Davlatning harbiy-boshqaruv tizimi
Amir navkarlaridan iborat bo'lgan armiyaning tashkil etilishi va boshqarilishi davlat hayotining muhim jabhasi hisoblanadi. Amir Temurning o'zi butun qo'shinlarning bosh qo'mondoni edi. U o'z navkarlari ichidan 313 kishiga amirlik (harbiy boshliq) raansabini bergan va ularning har biriga o'rinbosar («amirlikka nomzod»-muntazir-ul-amorat) tayinlagan.
313 kishidan 4 nafarini beklarbegi, bir kishini amir ul-umaro etib tayinlagan. Amir ul-umaro bevosita amirning o'rinbosari bo'lib, uning hukmi amirlar va sipohiylar uchun majburiy bo'lgan.
Yuqoridagilardan tashqari, yana 12 kishi amirlik darajasiga ega bo'lgan. Bulardan birinchisi ming kishilik askarga, ikkinchisi ikki ming kishilik, uchinchisi uch ming kishilik va hokazo askarga, o'n ikkinchisi o'n ikki ming kishilik askarga amir hisoblangan. Amirlik tartibiga qarab biri ikkinchisiga noib bo'lgan. Masalan, birinchi amir ikkinchi amirga, ikkinchi amir uchinchi amirga va hokazo noib etib tayinlanganlar. O'n ikkinchi amir esa amir ul-umaroning noibi bo'lgan. Amir ul-umaro Amir Temur noibi hisoblangan.
313 kishidan yuztasi - o'nboshi, yuztasi - yuzboshi, yuztasi -- mingboshi bo'lib, jang paytida amir ul-umaro - amirlarga, amirlar -mingboshilarga, mingboshilar - yuzboshilarga, yuzboshilar - o'nboshi-larga boshliq edi.
Jang vaqtida amirning birinchi yordamchisi - amir ul-umaroga qo'shinlarning amirlari bo'ysunganlar. Qo'shinlar yetti korpusga ajralganlar: qorovul (old qism), chapovul (hujum qiluvchi qo'shin), shiqpvul; (q.o'shinning so'l qanotini qo'riqlab turuvchi bo'linma), chindovul (armiyaning orqa qismi), gul (markaz), barong'or (qo'shinning o'ng qanoti) va jarong'or (qo'shinning so'l qanoti). Bundan tashqari qorovullar (qo'shinning oldida boruvchi xabarchi qism) ham mavjud bo'lgan.
Temurga sodiq bo'lgan jangchi va lashkarboshilar mukofotlanganlar. Jang vaqtida birinchi marta botirlik va mardlik qilgan bo'lsa - o'nboshi, ikkinchi marotabasida - yuzboshi, uchinchisida - mingboshi qilib tayinlangan. Agar mingboshi dushmanning birorta harbiy bo'linmasini mag'lubiyatga uchratsa, birinchi amir etib tayinlangan. Birinchi amir dushman lashkari safini buzib, tarqatib yuborsa, ikkinchi amirlik darajasiga ko'tarilgan. Shu tariqa, xizmat ko'rsatgan amirlar o'z martabasidan yuqori ko'tarilaverganlar. Agar sipohiy mardlik ko'rsatsa, maoshi oshirilgan. Bundan tashqari unga in'om tariqasida chumoq, qimmatbaho toshlar qadalgan o'tog'a (bosh kiyimiga taqiladigan belgi), qilich va ot berilib, o'nboshilik martabasiga ko'tarilgan. Agar o'nboshi dushman qo'shinlarini sindirsa, unga shahar hokimligi berilgan. Yuzboshi boisa, uni biror mamlakatga hukmdor etib tayinlangan. Mingboshilar ham bunday xizmatlari uchun mamlakat hukmdori lavozimini olganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |