Amir Temur davriga oid manbalar


Temuriylar davrida hunarmandchilik, savdo va pul munosabatlari



Download 186,26 Kb.
bet30/48
Sana12.07.2022
Hajmi186,26 Kb.
#779291
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
41.Temuriylar davrida hunarmandchilik, savdo va pul munosabatlari.
Movarounnahr o‘lkasi tabiiy foydali qazilmalarga boy hudud bo‘lgan. Unda temir, mis, toshko‘mir, qo‘rg‘oshin, feruza, kumush, oltin konlari ayniqsa katta ahamiyat kasb etgan. Zayniddin Vosifiy Toshkent vohasidagi feruza va temir konlari, Mahmud ibn Vali aynan shu hududda qalayi qonlari borligini yozib qoldirishgan. Farg‘ona tog‘liklarida oltin va kumush konlari mavjud bo‘lib, bu hududdan mis, neft, lojuvard, simob, qo‘rg‘oshin, novshadil ham
qazib chiqarilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida ayniqsa temirga ehtiyoj katta bo‘lib, undan qurol-aslaha yasashda keng foydalanilgan. Badaxshon o‘lkasida mashhur la’l (lojuvard) toshlari yetkazilgan. Aynan shu hududda ko‘k yoqut (sapfir) ham olingan. XIII asrda mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilgan Fanokent qal’asi Amir Temur farmoniga muvofiq qayta tiklanib, Sirdaryo bo‘yida o‘g‘li sharafiga Shohruxiya deb nom oldi. Andijon va Axsikat esa Farg‘ona vodiysining nafaqat madaniy, balki iqtisodiy, savdo-hunarmandchilik markazlari ham bo‘lib qoldi. Xususan, Axsikatda kulolchilik yuqori darajada taraqqiy topganligini arxeologik qazishmalar ham tasdiqlamoqda. Amir Temur tomonidan qudratli saltanat barpo etilishi, tinchlik – osoyishtalik, tartib – qoidaning o‘rnatilishi aslida butun saltanatda hunarmandchilik turlarining ko‘payishi hamda benihoya rivojiga keng yo‘l ochgan edi. Mazkur davrda to‘qimachilik ilgari ham bo‘lganidek, hunarmandchilikning yetakchi tarmog‘i hisoblanar edi. Joylarda oddiy va qimmatbaho matolar to‘qilar edi. XIV asr oxirlaridan boshlab ayniqsa qimmatbaho matolarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bordi. Aslzodalar uchun tantanali marosimlarda bayram liboslari asosan shoyi, parcha, baxmaldan tayyorlangan. O‘z navbatida ularning xonadonlaridagi ko‘rpa-ko‘rpachalar ham shu matolardan bo‘lar edi. Samarqandda
baxmalning to‘q qizil rangli alohida turi ishlab chiqarilgan. Unga “qirmizi” deb ataluvchi bo‘yoq bilan ishlov berilardi. Mirzo Ulug‘bek ham onasi Gavharshodbegim Samarqandga kelganida unga qirmizi baxmaldan iborat ustki kiyim sovg‘a qilgan. Nufuzli amaldorlar ustki kiyimi, qimmatbaho shohona chodirlar oliy navli yupqa jun gazlama – saqirlotdan tayyorlanar edi. Bu xildagi matolarga chet ellarda ham ehtiyoj katta bo‘lgan. Shuningdek, matolar ichida kimxob, bo‘z (karbas), anvoyi shoyi va boshqalar ham ma’lum ham mashhur bo‘lgan. Kasb – hunarlar ichida tikuvchilik Samarqand va Buxoro hunarmandchiligida katta o‘rin tutgan. Shaharlarda gilam va anvoyi rangli pardalarga ehtiyoj kattaligi bois u ham yaxshi taraqqiy etgan. Gilamlarning nomlari ularning to‘qilish uslubidan kelib chiqqan. Bayramlar vaqtida ayvon, ko‘shklar shoyi, parcha, guldor matolar bilan bezatilgan. Tantanalar paytida badavlat aholi uylarining markaziy ko‘chalarga qaragan devorlariga gilamlar osish zarur bo‘lgan. Samarqanddagi hunarlar orasida qog‘oz tayyorlash yetakchi rol o‘ynagan. Yozuv qog‘ozi ham boshqa davlatlarga olib chiquvchi mahsulotlar sirasidan joy olgan. Saroy, davlat ishlarida ham qog‘ozga ehtiyoj katta bo‘lgan. Qog‘ozning oliy navi “sultoniy” nomi bilan mashhur bo‘lgan. O‘sha davr manbalarida yana qog‘ozning “oddiy”, “qog‘ozi abri”, “marmar qog‘oz” navlari haqida ham so‘z yuritilgan. Qimmatbaho toshlarga ishlov berish, zargarlik buyumlarini yasash ham yuqori darajada taraqqiy etgan. Zirak, uzuk, bilakuzuk va boshqa qimmatbaho taqinchoqlar yasashning yuqori mahoratli ustalari yetishib chiqqanlar. Misgar va zargarlarning katta shaharlarida o‘ziga xos ustaxonalari bo‘lgan. XIV asr oxirlarida Movarounnahrda rangli oyna ishlab chiqarish ham rivoj topdi. Undan Go‘ri Amir, Shahrisabzdagi saroy, Buxorodagi Ulug‘bek madrasalarini bezatishda foydalanishgan. Qadama naqsh, sirkor koshin ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Amir Temur davlatida, undan so‘ng Temuriylar davrida ham
kurol-aslahasozlik yaxshi taraqqiy topgan. Maxsus ustaxonalarda shamshir, qilich, xanjar, oybolta, sovut, dubulg‘a tayyorlanar, Amir Temur bu kabi ustaxonalarga katta ahamiyat bilan qarar edi.



Download 186,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish