Ozarbayjon yerlarining tobe bo‘lishi masalalari ham yoritiladi. Asar L.A.Zimin tomonidan nashrga tayyorlanib, 1915 yili V.V.Bartold tahriri va kirish so‘zi bilan nashr etilgan. Ushbu asar shuningdek,1958 yili sharqshunos olim A.A.Semyonov tomonidan fors tilidan ruschaga tarjima qilinib, kitob holida chop etilgan. Amir Temur davri tarixiga oid yana bir muhim tarixiy manba Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari hisoblanadi. Mazkur kitob muallifi Nizomiddin Shomiy asli Tabrizdan bo‘lib, keyinchalik Bag‘dodda yashagan. U Amir Temur saroyi tarixchisi sifatida ham nom chiqargan edi. 1401 yili Nizomiddin Shomiy Temurdan saltanat tarixini tushunarli, ommaga yetib boradigan tartibda bayon etuvchi tarixiy asar yozish to‘g‘risida topshiriq oladi. “Zafarnoma” asari bizning davrimizga qadar ikki tahrirda yetib kelgan. Undagi voqealar tafsiloti 1404 yilning oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Kitob muallifi uni tayyorlashda ko‘plab og‘zaki va yozma manbalar, tegishli kundaliklardan foydalangan. 1937 yili F.Tauer tomonidan Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarining forscha matni nashr etilgan. Kitobdagi ayrim qismlar 1972 yili rus tilida Yu.E.Bregel tomonidan tarjima qilingan. Mazkur asar ilk bora 1996 yili Yu.Hakimjonov tarjimasi ostida o‘zbek tilida nashr etildi. Qayd etish lozimki, Amir Temur davri tarixini yoritishda shubhasiz, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari katta o‘rin egallaydi. Asar Amir Temurning harbiy yurishlari tarixiga yakun yasaydi. Rus sharqshunos olimi V.V.Bartold uni “ko‘p nusxalarda saqlangan, jamoatchilik o‘rtasida keng tarqalgan holda keyingi tarixchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazgan”, deya ta’riflagan edi. Shoir va tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiy Iroqdagi Yazd shahridan bo‘lib, Shohrux Mirzoning o‘g‘li, Fors viloyati hokimi bo‘lmish Sulton Ibrohim Mirzo saroyida xizmatda bo‘ladi. Ma’lum hayotiy qiyinchiliklar bois keyinchalik Samarqandda yashaydi, umrining oxirlarida esa qadrdon shahriga qaytib keladi.

Temuriylar davri tarixini o‘z ichiga qamrab olgan muhim manbalardan yana biri tarixchi va geograf Hofiz Abru (Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid al-Haraviy) qalamiga mansub asar hisoblanadi (vaf.1430 y.). Hofizi Abru hukmdor saroyiga yaqin shaxs bo‘lib, Amir Temurni chet el yurishlarida ham qatnashgan. U ko‘plab sharq mamlakatlari va o‘lkalarda ham bo‘lgan. Keyinchalik, Amir Temur vafotidan so‘ng Shohrux Mirzo (1409-1447) saroyida xizmat qilgan. Uning “Zubdat at-tavorix” (“Solnomalar qaymog‘i”) asari o‘z ichiga “dunyo yaratilganligidan” to 1427 yilgacha bo‘lgan tarixiy davrni qamrab oladi. U o‘z asariga Nizomiddin Shomiy asari matnlarini ham kiritgan. Undagi qator ma’lumotlar aynan shu asarda o‘z aksini topgan. Masalan, Amir Temurning Samarqand yaqinidagi sug‘orish ishlarining amalga oshirilishi, Sohibqironning so‘nggi kunlari haqidagi ma’lumotlar aynan shu asarda o‘z aksini topgan. Keyinchalik Abdurazzoq Samarqandiy ham bu asardan bevosita foydalanganligi asarning yuqori qiymatidan darak beradi.



Download 217,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish