16.3. Yalpi ichki mahsulotni harajatlar usulida hisoblash
Xarajatlar usuli bo‘yicha YaIMga pirovard mahsulot va xizmatni yaratish
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi xarajatlar kiradi. Umumiy ko‘rinishda ushbu
ta’rifni quyidagi formula bo‘yicha ifodalash mumkin:
YaIM=UPI+IN+JPI+SE ,
bu erda,
YaIM– yalpi ichki mahsulot; UPI– uy xo‘jaliklarining pirovard iste’mol
xarajatlari; IN– investitsiya xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid
416
qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE– sof eksport (eksport –
import).
Xususiy iste’mol xarajatlari.
Uy xo‘jaliklarining shaxsiy iste’mol xarajatlariga
quyidagilar kiradi: uzoq vaqt fodalaniladigan predmetlar (buyumlar), joriy iste’mol
tovarlari va turli xizmat turlari uchun iste’mol xarajatlari. Yuqorida keltirilgan
formuladagi “UPI” mamlakat aholisining qayd qilingan xarajatlarini yig‘indisi
sifatida aniqlanadi.
Yalpi xususiy ichki investitsiyalar. Zahiralarning o‘zgarishi. Yalpi va sof
investitsiyalar.
Umum qabul qilingan uslubiyotga binoan yalpi xususiy ichki
investitsiyalar quyidagilardan tashkil topadi: tadbirkorlar tomonidan mashina,
uskuna va stanoklarni pirovard sotib olish; uy-joy qurilishini hisobga olgan xolda
qurilish ishlari; zahiralarning o‘zgarishi.
YaIM – joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aniq hisoblanishini
talab qilganligi uchun, uning tarkibiga bu yil ishlab chiqarilgan, ammo sotilmay
qolgan mahsulotni ham hisobga olinishi mantiqan to‘g‘ridir. Aks xolda
zahiralarning o‘zgarishini hisobga olmasdan hisob-kitoblar amalga oshirilgan
taqdirda, joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi pasaytirilib ko‘rsatilgan
bo‘ladi. Odatda, zahiralarning o‘zgarishi joriy davr oxiri va boshidagi zahiralar
qoldiqlarining farqi sifatida hisob–kitob qilinadi. Shu sababli joriy davrda katta
miqdorda ilgari sotilmay qolgan mahsulotlarning sotilgan taqdirda, zahiralarning
o‘zgarishi manfiy miqdorga teng bo‘lishi mumkin.
MXTda investitsiyalar yalpi, ichki va xususiy investitsiyalarga ajratib
o‘rganiladi. Oxirgi ikki ko‘rsatkich xususiy firmalar va kompaniyalarning
xarajatlarini ifodalab, ular ko‘rilayotgan mamlakat uchun yuridik shaxslar
hisoblanishi lozim.
Yalpi ichki xususiy investitsiyalar eski mashina, uskuna va stanoklarni
almashtirish uchun ishlab chiqarilgan barcha investitsion tovarlar plyus har qanday
iqtisodiyotda sof qo‘shimcha kiritilgan kapitalga teng. Demak, yalpi investitsiyalar
- ishlab chiqarishdan chiqib ketayotgan kapital o‘rnini qoplash hamda kapitalning
qo‘shimcha oshishiga olib kelgan investitsiyalardir.
417
Sof ichki xususiy investitsiyalar hajmini aniqlash uchun yalpi xususiy ichki
investitsiyalar hajmidan asosiy kapital amortizatsiyasi xarajatlarini, ya’ni ishlab
chiqarishdan chiqib ketgan asosiy kapital o‘rnini qoplash uchun ishlab chiqarilgan
mashina, uskuna va stanoklar hajmini ayirish kerak. Masalan, iqtisodiyotda 1000
birlik investitsion tovarlar ishlab chiqarilib, joriy davrda ishlab chiqarish
jarayonida 400 birlik mashina va uskunalar iste’mol qilingan bo‘lsa, iqtisodiyotga
qo‘shilgan qo‘shimcha kapila hajmi 600 birlikni tashkil etadi (600 = 100 - 400).
Demak, misolimizda yalpi yalpi investitsiyalar 1000 birlikni, sof investitsiyalar
600 birlikni tashkil qilgan. O‘z navbatida, yalpi va sof investitsiyalar orasidagi farq
(1000 - 600 = 400) YaIMni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy
kapital yoki amortizatsiya hajmini ifodalaydi.
Tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun davlat xarajatlari
.
Tovar va
xizmatlarni davlat xaridi asosan soliq tushumlari va boshqa davlat daromadlari
hisobiga moliyalashtiriladi. Ko‘pchilik xarajatlar shartli tarzda hisoblangan o‘z
iste’moli uchun nobozor ishlab chiqarish xarajatlaridan iborat bo‘ladi. Ularning
ayrimlari bozor ishlab chiqaruvchilarining tovar va xizmatlari ham bo‘lishi
mumkin.
Tovar va xizmatlarnining davlat xaridiga markaziy hokimiyatdan tortib to
mahalliy hokimiyat idoralarigacha, barcha davlat hokimiyati shahobchalari
tomonidan barcha bevosita korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarilgan
resurslarni, ishchi kuchini ham hisobga olganda, sotib olishga sarflangan xarajatlar
kiradi.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan tarnsfertlar (pensiya, nafaqa va
boshqalar) davlat xaridlariga kiritilmaydi, chunki ular joriy ishlab chiqarish
hajmining o‘sishini ifodalamaydilar va birlamchi daromadlarni qayta taqsimlash
bo‘lib hisoblanadilar.
Davlat boshqaruv idoralarining haqiqatdagi pirovard iste’moli ularning
kollektiv xizmatlargan sarflangan xarajatlar qiymatiga tenglashtiriladi. Kollektiv
xizmatlar umuman jamiyatga, yoki ma’lum ijtimoiy guruhlarga foyda keltirsada,
ularning haqiqatdagi pirovard iste’molini individual uy xo‘jaliklariga tegishli deb
418
hisoblab bo‘lmaydi. Ular ushbu xarajatlarni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv
idoralarining xarajatlari bo‘lib hisoblanadi.
Sof eksport
.
YaIM o‘ziga ma’lum davlat bozoridagi tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlari qamrab oladi. Demak, xorijiy
rezidentlarning tovar va xizmatlarga ushbu mamlakat doirasidagi barcha xarajatlari
ushbu mamlakat aholisining xarajatlari singari bog‘liqlikdadir. Shu sababli,
xorijliklarning ushbu mamlakat doirasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni
xarid qilishga sarflagan xarajatlarini, ya’ni eksportni, YaIM hajmini xarajatlar usuli
bo‘yicha hisoblashda inobatga olish zarur. Boshqa tomondan, mamlakatda uy
xo‘jaliklari yoki davlat tomonidan iste’mol qilingan iste’mol va investitsion
tovarlarning bir qismi xorijdan import qilingan bo‘lishi mumkin. Shu sababli ular
mamlakat YaIM tarkibiga kiritilmasligi kerak, chunki ular xorij mamlakatlari
ishlab chiqarish faoliyatining natijasi bo‘lib hisoblanadi va ularni YaIM tarkibidan
chiqarish kerak.
Shunday qilib, birinchi holatda eksportni YaIM tarkibiga qo‘shdik,
ikkinchisida esa – ayirdik. Ushbu farq sof eksport deb nomlanadi. Qayd qilish
lozimki, sof eksportning miqdori ham musbat, ham manfiy bo‘lishi mumkin.
Import hajmini hisoblashda, tovarlarning nafaqat xorijdan olib kelinganligi,
balki xorijdan olib kelinish tranzit yoki uchinchi mamlakat bilan xorijiy
operatsiyalar sharoitida ham sodir bo‘lishi mumkinligi sababli, mamlakat ichida
foydalanganligi ham hisobga olininshi talab qilinadi. Xuddi shu sababli, har
qanday mamlakat hududidan tovarlarni olib chiqishlar ham, eksport bo‘lib
hisoblanmasligi mumkin.
Import va eksportning quyidagi turlari mavjud:
– bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) import va eksport. Bunda tovarlar bevosita chet
eldan ushbu mamlakat iqtisodiy hududiga olib kelinadi va chet elga olib chiqiladi;
– tovarlarni omborxonalarda saqlash operatsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |