Shayboniylar sulolasi hukmronligi davri turkiy tilda yozilgan manbalarning mavjudligi bilan ham xarakterlanadi. Turonning o‘rta asr turkiy tili “eski o‘zbek tili” sifatida ham anglashiladi. Bu davr uchun xos asarlar turkiy til vakillari – davlat sohiblari bo‘lgan hukmdorlar topshirig‘iga ko‘ra yoxud turkiy tilli muarrixlar, shoirlar, yozuvchilar tarafidan saroy davrasida ham yaratilardi. Badiiy adabiyot va tarixga oid xilma-xil asarlar temuriylar davri bilan bir qatorda shayboniylar hamda ashtarxoniylar davrlarida dunyoga keldi. Shayboniylar davri ijod ahli XIV- XV asrlarda faoliyat yuritgan adabiyot, ilm-fan, she’riyat namoyandalarining an’analarini davom ettirib, o‘zlarining yozma adabiyot va tarixnavislikka oid asarlarini dunyoga keltirdilar. XVI asr ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tari- xiga oid bir qadar faktlar beruvchi hamda turkiy tilning mahsuli bo‘lgan tarixiy, tarixiy-geografik, badiiy asarlar mavjud va ular jumlasiga Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, muallifi noma’lum “Tavorixi guzida” – “Nusratnoma”, Abdulloh Nasrullohiyning “Zubdat ul-osor”, Abu-l-G‘oziy Bahodirxoning “Shajarayi turk” asarlari kiradi.
XV asr oxiri – XVI asr boshida O‘rta Osiyodagi siyosiy jarayonlar
asr o‘rtalarida Dashti Qipchoqda Jo‘chixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon urug‘idan bo‘lgan Abulxayrxon (1412-1468) ko‘chmanchi o‘zbeklar dav- latiga asos soldi. Bu davrda Oltin O‘rta (Ko‘k O‘rda), Mo‘g‘uliston va temu- riylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahrda o‘zaro siyosiy kurashlar niho- yatda kuchayib ketdi. Bundan foydalangan Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimidagi bir qancha shaharlarni, Xorazmning bir qismini egallab, temuriylar davlatining qo‘shnisiga aylandi. Abulxayrxonning vafotidan so‘ng inqirozga uchragan bu davlat XV asrning 80-yillarida Muhammad Shayboniy (1451-1510) tomonidan qayta tiklandi. Shayboniyxonning ho- kimiyat tepasiga kelishida Movarounnahr amirlaridan olingan yordam ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Hozirgi Qozog‘istonning katta qismi, janubiy- g‘arbiy Sibir va Xorazmning bir qismini o‘z ichiga olgan bu davlat bilan temuriylar davlati o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy va siyosiy aloqalar mavjud edi. Temuriy shahzodalarning ko‘pchiligi toju taxt uchun kurashda ko‘chmanchi o‘zbeklardan moddiy va harbiy yordam olib turganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.XVI asrda Movaronnahrdagi harbiy-siyosiy jarayonlar, xususan, shayboniylarning mamlakatni egallash va markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi jarayonlarni nisbiy ravishda quyidagi 3 davrga bo‘lib tahlil qilish mumkin: 1) 1500-1510 yillar – Muhammad Shayboniyning Movarounnahr va Xurosonda markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi faoliyati davri; 2) 1512 yilda Ubaydullaxonning Movarounnahrni egallash va birlashtirish yo‘lidagi harbiy-siyosiy faoliyati; 3) 1552-1598 yillarda Abdullaxonning markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi faoliyati.
Ko‘chmanchi o‘zbeklar xoni sifatida hokimiyatni qo‘lga olgan Shayboniy- xon tez orada tajribali davlat rahbari va harbiy sarkarda ekanligini na- moyish qildi. XV asrning 90-yillaridayoq Movarounnahrning markaziy vi- loyatlariga – o‘zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan temuriylar davlati hududlariga hujumlar uyushtira boshladi. Bu davrda Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqari- ladigan kichik-kichik viloyatlarga bo‘linib ketgan edi. Ayniqsa, 1494 yilda Samarqand hukmdori Sulton Ahmad mirzo vafotidan so‘ng temuriy shahzo- dalarning o‘zaro nizolari yanada kuchayib, mamlakatda boshboshdoqlik, ko‘p hokimiyatchilik yuzaga keldi. Bundan foydalanishga intilgan Shayboniyxon 1497 yilda Movarounnahrga o‘zining dastlabki hujumini uyushtirdi. U katta kuch bilan Samarqandga yurish qildi, lekin shaharni ololmasdan, yo‘lda uchragan shahar va qishloqlarni talab, katta o‘lja bilan Turkistonga qaytib ketdi.
Temuriy shahzodalar Boysunqur mirzo va Sulton Alilar o‘rtasidagi Samarqand taxti uchun bo‘lgan urushlardan foydalangan Andijon hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur 1497 yilda temuriylar poytaxti Samarqand shahrini egallaydi. Lekin qisqa vaqt (100 kun) hukmronlikdan so‘ng yana Andijonga qaytib ketishga majbur bo‘ladi. Samarqand taxtiga temuriy shah- zoda, Qarshi hokimi Sulton Ali o‘tiradi. Temuriylarning bu nizolarini diqqat bilan kuzatib turgan Shayboniyxon 1499 yilda katta kuch bilan yana Samarqandni qamal qiladi. Buxoro hokimi Boqi Tarxonning 10 ming kishilik qo‘shin bilan samarqandliklarga yordamga kelayotganligidan xabar topgan Shayboniyxon, qamalni to‘xtatib, unga qarshi chiqadi. Samarqand va Buxoro oralig‘ida joylashgan Dabusiya qal’asini mudofaa qilib turgan Boqi Tarxon qo‘shini bilan bo‘lgan qisqa jangdan so‘ng, uning askarlari himoyasiz qolgan Buxoroga yurish qilib, shaharni jangsiz egallaydi. Boqi Tarxon Samarqand va Buxoroning birlashgan qo‘shiniga bosh bo‘lib, Buxoroga qaytadi. Lekin Shayboniyxonning ukasi Sulton Mahmud boshchiligidagi saralangan o‘zbek qo‘shinlari bilan Buxoro ostonasida bo‘lgan jangda mag‘lubiyatga uchrab, Qarshi shahriga chekinadi.Bu voqealarni kuzatib turgan va temuriy hukmdorlar uchun jiddiy xavf paydo bo‘lganligini anglagan Bobur mirzo 1500 yilda o‘z qo‘shini bilan yana temuriylar poytaxti Samarqandga yurish qiladi. Lekin Shayboniyxon undan oldinroq harakat qilib Samarqandni qamal qiladi. Shahar hokimi Sulton Ali o‘zining ba’zi amaldorlari taxtni Bobur mirzoga topshirish uchun yashirin harakatlar olib borayotganligidan xabar topib, Shayboniyxon bilan muzokaralar olib borishga majbur bo‘ladi. Ular orasidagi kelishuvga binoan, Shayboniyxon Sulton Alining onasiga uylanadi va Samarqand shahrini ham jangsiz qo‘lga kiritadi. Tez orada Qarshi va Xuzor (G‘uzor) shaharlari ham shayboniylar tomonidan bosib olinadi.
Shayboniyxonning kelib chiqishi. Temuriylar va Shayboniyxon
Dashti Qipchoqda shu vaqtga qadar yashab kelgan va o‘zlarini o‘zbeklar deb atagan qabilalar keng miqyosda, katta hududlarga yoyilgan edilar. Ular o‘z vaqtida Janubiy Uralda, Tyumenda, Tobol, Irtish, Yoyiq havzalarida o‘z davlatlarini shakllantirdilar. Bulardan biri Barakxon (1425 – 1428) boshchiligidagi qozoq davlati bo‘lsa, yana biri Abulxayrxonning (1428 – 1468) Sibirdan to Sirdaryoga qadar cho‘zilgan, biroq qisqa yashab parchalangan O‘zbek ulusi edi. Abulxayrxon (1412 – 1468) Dashti Qipchoqdagi O‘zbeklar davlatining xoni, Shayboniyxonning bobosi bo‘lib, o‘z vaqtida temuriy Abusaid Mirzoga Movarounnahr taxtini egallashida katta yordam bergan edi.
O‘zbeklar xoni Abulxayrxonning nabirasi bo‘lgan Shayboniyxon yoshligidan hokimiyatni qo‘lga kiritishga intildi. Buning boisi, bobosining vafotidan so‘ng bu davlatning uzoq yashamagani bo‘lsa, yana biri Buxoroda yashagan yillarida temuriylarning ahvoli, o‘zaro aloqalari, qo‘shini va harbiy faoliyatlarini batafsil o‘rganganligidir.
Abulxayrxonning vafoti u tuzgan davlatning tez sur’atlarda parchalanib ketishiga, qabilaviy bo‘ysunmasliklarning ortishiga olib kelgach, o‘zbeklarning asosiy ishonchu e’tibori yosh shahzoda Muhammad Shayboniyxonga qaratildi. Zeroki, ularning o‘sha vaqtda boshqa umid bildiradigan insonlari Dashti Qipchoqning hech bir burchagida mavjud emasdi; borlari ham deyarli boshqaruv salohiyatiga ega insonlar emasdi. Shayboniyxonda esa taqdir yuqtirgan iste’dod porlagandi, go‘yo. Bolalikdan laqab bo‘lgan Shohbaxt nomi sabab o‘zining yoshligiga qaramasdan istiqbol uchun, kelajak uchun porloq umidlarni tug‘dirgan edi. Bu umidlar yakuni barcha tarqoq ko‘chmanchilar xohlagandek tugadi. Ammo orada bir qancha sinovlar, to‘siqlarni yengib o‘tish mushkuloti bor edi va ular ham to‘la yechildi. Shayboniyxon o‘zining kuchli salohiyati va harbiy tajribasi sababidan ham yaqin o‘tmishda har tarafga sochilgan o‘zbek qavmlarini nafaqat atrofiga yig‘a oldi, balkim, keyingi porloq g‘alabalar, zafarli odimlar uchun dadil yetaklay oldi ham.
Otasi Shohbudoq sultonning erta vafoti sabab Shayboniyxon va inisi Mahmud Sultonning muhofazasi Abulxayrxon tayinlagan shaxs Qarochin Bahodir Qushchi qo‘lida qoladi. Tahlikali vaqtlarda shahzodalarning hayotini saqlab qolish mas’uliyatini Qushchi to‘la amalga oshirgan. Dastlab ularni amakisi Shayx Haydarxon yoniga yetkazadi.
Shayx Haydarxon Abulxayrxonning qo‘ng‘irot qavmidan bo‘lgan xotinidan to‘g‘ilgan farzandi bo‘lib, umumiy hisobda beshinchi o‘g‘li bo‘lgan. Abulxayrxon vafotidan keyin Shayx Haydarxon taxtga voris sifatida ko‘rilgan. Biroq to‘qnashuvlardan birida halok bo‘lgan. So‘ngra Qutlug‘xon o‘g‘li Qosimxon huzuriga yo‘l olishgan. Tinimsiz quvg‘inga yo‘liqish, har qo‘ngan shaharidan tezda halokatga uchramaslik uchun qochish davrlari ayni shu damlarda yuzaga keldi. Bu vaziyatda yosh merosxo‘rning unga sodiq qolgan sanoqli kishilardan ololgan yordami faqatgina sabr tilash, hamdardlik va kelajakka ishonch bildirishlari bo‘ldi, xolos. Bu esa yosh shahzodaga faqatgina o‘zi, o‘zini taxtga olib chiquvchi shaxs ekanligini tushunishiga yo‘llanma bo‘ldi.
Muhammad Shayboniyxon ibn Shohbudog‘ Sulton ibn Abulxayrxonning ismi yoki taxalluslari xususida manbalarda turli xil ma’lumotlar uchraydi. Uning ko‘plab taxalluslari ham keltirib o‘tilgani be’jiz emas. Zero, o‘rta asrlarda she’riyat bilan shug‘ullangan insonlarning bir nechta nom va taxalluslari bo‘lgan. Jumladan, «Shajarai turk»da keltirilishicha «... Ulug‘ o‘g‘lining oti Muhammad, laqabi Shohbaxt. O‘zi shoir erdi. Shaybanxanning naslindin bo‘lg‘an uchun o‘ziga Shayboniy taxallus qilib erdi». Ushbu manbada Shayboniyxon haqida qisqa to‘xtalinib, uning shoir bo‘lganligi, she’riyat bilan ham shug‘ullanganligi eslatiladi. «Shajarai turk»da Shayboniyxon taxallus sifatida olingani aytilsa, boshqa manbalarda esa («Abdullanoma»da) «... firdavsmakon xon Shayboniyxon Abulxayrxonning hukmronligi zamonida sakkiz yuz ellik beshinchi yilda (1451 yil) Oltinxon naslidan (bo‘lgan) Oqqo‘zi begimdan (Szin sulolasidan bo‘lgan Xitoy imperatorlarining barchasi Oltinxon atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |