Amir nasrulloxonning tarixiy portreti


Nasrulloxonning Buxoro taxtini egallashi. Amirlikning ichki va tashqi siyosati



Download 97 Kb.
bet3/6
Sana05.06.2022
Hajmi97 Kb.
#638390
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qo‘shboyev Quvonchbek Salimjon o‘g‘lining O‘zbekiston tarixi fanidan

1.2 Nasrulloxonning Buxoro taxtini egallashi. Amirlikning ichki va tashqi siyosati.
Amir Umarxonning 4 oylik hukumronligidan keyin, Buxoro taxtini Qarshi hokimi Nasrulloxon egalladi. Nasrullox Bahodirxon 34 yil mamlakatni boshqarishga muvaffaq bo‘ldi (U mang‘itlar sulolasining 7-vakili hisoblanib,ular orasida eng uzoq muddat davomida mamlakatni idora qilgan). Yuqorida takidlab o‘tilganidek, Nasrulloxonning Samarqandni egallab, Ko‘ktoshda Buxoro taxtiga chiqishida unga bir necha shaxslar yaqindan yordam berdilar. Ular orasida katta nufuzga ega bo‘lgan Nasrulloxonning otasi davridan mamlakatda qo‘shbegi lavozimini egallab kelgan Muhammad Hakimbiyning yordamlari juda ham muhum ahamiyat kasb etdi. Amir Nasrulloxon taxtni egallagandan keyin ularning yordamlariga munosib javob qaytarishi kerak edi va shunday ham qildi. Tarixchi va davlat arbobi Mirzo Salimbek o‘zining asarida bu voqealarni quidagicha tasvirlaydi: ‘‘Amir Nasrulloxon Muhammad Hakimbiyni yuqori lavozimga tayinlab, uning o‘g‘lini Qarshiga hokim qilib ko‘tardi. Rajabbek parvonachini Payshanbega hokim qilib ko‘tarib, Erdonbek to‘qsaboning o‘g‘lini Yangi qo‘rg‘onga, Olimbek Tuyoqli yuzni Chelekka, Elnazar parvonachini Nurga, Pirnazar parvonachini esa Karmanaga, Qobulbiy devonbegini Narpayga, Mirzo Ibodullabiyni Qorako‘lga, Abdurasulbiyni Chorjo‘yga hokim qilib ko‘tardi.6 Amir Nasrulloxon 1806-yil 1-iyunda Buxoro shahrida tavallud topkan. Bu haqda mashhur tarixchi olim Ahmad Donish o‘zining “Mang‘it sultonlari tarixi” asarida qayd etib o‘tkan. (biroq ayrim tarixchilar Amir Nasrulloxonning tavallud sanasi to‘g‘risida boshqacha ma’lumotlarni ham keltirib o‘tishadi. Lekin Ahmad Donishning bergan ma’lumotlari to‘griroq deb hisoblaymiz. Tarixdan malumki biror bir shaxsning kamolotka yetishuvida malum bir shaxsning o‘rni va ro‘li mavjud, shuningdek Amir Nasrulloxonning ham. Uning ma’naviy kamolotka erishuvida Buxoroda katta nufuzga ega bo‘lgan mashxur shayx Muhammad Husayn al-Buxoriyning xizmatlari kattadir. Keyinchalik Amir o‘zining piri hisoblanga shayxni Romiton tumanidan Buxoro shahriga ko‘chirib olib keladi va unga shayx Habibulloh xonaqosidan mahsus hujra ajratib berib, unga nafaqa ham tayinlaydi. Amir Nasrulloxon mamlakat taxtini egallagach, davlatda qattiy markazlashtirish siyosatini olib bordi.Markaziy hokimyatka bo‘ysunishni istamagan Shahrisabz va Kitob bekliklarining qarshiliklarini sindirib, ajralish harakatlariga barham berdi. Bu hususida keyingi rejalarimizda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Bundan tashqari Amir o‘z siyosatida butun Movarunnahr va Xorazmni yagona davlat ostida birlashtirishka intildi. U bu rejasini to‘liq amalga oshira olmagan bo‘lsa ham, qisqa muddat davomida butun Movarunnahrni yagona davlat sifatida boshqardi. Qo‘qon xonligining Buxoro amirligi tarkibiga qo‘shib olinishi mintaqadagi ikki o‘zbek davlatchiligini birlashtirish edi. U o‘zining uzoq yillik hukumronligi davomida ko‘plab ishlarni amalga oshirdi. Amir Nasrulloxon xijriy 1277-yilda (milodiy 1860-1861) 35 yil-u 1 oy hukumronlik qilib, 63 yil umr ko‘rib vafot etdi. U quloq og‘rig‘I kasalligi bilan vafot etkan, uning qabri Eshoni Imlodadir deya Mirzo Salimbek o‘z asarida qayt etib o‘tadi.7 Biroq Amir Nasrulloxon Bahodirxon ayrim holatlarda xatolarga ham yo‘l qo‘ydi.Misol uchun rivoyatlarga ko‘ra Nasrulloxon Shahrisabz bekligini bo‘ysundirgandan keyin, Shahrisabz hokimining qizi Kenagasxonim va uning akasi Iskandarxonni Buxoroga olib keladi va Kenagasxonimga uylanadi (albatta Nasrulloxon ushbu nikohdan siyosiy maqsadni ko‘zlaganini bilish qiyin emas, chunki Shahrisabz va Kitob bekliklarining qarshiliklarini bo‘ysundirish uchun Amir Nasrulloxon ko‘plab janglar olib borgan va oxiri o‘z maqsadiga yetkandan keyin yana separatistik harakat boshlanishining oldini olish maqsadida ikki o‘rtadagi munosabatlarni o‘zaro nikoh orqali mustahkamlashka qaror qiladi).Biroq Kenagasoyim o‘z urug‘ining qonini to‘kkan hukumdordan o‘ch olishning payiga tushadi va buni uddalaydi ham.Amir Nasrulloxon uxlab yotkan vaqtida Kenagasxonim uning qulog‘iga simob quyib yuboradi.Nasrulloxon uyg‘onib ketib,g‘zab bilan Kenagasxonimni va uning 40 kanizagi bilan Ark ichidagi quduqqa tashlab o‘ldiradi.Biroq undan keyin o‘zi ham uzoq yashamaydi va quloq og‘rig‘i bilan vafot etadi.
Buxoro amirligida qo‘shin tuzilishi, uning holati, umuman olganda harbiy ishlar boshqa xonliklarnikidan boshqacharoq bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Buxoro amirligi qachondan va kimning davridan boshlab muntazam qo‘shinga ega bo‘lgan degan savollarga ko‘pchilik tarixchilar Amir Haydar davridan deya o‘z so‘zlarini boshlashadi.Bunga ba’zi asoslar ham mavjud.Biroq bunga qo‘shilmaydigan ayrim tatqiqotchilar ham yo‘q emas, Shukurullayev o‘zining tatqiqotida ushbu fikrlarni keltirib o‘tadi. Xususan tatqiqotchi B.Ismoilova Buxoro amirligida armiya va harbiy ishlarni tashkillashtirishni II bosqichga bo‘ladi va I bosqichni XIX asrning boshlaridan boshlab XIX asrning 30-yillarigacha ya’ni Amir Haydar davridan boshlab ushbu sohaga asos solinganligini, II bosqichda Amir Nasrullo davriga (1827-1860) to‘g‘ri kelib to 1837-yilda tamomlangan deydi8.Buxoro amirligida muntazam armiyaning tashkil etilishiga bir nechta sabablar turtki bo‘lgan.Shulardan biri sifatida 1826-yilda Rossiyadan Negri missiyasiga qo‘shilib rus askarlari va qozoqlarning Buxoroga kelganligini ayrim tarixchilar keltirib o‘tishkan.9 Umuman olib qaraganda Amir Haydar davrida muntazam qo‘shin tashkil qilishga to‘la erishilmagan, bu borada Ismoilovaning fikirlariga qo‘shilish o‘rinli.Chunki Haydar davrida siyosiy vaziyatlar, taxt uchun kurashlar bunga imkon bermagan.Amir Haydardan keyin hokimyatni egallagan Nasrulloxon esa qo‘shinga alohida e’tibor qaratdi.Uning davridagi qo‘shin tuzilishini Shukurullayev o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida quidagicha keltiradi:
Harbiy asirlardan iborat 80 kishilik guruh, 700 kishilik harbiy bo‘linma, ular 7 dastaga bo‘linib boshida ellik boshi, bu guruh ham o‘nliklarga bo‘linib, dahboshi boshqargan va yuzboshiga yordamchi mansabdor hisoblangan. Bundan tashqari Nasrulloxonni mang‘it amirlari ichida birinchi bo‘lib, piyoda sarbozlar tarkibidan to‘pchilardan iborat doimiy harbiy bo‘linmaga asos solganini qayt etadi. Amir Nasrullo asos solgan to‘pchilar tarkibida 14 barabanchi, 14 naychilardan iborat musiqachilar guruhi mavjud bo‘lib, har bir yuzlikda ikki turk na’munasidagi barabanchi, 4 ta surnaychi, 6 ta trubachi faoliyat ko‘rsatkanligini bilib olishimiz mumkin.10Tarixdan ma’lumki davlat kuchli bo‘lishi, o‘z chegaralarini himoya qila olsagini davlatning qudrati ortishi va xalqi farovon yashashi mumkin. Amir Nasrulloxon ham o‘z qo‘shinini takomillashtirib bordi. Shu maqsadda 1837-yilga kelib harbiy islohatni amalga oshirdi va bu islohoti natijasida ko‘plab yutuqlarga erishdi. O‘tkazilgan harbiy islohot natijasida Buxoro mamlakatining harbiy salohiyati ancha yaxshilandi. Unga ko‘ra har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar guruhi jami 40000 sarboz va 250 kishilik to‘pchilar guruhi shakllantirildi. Bundan tashqari xorijdan ham mutaxasislar chaqirtirildi va ulardan zamonaviy qurol-yarog‘lar tayorlash usullari va sirlari o‘rganildi. Q. Rajabov o‘zining Nasrulloxon risolasida hukumdorning eng yaqin harbiy maslahatchisi va noibi lavozimida xizmat qilgan eronlik Abdusamat Tabriziy haqida qayt etib o‘tadi. U 1834-yilda Erondan Buxoroga chaqirtirilgan. Batafsil ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin.11Amir Nasrulloxon harbiy islohoti orqali qo‘shinni zamonaviy qurol-yarog‘lar to‘plar bilan ham tamillagan. Bundan tashqari Buxoroda maxsus to‘p yasaydigan ustaxonalar ham barpo qilgan. Bundan tashqari qo‘shin uchun ham alohida libos yaratilgan. Uning qo‘shinida harbiylar qizil kurtka, oq shalvar va qalpoq kiyib yurishkan.
Qadim zamonlardan beri yaxlit bir davlat ostida, bir bayroq tagida birlashib istiqomat qilib kelgan yagona turkiy xalqlar XVI asrga kelib hududiy birliklarga bo‘linib ketishdi. Dastlab Buxoro va Xiva xonliklari, keyinchalik Qo‘qon xoligi ham tashkil topti. Ular o‘zaro diplomatik aloqalar olib borishkan bo‘lsada biroq baribir yaxlit bir xalq sifatida keyinchalik shakllana olishmadi. Rossiya podsholigi bostirib kirganda ham ular birlasha olishmadi. Mamlakat uchun, ona zamin uchun yagona dushman bosqini ham ularni birlashtira olmadi va buning natijasida ular uzoqqa borishmadi. Rossiya podsholigi esa ular orasiga nifoq solib, sekin-asta, bittama- bitta bosib oldi. Biroq azaldan yagona xalq bo‘lib kelgan aholini yana qayta birlashtirish yo‘lida harakat qilgan hukumdorlar ham yo‘q emas. Shulardan biri Mang‘itlar sulolasining yirik vakillaridan biri Amir Nasrulloxondir.Uning yuritkan kuchli ichki siyosati, tashqi siyosatni ham qattiqqo‘llik bilan yuritishiga davat etkan. Amir Nasrulloxon Xiva va Buxoro xonliklarini Buxoro xonligi atrofida birlashtirishka uringan siyosatchi sifati Turkiston tarixida muhim ahamiyat kasb etkan. Qo‘qon xonligi tashkil topgandan keyin uning Buxoro amirligi bilan ziddiyatlari ancha kuchaygan. Bunga sabab esa o‘zaro chegaradagi Jizzax, Xo‘jand, O‘ratepa hududlari bo‘lgan. Amir Nasrulloxonning Qo‘qonga qarshi qilgan yurishlarini ko‘plab tatqiqotchilar, asosan adabiyotshunoslar qoralashadi. Bunga nima sabab bo‘lganini esa yuqorida keltirib o‘tkan edik. Amir Nasrulloxonning Qo‘qonga qarshi yurishiga bir qancha sabablar mavjud edi. Birinchidan, o‘sha vaqtda Qo‘qon taxtida hukumronlik qilayotkan Madalixonning ahloqsizligi, ichlilikka mukkasidan ketkanligi natijasida xonlikda ahvol og‘irlashi9b ichki ziddiyatlar kuchayib ketishi va aholining xondan noroziligi ortib borishi edi. Madalixonning xulq-atvori haqida Qo‘qon xonligi bo‘yicha yirik olim H.Bobobekov o‘zining “Qo‘qon tarixi” asarida sharqshunos olim V.P.Nalivkinning Madalixon haqida aytkan quidagi fikirlarini keltirib o‘tadi:‘‘u o‘jar, injiq va tantiq qilib o‘stirilgan, serxarxasha, badjahl va ahloqi buzilgan.Saroy amaldorlari unga may, sharob va ayollar bilan xushomadgo‘ylik qiladi.12Madalixonning xonlikda qilgan ishlari ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ladi. Ikkinchidan, uning onasi mashhur shoira Nodirabegim hisoblanib, aynan uning o‘z farzandining ba’zi faxsh ishlariga ko‘z yumishi hamda hokimyatka aralashuvi ba’zi amaldorlarga yoqmaydi. Ana shunday vaziyatda Amir Nasrulloxon Qo‘qon ustiga qo‘shin tortadi. Xonlikda yangi Sulton Murodxon va sobiq xon Madalixonga ( 1841-yilda Sulton Madalixon o‘z ihtiyori bilan xonlik taxtini ukasiga bo‘shatib bergan edi) qarshi norozilik jiddiy ravishda kuchaygan edi. 1842-yil aprel oyiga kelib Amir qo‘shini xonlik hududini to‘la zabt etadi. Qo‘qonliklar Amir Nasrullox qo‘shinlariga o‘z ixtiyorlari bilan shaharni jangsiz topshiradilar. Qo‘qon zabt etilgach, Qo‘qon xonlari Mahmudxon va Madalixonlar qochishga muvaffaq bo‘ladi. Ular Andijondan qo‘nim topishadi, biroq bu uzoqqa cho‘zilmaydi. Nasrulloxonning sarbozlari ularni tutib, Qo‘qonga Amir huzuriga olib kelishadi. Nasrulloxon esa ularni yana taxtga davo qilmasliklari uchun Mahmudxon Madalixon va uning 14 yashar o‘g‘li Muhammad Aminbek uchchalasi qatl etiladi. Bundan tashqari Amirni turli-xil so‘zlar bilan haqorat qilgan ulug‘ shoira Nodirabegimni, Muhammadalixonning zavjasi,oyimi va joriyalarini shuningdek, yana bir qancha bekzodalarni ham qatl ettiradi.13 Umuman olganda tarixdan ma’lumkli bir hukumdor boshqa bir hududni bosib olgandan keyin albatta u yerni bundan keyin ham o‘zining itoatida saqlab turmoq uchun hokimyat uchun kurasha oladigan kuchlarni yo‘qotishka harakat qilgan, Amir Nasrulloxon ham huddi shunday ish qilgan. Nodirabegimga keladigan bo‘lsak, Amir Nasrulloxon uning farzandlarini qatl etayotkanda Nodirabegim Amirga qarata bunday degan ekan: “ Ey, zolim, atosi sanga osiy bo‘lgan bu murohiqi begunoh senga nima gunoh qildi?! Berahm, zolim, qizil qonga bo‘yading, Xudoning oldida sening ila murofaa qilaman, sen ham nurli chashmingdan ajrab, xonavayron bo‘lib, qizil qoningga bo‘yal, xonadoningdan ajrab, xarob bo‘l!” deya alfozi qabiha shanialar bilan og‘ziga nima kelsa qaytarmay, amirni hech pisand qilmay turgandi14 deya qayt etadi Is’hoqxon To‘ra Ibtar o‘zining “Farg‘ona tarixi” asarida. Qo‘qon tamomila bosib olingach, u yerga asli marvlik bo‘lgan Ibrohimbiyni 2 minglik askar bilan qoldiradi.15 Keyinchalik baribir Qo‘qon xonligi qipchoqlarning isyoni natichasida mustaqilligini tiklab oladi. Biroq Nasrulloxon ikki davlatni qisqa muddatga bo‘lsa ham birlashtirishka erishgan hukumdor sifatida tarixda qoladi.
Amir Nasrulloxonning hukumronlik qilgan davri mobaynida Shahrisabz va Kitob bekliklari o‘zlarini mustaqil beklik deb e‘lon qilib o‘zlarini amirlikdan mustaqil tarzda boshqara boshlagan edilar. Bundan tashqari Nasrulloxonning mamlakatda yurgizgan siyosatidan norozi bo‘lganlar, shuningdek uning dushmanlarining ko‘pchiligi Buxoroni tark etib Shahrisabzdan qo‘nim topkan edilar. O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan mamlakatni yagona bayroq ostida birlashtirish uchun harakat qilayotkan Mang‘it hukumdoriga esa tabiiyki bunday ayirmachilik harakati yoqmas edi. Bundan tashqari Shahrisabz va Kitob bekliklaridagi separatistik kayfiyat boshqa hududlarga ham ko‘chib otish xafi mavjud edi. Hatto boshqa hududlarga yoyilib ham ulgurgur edi. Mamlakatning Hisor va Balx hududlarida bular sekin-asta sezila boshlagan edi. Amir Nasrulloxon Buxoro taxtini egallagan vaqtda Shahrisabzda Donyol otaliq boshchiligidagi anchagina kuchli, nafaqat o‘zini himoya qilishga qodir, balki amirlikdagi siyosiy hayotga sezilarni tasir ko‘rsata oladigan o‘lkaga aylangan edi. Tarixchi Q.Rajabov o‘zining “Nasrulloxon” tarixiy risolasida Shahrisabz va Kitob bekliklarining XVIII-XIX asrlar birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan shug‘ullangan B.Yakubovning quidagi fikrlarini keltirib o‘tadi: 183.6-yili Donyol otalikning vafotidan so‘ng uning vasiyatiga ko‘ra Shahrisabzga katta o‘g‘li Xo‘jaqulibiy, Kitobga esa kichik o‘g‘li Bobobek dodxoh hokim qilib tayinlanadi. Ko‘p o‘tmasdan aka-ukalar o‘rtasida Shahrisabzda o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun kurash boshlanadi. 1846-yilda Shahrisabzda 10 yil hokimlik qilgach, Xo‘jaqulibiy vafot etadi. Uning vafotidan keyin shahrisabzga o‘g‘li Ashirqulibiy, Kitobga esa Iskandarbiy (Donyol otaliqning o‘g‘li) hokim bo‘lib olishadi. Tez orada Iskandarbiy Shahrisabzni Ashurqulibiyning qo‘lidan tortib oladi va u ham otasi singari Buxoro amiriga bo‘ysinmaslik siyosatini olib boradi.16 Amir Nasrulloxon esa ushbu hududlarni bo‘ysundirish uchun uzoq muddat kurash olib boradi. Tarichi Mirzo Abdulazim Somiyning yozishicha Nasrulloxon 20 yil mobaynida shahrisabz hududiga 32 marta yurish qilgan. Ular orasida 1827, 1844, 1856-yilgi harbiy yurishlar ahamiyatlidir. Oxir-oqibat 1856-yilda Shahrisabz uzil-kesib Buxoro amirligiga bo‘ysundiriladi. Bundan tashqari Nasrulloning g‘arbiy qo‘shnisi-Xoramz xoni bilan ham munosabatlari maqtanarlik darajada bo‘lmagan. Amir Nasrulloning Qo‘qonga qilgan yurishidan foydalanib Xivaliklar Buxoroga yurish qilishi (1843), bundan tashqari Marvliklarni ularga qarshi qayrashi ikki o‘rtadagi munosabatlarni keskin holda saqlanishiga sabab bo‘lgan.17 Amir Nasrlohxon o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsadi sari qattiq harakat qildi. U butun Movarunnahr va Xorazmni yagona bir davlat ostida birlashtirishka jon jahdi bilan kurashdi. Ushbu maqsad yo‘lida Xorazm hududiga bir necha marta yurishlar uyishtirdi, ammo har gal omad undan yuz o‘g‘iraverdi. Jumladan, 1843-44 yili Amir Nasrulloh Urganch ustiga katta qo‘shin bilan bostirib boradi. U bu yurishda ko‘plab shaxslardan ham ko‘mak so‘raydi. Xo‘jaquli parvonachidan yordam so‘raganda u Abdurahim miroxurni 500 kishi bilan yuboradi. Hisor mirlaridan ham ko‘mak so‘raganda, ular ham Hisorning eng katta amirlaridan sanalgan So‘fi devonbegini 500 kishi bilan unga yordamga yuboradilar. Bundan tashqari Shibiro‘ydan ham yana 500 kishilik qo‘shin yordamga yetib keldi. Amir ulkan qo‘shin bilan Urganch sari yurib 3 kundan so‘ng Chahorjo‘y qal’asiga yetib kelib shu yerda qo‘sh tashlashadi. Hordiq chiqarishib, dam olgach yo‘l yurib dushman sari olg‘a yuradilar. Amir qo‘shining ilg‘or qismi bir nechta qishloqlarni talab, Hazorasb qal’asiga hujum qilishadi. Biroq qattiq qarshilikka uchrashadi. Buni eshitkan Amirning o‘zi qo‘shin bilan tezda yetib kelib Hazorasb qamaliga kirishadi. Qal’a himoyachilari ularga qarshi mardonavor kurash olib borishdi. Har ikki tomon ham bir-birlariga qarata to‘plardan o‘qlar otishdi, ochiq maydonda janglar olib borishdi. Biroq, shuncha tayorgarlik bilan kelgan Buxoro qo‘shinlari qal’ani ishg‘ol qilishda qiyinchiliklarga duch kela boshlashdi. Natijada qamal muddati 20 kunga cho‘zilib, Buxoro qo‘shini ichida qahatchilik boshlandi. Bu orada Xiva xoni o‘z qo‘shinlarini qamaldagilarga ko‘makka yubordi. Natijada Urganch va Buxoro qo‘shinlari o‘rtasidagi masofa uch farsaxga yetdi. Ora-orada ikkala qo‘shinning ham olq qismlari chopovulga kelib bir-bir qilich o‘ynatib, jang qilib turdilar chunki Urganchning barcha qo‘shinlari hali kelib ulgurgan yo‘q edi. Urganch qo‘shinlari hujumga o‘tkanini ehshitkan Buxoro qo‘shinlari titray boshladilar hatto Amirning o‘zi ham shu ahvolga tushdi. Keyin esa biron chora tadorigini ko‘rish uchun mashvarat uyushtirdi. Keyin ular ham jangga kirishdi. Jang shiddatli tus oldi, g‘alaba urganchliklar tarafiga o‘ta boshladi. Ko‘plab buxoroliklar halok bo‘ldi va ular qochishga tusha boshladi. Buni ko‘rgan dushmanlari ularni taqib etib qira boshladi, faqatgina qorong‘uning tushishi ularga yordam berdi. Buxoro qo‘shinlari katta talofat ko‘rib chekina boshladilar.18 Amir Nasrulloxoning shu kabi bir qancha hujumlari besamar yakunlanavergan.
Amir Nasrulloxonning hukumronlik yillari asosan mamlakatni birlashtirish va bo‘ysunishni istamaganlarga qarshi yurishlarda o‘tdi. Bu yurishlar natijasida Amir bir necha bor xastaliklarga chalinib, bu qiyinchiliklarni ham yengib o‘tdi. Muhammad Hakimxon o‘zining Muntahab at-tavorix asarida quidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tadi: “1833-34 yili Amir Nasrulloh Samarqand sari yo‘lga tushdi. Necha manzil yo‘l yurgach, ul shaharni poyi qadami bilan bezadi. Bir-ikki kundan so‘ng tabiy mijozi o‘z holatidan qaytib, badani mulkiga bir kasallik oraladi va jismoniy harakati o‘z faoliyatidan qoldi. Bu xabar esa butun Samarqand shahri bo‘ylab yoyildi. Isyon olovi alanga olishiga ham sal qoldi. O‘sha paytda xazrat hakimi mutlaq o‘zining shifoxonasidan unga sihat-salomatlik karam qilib, mijozi o‘sha isyon inqirozi kechasi sihatlik sari yuzlandi. Ertasi kuni amirlar birgalashib, qiyinchilik bilan otga mingazib, Buxoro tomon yuzlandilar. O‘zi otga chiqishga sira ham holi yo‘q edi. Noiloj otni sekin haydab, har kun bir farsah, ikki farsahgacha yo‘l yurib ketishdi. Nihoyat o‘n olti kun deganda Buxoroga yetib, Rajab devonbegining Buxoro qal’asiga tutash chorbog‘ga qo‘sh tashladi. Tong otkach, Buxoroning barcha xalqi – xotinu erkak yig‘ilishib, amir Nasrullohni ko‘rish uchun chiqdilar. Men ham istiqbol maqsadida o‘sha aytkanim chorbog‘ga bordim. Chorbog‘qa yaqinlashsam, ul tomondan Amir Nasrulloh otga minib, chorbog‘dan chiqib keldi. O‘sha yerda yaqindan ko‘rishib, Amir Nasrullohning ham ko‘zi menga tushdi. Uning hol-ahvolini ko‘rib beihtiyor yig‘lab yubordim. Kimga qaramayin, boshqalar ham mening holatimga tushishkan edi. Ark darvozasigacha birga bordim va Hakim qo‘shbegi ark darvozasi ostonasida turgancha Amir Nasrullohni bag‘riga bosdi va peshonasidan o‘pib, boshidan tanga sochdi. So‘ng birgalashib ichkariga olib ketdi. Biz esa uy-uyimizga tarqalishdik19. Amir Nasrullohga birodarlarining, yaqin insonlarining va eng asosiysi xalqning unga bo‘lgan munosabatini, ko‘zlariga yosh to‘lishini, uni qanchalik e’zozlashlarini Muhammad Hakimxon ajoyib tarzda ko‘rsatib bergan.
Amir Nasrulloxonning hukumronlik davrida nafaqat Buxoro balki butun O‘rta Osiyo o‘sha davrdagi ikki qudratli davlat Rossiya va Angliyaning siyosiy va iqtisodiy ma’nfatlari to‘qnashkan hududga aylanib qoladi. Har ikki davlat ham bu yerdagi ichki vaziyatlarni chuqurroq o‘rganish va o‘zi uchun tayanch topish maqsadida o‘zlarining razvedkalarini turli-xil qiyofalarga kirgizib, bu hududlarga yubora boshlashadi. Ingliz missiyasining Buxoroga yuborilishi huddi olovga yog‘ sepkandek rus hukumatiga tasir qilishi natijasida ular ham o‘zining ishlarini jadallashtiradi. Biz yuqorida tilga olib o‘tkan eronlik Abdusamat Tabriziyning asli ingliz josusi ekanligini deyarli hech kim payqamagan. Muhammadjonov va Ne’matovlarning Mulla Olim Maxdumxojining “Tarixi Turkiston” asariga tayanib bergan ma’lumotlariga ko‘ra Abdusamat birinchi marta Eronda ingliz aventurasi tomonidan yollanib, Hindistonda maxsus razvedka maktabida o‘qitilib, Afvg‘oniston orqali Buxoroga yuboriladi va bu yerda o‘z ishini a’lo darajada uddalaganini, hatto Amir Nasrulloning eng ishongan kishisiga ham aylanganini qayt etishadi. Biroq keyinchalik bu sir fosh bo‘lgach, Amir tomonidan dastlab zindonga tashlanadi va keyinchalik o‘limga hukum qilinadi.20 Amir Nasrulloxonning ingliz missiyasi vakillari, xususan Stoddard va Konollilar bilan ham munosabatlari qiziq bo‘lgan. Turli manbalarda Amir Nasrullo ushbu ikki vakilni kutib olib, darrov qatl ettirgan kabi notug‘ri ma’lumotlar ham keltirilgan. Muhammadjonov va Ne’matovlar o‘zlarining kitoblarida ushbu vaziyatni quidagicha tasvirlaydi: “Angliya Tashqi Ishlar departamentining buyrug‘i bilan Stoddart 1838-yili Buxoroga “rus qullarini” ozoq etish uchun yuborilgan, (aslini olganda maqsadi Buxoro amiri bilan harbiy shartnoma tuzish va rus bosqiniga qarshi kurashda ularga yordam berish edi) Buxoro amiri uni ikki marotaba qabul qilgan. Biroq u Ark hovlisida otda sayr qilib yurganidan jahli chiqib, uni zindonga tashlashni buyurgan (Ark hududida Amirdan boshqa hech kim ot ustida yurmagan). Biroq keyinchalik Angliya Kobulgacha kirib kelishi (1838), Nasrulloxonni biroz havotirga solgan va uni zindondan ozoq qilgan. Keyinchalik yana bir ingliz razvetkachisi Konollining kelishi va uning dastlab Xiva bilan Amirga qarshi ittifoq tuzishga intilishi va hatto Qo‘qon xoni Muhammad Alixon bilan ham uchrashish maqsadida u tomonga yo‘l olishi biroq Amir Nasrilloning Qo‘qonni bosib olishi natijasida rejalari barbot bo‘ladi. Amir bunday xufya ishlardan xabar topishi natijasida ikkalasini ham dorga osadi21 Yangi tatqiqotlar natijasida bundan ishlarning amalga oshishida ruslarning mohir diplomatiyasi ham katta ro‘l o‘ynaganini ko‘rsatib berdi.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish