Amir Temur davriga oid manbalar


Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni birlashtirishi



Download 217,59 Kb.
bet40/55
Sana06.08.2021
Hajmi217,59 Kb.
#140165
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
Amir Temur davriga oid manbalar

Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni birlashtirishi

Shayboniyxon 1501 yilda Samarqandni ikkinchi marotaba egallanidan so‘ng Movarounnahr va Xurosonning turli viloyatlarini qo‘lga kiritish uchun bir necha yo‘nalishda janglar olib bordi. Bu vazifani bajarishda tajribali sarkardalar Mahmud sulton, Ubaydulla sulton, Hamza sulton, Ko‘chkunchixon, Suyunchxojaxonlar katta rol o‘ynadilar. 1501-1502 yillarda Mahmud sulton boshchiligidagi qo‘shinlar Dizzaq (Jizzax), O‘ratepa, Shosh, Shohruxiya, Sayram kabi shahar va qal’alarni egallaydi.

Shayboniyxon 1503 yilning oxirida Mahmud sulton boshchiligidagi qo‘shinlarni Xorazmni egallash uchun yuboradi. Bu dastlabki yurish chog‘ida Xorazmning bir qismi, xususan, Kat qal’asi egallanadi. Lekin Shayboniyxon Hisor viloyatiga yurish qilish uchun barcha kuchlarini yig‘ayotganligi sababli, Mahmud sulton katta o‘lja bilan Buxoroga qaytadi. Xorazmni butunlay egallash uchun 1504 yilda Shayboniyxon ikkinchi marta harbiy yurish uyushtiradi. 1505 yilning yozida o‘n oylik qamaldan keyin Urganch shahri egallandi.

1504 yilda Shayboniyxon Hisor viloyatini bosib oladi. Hisor hokimi Xusravshoh katta harbiy kuchga ega bo‘lsa-da, Shayboniyxonga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi. Qunduz, Toliqon, Badaxshon va Balx ishg‘ol etildi. Bu harbiy yurishlarda qatnashgan lashkarboshi, Shayboniyxonning ukasi Mahmud sulton 1505 yilda Qunduzda kasallikdan vafot etadi.

1504 yilda Balx shahrini qamal qilib turgan Shayboniyxon qozoq sul- tonlarining Movarounnahrga hujum qilganligini eshitib, orqaga qaytadi va Dashti Qipchoqqa yurish qiladi. Qozoq sultonlari chekingan bo‘lsalar-da, 1506 yilda Shayboniyxonning Xurosondaligidan foydanalib yana Movarounnahrni talon-taroj qiladi. Shayboniyxon ularni yana Dashti Qipchoqning ichkarisigacha quvib boradi. Biroq qozoq sultonlari hujumi 1508 yilda yana takrorlandi. Bu vaqtda Shayboniyxon Qandahor va Zamindavora viloyatlarini ishg‘ol qilib, Kobulda turgan Bobur bilan jangga kuch to‘playotgan edi. Qozoq sultonlari Ahmad va Jonish Sultonlar Buxoro hamda Samarqandni talab, katta o‘lja bilan qaytib ketadilar.

Shayboniyxon 1509 yilda Dashti Qipchoqqa yurish qiladi va Jonish Sultonning yurti Qora Abdalni egallaydi. Burunduqxon va Qosim sulton Dashti Qipchoqning ichkarisiga chekindi, Shayboniyxon ularni butunlay tor- mor qila olmadi. Sig‘noq, Yassi, Savron shaharlari qayta qo‘lga kiritildi.

Movarounnahrning markazida mustahkam o‘rnashib olgan Shayboniyxon Xurosonni zabt etishga kirishdi. 1506 yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot etgach, Hirot taxtiga ikki shahzoda Muzaffar va Badiuzzamon o‘tqazildi. Temuriy shahzodalarning kelishib harakat qila olmaganligi va harbiy ji- hatdan uquvsizligidan foydalangan Shayboniyxon Balx shahrini egalladi. 1507 yilda Hirot shahri ham qo‘lga olinganidan keyin butun Xuroson Movarounnahrga qo‘shib olindi. Shu tariqa, Zarafshon bo‘yidagi Saripul jangi bilan Movarounnahr egallangan bo‘lsa, 1507 yilgi Hirot qal’asi yaqinidagi Maral mavzesida bo‘lgan jang bilan Xurosonda shayboniylar hukmronligi o‘rnatildi .

Marv jangi va Shayboniyxonning halok bo‘lishi

Movarounnahr va Xuroson egallangandan so‘ng 1509 yilning aprel oyida Shayboniyxon Qarshidan Eron sari yo‘lga tushadi. Safaviylar va shayboniylar o‘rtasidagi jangga qadar Shayboniyxon Eronni bosib olish uchun zimdan tayyorgarlik ko‘rgan. Jumladan, 1509 yilning aprel oyida u Qarshida o‘z qo‘shinlarini to‘playdi va ularga bosh bo‘lib Amudaryo kechuvi – Burdaliq tomonga (hozirgi Chorjo‘y yaqinida) yo‘l oladi. Lekin Fazlulloh ibn Ruzbehxonning bergan ma’lumotiga qaraganda, Shayboniyxon yo‘lda o‘zbek sultonlarini o‘z uluslariga qaytarib yuboradi. Muhammad Temur sulton Samarqandga, Hamza sulton Hisori Shodmonga, Ubaydullo sulton Buxoroga o‘z qo‘shinlari bilan qaytib ketadilar. Marv shahrini egallagan Shayboniyxon Eronning ichki viloyatlariga yurish qiladi. Mashhad va Tus shaharlarini egallab, ulardagi muqaddas joylarni ziyorat etib, ba’zi me’moriy obidalarni ta’mirlashga buyruq beradi. 1510 yilda Erondan qaytgan Shayboniyxon orqadan katta kuch bilan yetib kelgan Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinlari bilan Marv yaqinida, Movarounnahrdan yordam kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo‘ladi va son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan “qizilboshlilar” qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchraydi. Muhammad Shayboniy- xonning o‘zi ham shu jangda halok bo‘ladi.

Bu jang haqidagi nisbatan batafsil ma’lumot Xondamirning “Habib us-siyar” va Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” asarlarida kelti- rilgan bo‘lib, ulardagi ma’lumotlar tahlili Shayboniyxonning mag‘lubiyati quyidagi omillar sabab yuz berganligini ko‘rsatadi: birinchidan, 1509 yilgi Qozoq xonligiga qarshi oxiri ko‘rinmagan, na g‘alaba, na mag‘lubiyatga olib kelgan besamar yurish, Xusoson va Eronning shimoli-sharqiy hududlariga yurishlar natijasida qo‘shinning ruhiyati tushib, toliqishi hamda qish yaqinlashuvi bilan ularga ruxsat berib yuborilganligi; ikkinchidan, Marv qamali paytida Ismoil Safaviyning nayrangiga uchib4, qo‘shinni qal’adan chiqarib, dushman ortidan ta’qib qilishi. Yo‘lda uchragan Ismoil elchisining u Eronga qaytayotganligi haqidagi yolg‘on xabariga laqqa tushishi Shayboniyxonning jadal harakatiga sabab bo‘lgan; uchinchidan, bevosita jang paytida harbiy hiylalarga aldanganligi: 1) Eron qo‘shinining ort tomonida 2- 3 qator tuyalar tizilgan bo‘lib, Muhammad Shayboniy tepalikdan turib raqib tajribaning yetishmaganligi, ularning hali mustahkam hokimiyat tuza olmaganligi hamda bir-biri bilan o‘zaro diplomatik munosabatlarni mustahkamlab olmagani bo‘ldi. Natijada ular tajribali, yoshi o‘zlaridan bir necha barobar katta (Shayboniyxon bu vaqtda 50 dan oshgan edi) harbiy sohani yaxshi biladigan, kuchli intizomga ega bo‘lgan sarkardaga qarshi tura olmay qoldilar. Shayboniyning Xurosonga yurishi oldidan bu yerda ham xuddi shunday vaziyatning yuzaga kelishi (1506 yil Husayn Boyqaroning vafot etishi) o‘zbeklar imkoniyatining ortishiga sabab bo‘ldi.Bir necha maktub almashinuvidan keyin, shoh Ismoil hiyla yo‘liga o‘tib, Eronga qaytishini ma’lum qilgan. Shayboniyxon esa uning rostdan ham Eronga qaytayotganligiga ishongan, chunki Movarounnahrdan shayboniy sultonlarning yordam uchun kelayotganligi haqidagi xabar shoh Ismoilga ma’lum ekanligini bilgan va u shundan cho‘chib, qamalni bo‘shatdi, degan xato fikrga borgan qo‘shini ortidagi tuyalarni ko‘rgan, biroq ularga ahamiyat bermagan5. Aslida Shoh Ismoil tuyalar ortiga eng sara otliqlarni joylashtirgan edi; 2) jang boshlanishi bilan Eron askarlarining qalb (markaz) qismi bir oz jang qilgan bo‘lib, chekinishga tushadi. Shayboniy qo‘shinlarining markazi esa ularni ta’qib qilib, o‘lja olishni boshlab yuboradi. Shunday vaziyatda tuyalar qatori ortidagi Eron suvoriylari hujumga o‘tib, Movarounnahr qo‘shinining qanot qismlarini tarqatib yuborib, ichkariga kirib boradi va Shayboniy qo‘shinining qalb (markaz) qismini qurshovga oladi. Orqada turgan Shayboniy- xon esa asosiy qo‘shinidan ajrab qolib, qochishga majbur bo‘ladi.

Jang tugaganidan so‘ng uning jasadi askarlar jasadlari orasidan topilgan. Shayboniyxonning boshsiz tanasi Samarqanddagi o‘zi qurdirgan madrasada dafn etiladi.



Shayboniylar, safaviylar va Bobur o‘rtasidagi munosabatlar

1511-1512 yillarda shayboniylarning bir ittifoqqa kela olmaganli- gidan foydalangan Bobur safaviylar ko‘magida Samarqand taxti uchun kurashni davom ettirish imkoniga ega bo‘ladi. Xuroson to‘laligicha, shu jumladan, hozirgi Turkmaniston, Xorazm, Shimoliy Afg‘oniston hududlari Eron shohi Ismoil hukmronligi ostiga o‘tadi. Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur shoh Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, uning yordamida 1511 yilning bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, oktabrning boshida esa Samarqandni yana qo‘lga kiritadi.

Bobur Samarqandni egallagach, shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Shia imomlari nomi bilan tangalar zarb qila boshladi, Movaroun- nahrni Eron manfaatlariga buysundirdi. Uning buyrug‘i bilan juma nomo- zida shoh Ismoil nomiga xutba o‘qitildi. Boburning bu harakati, ayniqsa, Ismoil Safaviy yetakchiligini tan olishi mahalliy xalqning (sunniylarning) noroziligini qo‘zg‘adi. Bunday qulay fursatdan Shayboniyxonning jiyani Ubaydulla sulton (1486-1540) foydalanishga kirishadi va 1512 yilning 28 aprelida Jondor tumani yaqinidagi Malik ko‘li yonidagi jangda Bobur lashkari Ubaydulla Sulton qo‘shinidan yengiladi. Bobur Hisorga chekinadi. Ubaydullaxon Buxoro va Samarqandni egallaydi. Bu voqeadan so‘ng shoh Ismoil Najmi Soniy boshchiligida 80 mingli (ba’zi manbalarda 60 ming) qizilboshlilar qo‘shinini Movarounnahrga yuboradi. 1512 yil 16 iyunda “qizilboshlilar” Amudaryodan o‘tib Bobur qo‘shiniga kelib qo‘shiladilar. Bobur Movarounnahrni Shayboniylardan qaytarib olishga oxirgi marta urinib ko‘radi. Dastlab Qarshi shahri qo‘lga kiritiladi.

Boburning iltimosiga ko‘ra Najmi Soniy shayboniy sultonlarga qarshi yuborilganligi aytiladi. Ammo 1511-1512 yillardagi harbiy-siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok etgan, Eronning ham, Movarounnahr va Kobul tomonning ham bu jarayondagi o‘rnini birday bilgan Xondamir o‘zining “Habib us siyar” asarida Najmi Soniyning aslida Boburga qarshi yuborilganligiga ishora qiladi. Ya’ni, Marv jangidan keyin Bobur Hisori Shodmon, Xatlon, Qunduz, Bog‘lon viloyatlarini egallagach, Movarounnahrni zabt etish uchun yordam so‘rab shoh Ismoilga elchi yuborgan (Elchilarga Xondamir boshchilik qilgan). 1511 yilning oktabr oyida Ismoil yuborgan Ahmadbek va Shohruxbek boshchiligidagi qo‘shin yordamida Bobur Samarqand va Buxoroni egallagach, kelishuvga binoan, shoh Ismoil nomiga xutba o‘qilib, pul zarb qilingan. Ittifoqdosh Eron sarkardalariga yurtiga qaytish uchun ruxsat berilgach, Movarounnahr aholisi, diniy ulamolar va bir guruh amaldorlar Boburning shia mazhabidagi Eron hukmdori noibi bo‘lishiga keskin norozi bo‘lishi natijasida shoh Ismoil bilan kelishuvning ayrim shartlarini buzishga majbur bo‘lganligi ehtimoldan holi emas. Chunki, 1511 yil dekabrida Eron shohining Movarounnahrdagi xufiyalari Boburning shohga bo‘ysunmaslik yo‘lidan borayotganligi haqida ma’lumotlarni yetkazgach, shoh Ismoil Najmi Soniy boshchiligidagi 15 ming atrofidagi qo‘shinni Movarounnahrga, Boburni itoat qilishga qaytarish uchun yuborgan (keyinchalik u Xurosondagi boshqa amirlarni ham o‘ziga qo‘shib olib, askarlari sonini oshirib olgan). 1512 yil aprelida Ko‘li Malik jangida Bobur shayboniy sultonlardan yengilgan vaqtda, Najmi Soniy Xurosonda bo‘lib, unga bu xabar yetishi bilan, shoh farmoniga zid ravishda, shayboniy sultonlarga qarshi Movarounnahrga yurish qilgan (Bu haqda batafsil qarang: G‘iyosiddin Xondamir. Habib us-siyar. – B. 1214-1222.). Eron, Turkiya, Tojikistonlik ayrim tarixchilarning fikricha, shoh Ismoil Najmi Soniyning o‘zboshimchalik bilan shayboniy sultonlarga qarshi yurish qilganidan norozi bo‘lib, unda o‘z sarkardasini jazoga tortish fikri ham bo‘lgan. Chunki, 1511 yil mart oyida shayboniy sultonlar va shoh Ismoil orasida sulh tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra, sultonlar Amudaryodan janubga bosqin uyushtirmaslik, o‘z navbatida shoh Movarounnahrga hujum qilmaslik majburiyatini olgan edilar. Keyinchalik, 1512 yil Najmi Soniy ustidan g‘alaba qozongan shayboniylar Xuroson hududiga bostirib kirib, Mashhadgacha bo‘lgan hududlarni muvaqqat bo‘lsa-da o‘z qo‘llariga olib, talon-taroj ishlarini ham amalga oshirgan.

Boburning ittifoqchi qo‘shinlari Buxoro tomon yurib, Karmanani qa- malga olgan vaqtda, shayboniy sultonlardan Ubaydullaxon G‘ijduvon yaqinida to‘satdan qizilboshlilarga hujum qilib (1512 yil 24 noyabrda), ularni tor-mor keltiradi. G‘ijduvon jangidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Ismoil Safaviyning Bobur bilan ittifoqi buziladi. Bobur yana Kobulga ketishga majbur bo‘ladi.

1512 yil Movarounnahr taxtini Ko‘chkunchixon egallagan bo‘lsada, amalda hokimiyat Buxoro hokimi Ubaydullaxon (1505-1533 yillar Buxoro hokimi, 1533-1540 yillarda butun mamlakat hukmdori) qo‘lida edi. Ubaydullaxon o‘z davlati chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. Uzoq vaqt qo‘lda saqlashga erisha olmagan bo‘lsa-da, Hirotni ishg‘ol etgan, “qizilboshli”larni bir necha marta mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda u mamlakat ichkarisidagi o‘zaro kurashlar va tarqoqlikka ham barham berdi.




Download 217,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish