3.2-sxema. Statistik jadvallar tasnifi
Статистик жадваллар
Жадвал кесими характери
бўйича
Гуруҳлаш мақсади бўйича
Жадвал эгаси характери
бўйича
Содда
Гуруҳли
Кесимни
оддий
ишлаб
чиқиш
Кесими
комбина
цияли
ишлаб
чиқилган
Инфор
мация
тав
сифли
Анали
тик
Типо
логик
Махсус
тайинланган
(баланс,
матрица ва
х.к)
Комбина
цияли
Эгада бир
қанча
белгилар
бўйича
гуруҳлар
келтирилади
Кесимда
белгилар
қатори
берилади
Кесимда
белгилар
комбинацияси
берилади
Ҳодисаларни
айрим
томонларига
тавсифий-
миқдорий
характерис
тика
беради
Белгилар
ўртасидаги
боғлиқликни
ва тенден-
цияларни
характерлайди
Ҳодиса
ларни
социал-
иқтисо дий
тип ларини
характер-
лайди
Тармоқлараро
алоқаларни
ўрганишда ва
балансларни
тузишда
фойдала-
нилади
Эгада
объектлар
номи
келтири
-
лади
Эгада
гуруҳ-
лар
келтири
-
лади
66
Yunusobod tumanida 30 ta oziq-ovqat do‘koni mavjud. Shu do‘konlarda tovar
oborotining hajmi va muomala xarajatlari nisbiy darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni
o‘rganish uchun analitik guruhlash metodini qo‘lladik. Olingan natijalar 3.2-jadval
keltirilgan.
3.2- jadvalda (guruhiy) juda qiziq ma’lumotlar tasvirlangan, ya’ni tovar
oboroti va muomala xarajatlarining mutlaq hajmi o‘rtasida to‘g‘ri chiziqli
bog‘lanish, tovar oborotining mutlaq hajmi va muomala harajatlarining nisbiy
darajasi o‘rtasida teskari bog‘lanish mavjudligi aniqlangan. Bu aloqalar statistikada
juft aloqalar (bu masalalar keyingi mavzularda juda keng yoritiladi) deyiladi, ya’ni
bir omilning natijaga ta’siri o‘rganiladi.
3.2-jadval
Yunusobod tumani oziq-ovqat do‘konlarini tovar oborotining hajmi bo‘yicha
guruhlash
Tovar oboroti hajmi
bo‘yicha do‘konlar
guruhi, mlrd, so‘m
Do‘konlar
soni
Jami
Muomala xarajatlari
Tovar oboroti
hajmi, mlrd. so‘m
hajmi,
mln.so‘m
Nisbiy
darajasi,mln.
1,8-2,8
5
39,2
2746
7,01
2,8-3,8
17
16,0
990
6,19
3,8-4,8
8
34,2
2040
5,95
Jami
30
89,4
5776
6,46
Lekin iqtisodiyotda shunday natijalar borki, ularning o‘zgarishi bir paytning
o‘zida bir qancha omillarning o‘zgarishiga bog‘liq. Bu bog‘lanishlarni o‘rganishda,
qisman bo‘lsada, kombinatsion jadvallardan foydalanish mumkin.
Kombinatsion jadval deganda, bir marta guruhlangan jadval egasi yana
guruhlarga, ular yana guruhcha osti guruhlariga ajratilgan, jadval kesimi ham
guruhlangan ko‘rinish olgan jadvallar tushuniladi.
Jadval kesimini ishlab chiqish muhim masalalardan biridir. Kesim birinchidan
ega bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Jadval o‘rganish obyekti kesim bo‘lib
hisoblanmaydi. Kesimni to‘g‘ri va aniq tanlash bilan, uning ko‘rsatkichlari
67
yordamida ajratilgan guruhlarning xarakterini va ajratib turuvchi eng muhim
belgilarini ifodalash mumkin.
Mavjud informatsiya va tekshirishning vazifasi va maqsadiga bog‘liq holda
kesim oddiy va murakkb kesimlarga bo‘linishi mumkin. Ko‘rsatkichlar birin-
ketinlik bilan oddiydan murakkabga qarab joylashtirilsa, bu oddiy kesim deyiladi,
agarda ular guruhlarga va guruhchalarga ajratilsa, murakkab kesim deyiladi.
Maqsad va vazifasiga muvofiq u yoki bu kesimni qo‘llash mumkin.
Statistik jadvallarni tuzish va rasmiylashtirish bo‘yicha quyidagi qoidalarga
amal qilinadi:
1.
Jadval uncha katta bo‘lmasligi kerak. Agar o‘rganilayotgan to‘plam juda
murakkab bo‘lsa, u holda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilan
bog‘langan bir nechta jadvalda ifodalash zarur.
2.
Jadvalning umumiy sarlavhasi uning mazmunining qisqa ifodasi bo‘lishi kerak.
Unda vaqt, hudud, o‘lchov birligi (agar ham ko‘rsatkichlar bitta o‘lchov
birligida o‘lchansa) ko‘rsatiladi. Ustun va qatorlardagi nomlar ham aniq, qisqa
va tushunarli bo‘lishi lozim. Jadvallarda so‘z qisqartirishsiz yoziladi. Agar
umumiy o‘lchov birligi bo‘lmasa har bir qator va ustun uchun o‘zining o‘lchov
birligi keltiriladi.
3.
Eganing qatorlari va kesimning ustunlari qo‘shiladigan bo‘laklar tamoyilida
joylashtiriladi va oxirida jami chiqariladi. Agarda hamma bo‘laklar to‘g‘risida
ma’lumot bo‘lmasa yoki ularni hammasini ko‘rsatishga zaruriyat bo‘lmasa
oldin jami berilib, undan keyin shu jumladan degan so‘z yozilib eng asosiy yoki
kerakli bo‘laklar sanab o‘tiladi.
4.
Agarda jadval katta bo‘lsa, qulaylik tug‘dirish uchun jadvalning ustunlariga
tartib nomeri beriladi, qatorlari bir, ikki va h.k yoki A, B, V harflari bilan
belgilanishi mumkin. Jadvalda o‘zaro bog‘liq ma’lumotlar yonma-yon
keltiriladi.
5.
Jadvalda ko‘rsatkichlar bir-birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga”
tamoyilida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi.
68
6.
Jadvallarni to‘ldirishda quyidagi shartli belgilarni to‘g‘ri qo‘llash lozim: agarda
ma’lumotlar yo‘q bo‘lsa, uchta nuqta (. . .) qo‘yiladi yoki “ma’lumot yo‘q” deb
yoziladi. Hodisa umuman sodir bo‘lmagan bo‘lsa, tire (-) qo‘yiladi.
Hisoblanishi lozim bo‘lmagan katakka iks (x) qo‘yiladi. Masalan, jadval
qatorida aholining yoshi guruhlari kesimida esa ajralgan oilalar soni (har ming
kishiga) berilgan. Qatorda birinchi guruh 5-7
yoshgacha bo‘lsa, bu qatorni kesim
bilan kesishgan
katagida “x” qo‘yiladi. Bu hammaga tushunarli. O‘rganilayotgan
yil bo‘yicha ma’lumoti bo‘lmasa, uning tepasiga yulduzcha (*) qo‘yib, qaysi
yilga taaluqli bo‘lsa, o‘sha yilni ko‘rsatish kerak.
7.
Jadval ma’lumotlarining hammasi bir xil aniqlikda bo‘lishi kerak (0,1; 0,01;
0,001 va h.k). Foizlar berilayotganda, ayniqsa, ularni dinamikasi, quyidagi
qoidaga amal qilishi kerak. Masalan, 650% emas, 6,5 marta deb yozgan ma’qul.
Keyin, mutloq raqamlarni ham o‘qish oson bo‘lishi uchun o‘lchov birliklari
kattaroq yozilgani ma’qul. Masalan, qatorda so‘m yozib, ustunda quyidagi
raqam berilsa 8769618534. Bunday raqamlar jadvalda 10 ta bo‘lsa, uni hech
kim o‘qimaydi. Shuning uchun, qatorda so‘m emas, mlrd.so‘m deb berib,
ustunda esa 8,8 raqami berilsa jadval ixcham va o‘qiydigan bo‘ladi.
8.
Agarda jadvalda hisobot ma’lumotlari bilan bir qatorda tekshiruvchining hisob-
kitob usuli bilan olgan ma’lumotlari keltirilsa, bu haqida eslatma berish kerak.
9.
Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar manbai ko‘rsatilishi kerak. Agar
tekshiruvchining o‘zi hisoblagan bo‘lsa, qaysi ma’lumotlar asosida
hisoblanganligi ko‘rsatiladi.
10.
Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va
umumiy to‘plam bo‘yicha yakunlar chiqarilgan, o‘rtachalar hisoblangan
bo‘lishi kerak.
Bu qoidalarga rioya qilib tuzilgan jadvalni tahlil qilish va uning ma’lumotlari
asosida kerakli xulosalar chiqarish mumkin. Jadval ma’lumotlarini tahlil qilishni
umumiy jamlar yoki o‘rtachalardan boshlash yaxshi, chunki oldin to‘plam
bo‘yicha umumiy ifodani olib, keyin, uning bo‘laklari, ya’ni qator va ustunlarini
69
o‘rganishga o‘tiladi. Bu bilan, birinchi navbatda, jadvalning eng muhim
elementlari tahlil qilinadi, keyin esa qolganlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |