Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


 Daromadlarni ishlatilishi schyoti



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
15.6. Daromadlarni ishlatilishi schyoti
 
Daromadlarni ishlatilishi schyotida mamlakat miqyosida hamda uy 
xo‘jaligi va davlat boshqaruv idoralari sektorlarining pirovard (yakuniy) iste’mol 
va jamg‘arma ko‘rsatkichlari hajmi aniqlanadi. Nomoliya, moliya va uy xo‘jaligiga 
xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlarining yakuniy iste’moli 
bo‘lmaydi. Shu sababli, yuqorida qayd etilgan ikki sektorning jamg‘arma 
ko‘rsatkichi ixtiyordagi daromad ko‘rsatkichiga teng bo‘ladi. Uy xo‘jaligiga 


397 
xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorining yakuniy iste’moli 
bo‘lmaganligi uchun uning jamg‘armasi tuzatilgan ixtiyordagi daromadga teng 
bo‘ladi. Schyotning mamlakat miqyosida tuzilish sxemasi quyidagicha: 
Mamlakat miqyosida daromadlarni ishlatilishi schyoti 
Ishlatilishi
Resurslar 
2. Xaqiqiy yakuniy iste’mol, hammasi 
Shu jumladan: 
2.1. Uy xo‘jaligi sektori 
2.2. Davlat boshqaruv idoralari 
1.Ixtiyordagi daromad 
3. Jamg‘arma (1-2) 
Iqtisodiyot 
sektorlari 
daromadlarni 
ishlatilishi 
schyotini 
tuzish. 
Daromadlarni ishlatilishi schyotini nomoliya va moliya korxonalari sektorlari 
uchun tuzish zarurati bo‘lmaydi. Chunki, bu sektorlarda pirovard iste’mol 
bo‘lmaydi. Bu korxonalarning ishlab chiqarish uchun sarf etgan tovar va xizmatlar 
xarajatlari oraliq iste’mol hisoblanadi. Garchi bu korxonalar o‘z ishchi - 
xizmatchilari uchun tovar va xizmatlarni pirovard iste’mol uchun bergan bo‘lsalar 
ham, bu tovar va xizmatlar miqdori ishchi - xizmatchilarga berilgan natura holidagi 
ish haqi deb ta’riflanadi. Bu sektorlarning ixtiyordagi daramadlari jamg‘armaga 
teng bo‘ladi. 
Davlat boshqaruv idoralari sektori
tuzatilgan ixtiyordagi daromadga egaligi 
oldingi mavzulardan bizga ma’lum. Shu sababli, bu sektor uchun tuzatilgan 
ixtiyordagi daromadni ishlatilishi schyoti tuziladi. Schyotni tuzish sxemasi 
quyidagicha: 
Davlat boshqaruv idoralari sektorining tuzatilgan ixtiyordagi daromadni ishlatilishi 
schyoti 
Ishlatilishi
Resurslar 
2. Mamlakat aholisiga bepul ko‘rsatilgan 
kollektiv xizmatlar (yakuniy iste’mol), 
hammasi 
Shu jumladan: 
2.1. Boshqaruv xizmatlari 
2.2. Mudofa va xavfsizlik xizmatlari 
2.3. Xuquq va tartibot xizmatlari 
2.4. Ilm va fan xizmatlari 
2.5. Atrof muxitni muxofaza qilish xizmati 
2.6. Radio va televidenie 
1.Tuzatilgan ixtiyordagi daromad 


398 
2.7. Boshqa kollektiv xizmatlar
3. Yalpi jamg‘arma (1-2) 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish