Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
VI. TANLAB 
KUZATISH 
 

Tanlab kuzatish: mohiyati, zaruriyati va maqsadi 

Tanlama to‘plamning reprezentativligi va uni 
ta’minlash usullari 

Tanlama o‘rtachalari taqsimoti va normal 
taqsimot 

Tanlab kuzatish xatolari 

Tanlama kuzatish ma’lumotlarini bosh 
to‘plamga tarqatish 

Tanlama to‘plamning zaruriy miqdorini 
aniqlash 

Asosiy tayanch iboralar 

Bilmingizni sinab ko‘ring 


138 
 
6.1. Tanlab kuzatish: mohiyati, zaruriyati va maqsadi 
Statistika ommaviy to‘plamlar bilan shug‘ullanganligi sababli statistik 
tadqiqotlar juda ko‘p mashaqqatli mehnatni talab qiladigan qimmatli ishlardan 
hisoblanadi. II-bobda ko‘rib o‘tganimizdek, statistik tadqiqotning birinchi, asosiy 
bosqichi –ma’lumotlarni to‘plash. Ma’lumotlarni olish va to‘plash statistik kuzatish 
orqali amalga oshirilishini bildik. Statistik kuzatishning barcha turlari ichida tanlab 
kzatish ham borligini bilamiz. 
Jamiyatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning turli ko‘rinishida bo‘lgan, kichik 
korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning sonini ko‘payib borayotgan, tijorat 
sirlarini saqlash zaruriyatlari vujudga kelgan, yangi axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari resurslarining imkoniyatlari ulkan bo‘lgan sharoitda statistik 
tadqiqotlar uchun ma’lumotlarni olish va to‘plashni tezkor va tejamkor usullardan 
biri tanlab kuzatish qo‘llaniladi. 
Tanlab kuzatish – qisman kuzatish usuli bo‘lib, bunda to‘plamning hammasi 
emas, balki ma’lum tanlash qoidalari asosida ajratib olingan va butun to‘plamni 
umumiy holda tavsiflay oladigan uning bir qismi(1/10, 1/20, 1/50 va h.k. qismi). 
tekshiriladi va tekshirish natijalari butun to‘plamga tatbiq etiladi. 
Demak, tanlab kuzatish deyilganda statistikada o‘rganilishi lozim bo‘lgan 
to‘plamdan zaruriy miqdordagi birliklarning maxsus usullar bilan tanlab olinishi va 
ularning butun (bosh) to‘plamga tarqatilishi tushuniladi. 
O‘rganilishi lozim bo‘lgan to‘plam bosh to‘plam, tekshirish uchun undan tanlab 
olingan qismi esa tanlama to‘plam deyiladi. 
Bosh to‘plamdan tekshirish uchun birliklarni tanlab olish kuzatuvchi shaxsning 
xohishiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmasligi, ya’ni albatta tasodifiy bo‘lishi shart. Tanlab 
kuzatishning yoppasiga kuzatishdan ajralib turuvchi muhim xususiyati shundan 
iboratki, bunda to‘plamdan olinadigan birliklarning soni (miqdori, hajmi) va ularni 
tanlash usuli oldindan belgilab qo‘yiladi. 
Tanlab kuzatishda kuzatish birliklarining sonini kamligi ma’lumotlarni aniqlik 
darajasini yuqori bo‘lishiga, registratsiya jarayonidagi hatoliklarni kamayishiga 


139 
erishiladi. To‘g‘ri, ma’lumotlar butun to‘plamni qamrab ololmaganligi uchun tanlama 
to‘plamda reprezentativlik (vakolatlilik) xatoligi yuzaga keladi. Ammo kuzatuv 
xatolari bilan tanlama to‘plamdagi reprezentativ xatoni birga qo‘shib olganda ham 
aniqlik yoppasiga kuzatuvdagi aniqlikdan yuqori bo‘lishini ta’minlanadi. Yana shuni 
ta’kidlash joizki tanlama kuzatuv o‘tkazish materiallarni, mehnat resurslarini va 
vaqtni tejashni ta’minlaydi. Masalan, aholini ro‘yhatga olish, aholi pul daromadlari 
va harajatlari balansini tuzish, pul muamolasini o‘rganish, aholi turmush darajasini 
aniqlash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish. Ushbu masalalarni echish 
uchun ma’lumotlar Davlat statistikasi tomondan yig‘iladi. Agar ma’lumotlarni 
yoppasiga kuzatish usuli bilan yig‘iladigan bo‘lsa bu ishga ko‘plab statistik xodimlar 
jalb qilinib, ular bir necha oy ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa juda katta harajatni 
talab etadi. Shuning uchun bunday masalalarni echishning yagona samarali usuli 
tanlab kuzatishdan iborat.
Demak, tanlab kuzatish quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi: vaqt va mablag‘ni 
tejashda; kuzatish jarayonida sifati buziladigan yoki qiymatini butunlay yo‘qotadigan 
birliklar miqdorini qisqartirishda; umumiy to‘plam haddan tashqari ulkan bo‘lib, uni 
yoppasiga kuzatish imkoniyati bo‘lmaganda; kuzatish obyektini to‘laroq, chuqurroq 
o‘rganishda; yoppasiga kuzatish natijalarini tekshirish va nazorat qilishda. 
Tanlab kuzatishda yoppasiga kuzatishga o‘xshab aniq ma’lumotlarni olish juda 
ham qiyin, chunki bunda butun bosh to‘plam birliklari emas, balki uning tanlab 
olingan qismigina tekshiriladi, xolos. Shuning uchun tanlab kuzatish o‘tkazilganda, u 
o‘ziga xos bo‘lgan ayrim kamchilik va xatoliklardan xoli bo‘lmaydi. 
Tanlab kuzatishga xos bo‘lgan xatolarni reprezentativ xatolar yoki vakolatli 
xatolar deyiladi. Ular tanlama kuzatish ma’lumotlari bilan bosh to‘plam 
ma’lumotlarining to‘g‘ri kelmaslik darajasini tavsiflab beradi. Reprezentativ xatolar 
tasodifiy va muntazam xatolarga bo‘linadi. 
Tasodifiy xatolar kuzatish yoppasiga bo‘lmaganligi sababli to‘plamni etarli 
darajada aniq ko‘rsata olmaganligidan kelib chiqadi. Ularning miqdori katta sonlar 
qonuni va ehtimollar nazariyasiga asoslangan holda etarli aniqlik bilan hisoblanadi.


140 
Muntazam xatolar kuzatish uchun tanlangan to‘plam birligini ajratishda 
tasodifiylik tamoyilining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Masalan, kollejda 
o‘zlashtirishni yuqori darajada ko‘rsatish uchun a’lochi talabalarni maxsus tanlab 
olish. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish