Amir nasrulloxonning tarixiy portreti


I bob. Nasrullox Bahodirxon-Buxoro amiri (1827-1860)



Download 97 Kb.
bet2/6
Sana05.06.2022
Hajmi97 Kb.
#638390
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qo‘shboyev Quvonchbek Salimjon o‘g‘lining O‘zbekiston tarixi fanidan

I bob. Nasrullox Bahodirxon-Buxoro amiri (1827-1860)
1.1Amir Haydarning vafot etishi va hokimyat uchun kurash.
Buxoro amiri Haydar ibn Shohmurod(1800-1826) Qarshi hokimi hisoblangan o‘gli Nasrulloxon huzuridan Buxoroga qaytayotkanda bedavo dardga chalinib,poytaxtka yetib kelgach 1826-yil 6-oktobrda 48 yoshida vafot etishi hokimyat uchun keskin kurash boshlanib ketishiga sabab bo‘ladi.bundan tashqari uning vorislarining ko‘pligi,aniqrog‘i,vafot etkan paytda undan 7 o‘g‘il farzand va 8 qiz qolgan edi.Bu esa vaziyatni yanada murakkablashtiradi.Bunday vaziyatdan foydalangan saroy a’yonlari,harbiy boshliqlar,yuqori tabaqa vakillari o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish maqsadida muayyan shahzodalarga tarafkashlik qilishi,bir otaning farzandlarini bir-biriga qarshi gijgijlashi, o‘zi tarang tortilib turgan vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Ko‘plab tarixiy asarlarda unining farzandlarining ismlari turlicha shaklda keltiriladi. Mulla Olim Mahdumxojining “Tarixi Turkiston” asarida ular quidagicha keltiriladi: Xusaynxon, Nasrulloxon, Zubayrxon, Jahongirxon, Umarxon, Abdulloh deya qayd etadi.
Ahmad Donish o‘zining “Mang‘it sultonlari tarixi” asarida keltirilishicha:Amir Haydarning to‘ng‘ich o‘g‘lin Xusayn To‘ra hisoblanib, u 1797-yil 11-iyunda Buxoro shahrida tavallud topkan.Ahmad Donish va Mirzo Abdulazim Somiylarning ma’lumotlariga ko‘ra Amir Haydar betob bo‘lib yotkan vaqtida to‘ng‘ich farzandi ya’ni Xusayn To‘rani o‘zining taxt vorisi etib tayinlagan.Umuman olganda taxtga qonuniy valiyaxt katta o‘g‘il hisoblanardi.Amir Haydar vafot etkandan so‘ng vasiyatka muvofiq taxtni to‘ng‘ich o‘g‘li Xusayn egallaydi.Uning hukumronligi 1826-yilning 9-oktyabridan boshlanib,bor yo‘g‘i 78 kun ya’ni o‘sha yilning 22-dekabrigacha davom etkan.Hukumronligi nisbatan qisqa bo‘lganligi uchun uning shaxsiyati,hukumronligi haqida unchalik ko‘p ma’lumotlar uchramaydi.Tarixchi Mulla Olim Mahdumxoji o‘zining “Tarixi Turkiston” asarida uni qisqacha tariflaydi.Unda keltirilishicha:Xusayn To‘ra g‘oyat aqlli,himmatli va xalqni o‘ylaydigan oqil hukumdor deb tariflaydi.1Bundan tashqari yana bir qancha tarixiy asarlarda uning uning hukumronligi qisqacha keltiriladi.Jumladan o‘sha davr tarixchisi Mirzo Salimbek o‘z kitobida quidagicha ta’riflaydi: ‘‘Amir Haydar vafotidan keyin Mir Husayn To‘ra otasining o‘rniga podshoh bo‘lib,unga hamma viloyatlardan peshkash keldi. Yetmish sakkiz kun podsholik qilib, vafot etdi. O‘ttiz sakkiz yil umur ko‘rdi”.2Biroq bu va boshqa Buxoro tarixchilari hukumdorning o‘lmini yozishkan bo‘lsa ham,lekin uning nima sababdan vafot etkanini keltirishmagan.
Amir Xusaynning xalqqa yon bosishi ko‘plab amaldorlarga,eng avvalo qo‘shbegi Muhammad Hakimbiyga yoqmaydi. O‘z navbatida qo‘shbegi lavozimida ish yuritayotkan ushbu shaxs maxfiy maktublar bilan uning ukasi Qarshi hokimi Amir Nasrulloga o‘zining sadoqatini ishor etib,Buxoro taxtiga eng munosib odam u ekanligini va uni akasiga qarshi isyon ko‘tarishga da’vat etadi.Biroq manba va adabiyotlarda Amir Nasrulloxonning o‘z akasiga qarshi isyon ko‘tardi kabi jumlalarni uchratmadik.Amir Xusaynxonning to‘satdan vafot etishi,taxt uchun kurashni yanada kuchayishiga sabab bo‘ladi.Biroq taxt an’analariga muvofiq taxtga yosh jihatdan katta farzand o‘tirishi lozim edi.Amir Nasrullo esa Amir Haydarning 3-farzandi edi.Bazi bir asarlarda shu bilan bog‘liq ayrim chalkashliklarga ham duch kelishimiz mumkin.Misol uchun Armeniy Vamberi o‘z asarida quidagi jumlalarni keltirib o‘tadi:‘‘Oiladagi kenja farzand bo‘lgani uchun(Nasrulloxonni nazarda tutmoqda) uning valiyahdlikka haqqi yo‘q edi.3Shunday qilib Amir Xusaynxonning bevaqt o‘limidan keyin,taxtni uning ukasi Umarxon egallaydi.Amir Umarxon tog‘risida,uning shaxsiyati haqida bazi tarixchilar, uning taxtga o‘tirganida unchalik katta obro‘ga ega emasligini,aysh-ishratga berilib ketkanini qayt etib o‘tishkan.Amirning davlat ishlariga beparvolik bilan munosabatda bo‘lishi,hokimyatning ba’zi shaxslar qo‘lida to‘planishiga olib,kelishidan xavfsiragan ayrim saroy a’yonlari uning ukasi Nasrulloxonga maktub yo‘llab,uni Buxoroga chaqirtirib,uni taxtga o‘tqazishga harakat qilishadi.Taxt uchun kurashlar,turli-xil ‘‘o‘yin “larni yaxshi bilgan Sayid Mansur Olimiy (Amir Olimxonning o‘g‘li) o‘zining “Buxoro-Turkiston beshigi” asarida ushbu vaziyatni quidagicha tasvirlaydi:‘‘Buxoro amaldorlari sayid Nasrulloxonni buxoro taxtiga taklif etdilar va u bu davatga quloq tutib,Qarshidan poytaxtga keldi.lekin birodari Sayid Umar Buxoro darvozalarini akasi uchun berkitib qo‘ydi.Amir Nasrullo orqasiga qaytib hazrat Bahouddin Naqshband mozorlari ziyoratiga bordi va u yerdan Samarqand tarafga yuzlanib,Miyonqolni o‘z tasarrufiga kirgazdi.So‘ng yana Buxoroga qaytib,uni qamal qildi.Buxoro shahri ichida bo‘lgan Hakim qo‘shbegi,Rajabbek parvonachi,Ayozbiylar bilashib,Buxoro darvozalarini unga ochib berdilar.Amir Nasrullo o‘z birodari Sayid Umarni Masjidi Baland guzarida joylashgan kuyovi Sayid Ahmad ismli kimsaning hovlisiga joylashtirdi”4deya qayd etadi.Bundan tashqari boshqa manbalarda ham Amir Nasrulloxonning Samarqandni jangsiz,qon to‘kmagan holda qo‘lga kiritgani haqida ma’lumotlar uchraydi.Jumladan A.Vamberi o‘zining “Buxoro yohud Movarunnahr tarixi” asarida Nasrulloxonning taxtni egallashini quidagicha ta’riflaydi:‘‘Amir Xusaynxonning vafot etkanidan keyin,kurash maydoniga ukasi Umarxon chiqadi va Nasrulloxon bilan ochiqdan-ochiq kurashka kirishmoqqa majbur bo‘ladi.Nasrullo Qarshi qozisining fatvosini qo‘lida ushlagan holda ko‘p emas,ammo o‘ziga sodiq fidokor tarafdorlari bilan Samarqandga otildi.Samarqand xalqi bironta qurol ko‘tarmay unga o‘z darvozalarini ochdi.Nasrulloxon Ko‘ktoshda bayat olgandan keyin, Buxoro ustiga yurdi.Ikki poytaxt o‘rtasidagi Kattaqo‘rg‘on, Karmana va boshqa mustahkam shaharlar birin-ketin unga bayat berdilar.Garchi,Buxoro 40 kun mobaynida qattiq qarshilik ko‘rsatib,o‘zini himoya qilsada,kundan-kun kuchayib borgan ocharchilik va asosiy ariqlarning Nasrulloxon tomonidan bosib olinishi,Hakimbiyning xoinona yo‘l tutishi natijasida 1826-yil 22-mart kuni Nasrulloxon Registondagi saroyga kirib bordi.5 Shunday qilib Amir Haydarning 3-o‘g‘li Nasrulloxon Buxoro taxtiga yettinchi mang‘it hukumdori sifatida o‘tiradi va 1860-yilgacha mamlakatni boshqaradi.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish