Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
3.3. Statistik jadvallar 
Siz statistikani o‘rganishni boshlamasdan oldin ham jadval so‘zini 
eshitgansiz, ya’ni ko‘paytirish jadvali (xalq ichida karra jadval deyiladi), 
logarifmik jadval, tasodifiy sonlar jadvali va h.k. Ushbu paragrafda gap statistik 
jadvallar ustida boradi. Ularni statistikani televizorlari desak xato bo‘lmasa kerak,
chunki har qanday statistik tekshirishning eng asosiy natijalari statistika jadvallari 
orqali ifodalanadi. 
Statistika jadvallari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularni birinchi bo‘lib 
buyuk rus olimi N.K.Kirilov o‘zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti “Butun Rossiya 
davlatini gullash darajasi” (1727 y.) asarida qo‘llagan. Ayrim manbalarda statistik 
jadvallarni yaratuvchisi deb Anxsersen (Daniya) hisoblanadi. Lekin uning asari 
1747 yilda chop etilgan. Shunday qilib statistik jadvallar XVIII asrda paydo 
bo‘lgan. 
Statistik jadvallar deb o‘rganilayotgan hodisa va voqealar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni tartibli, ko‘rgazmali ifodalashga aytiladi. 
Tashqi ko‘rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlarning 
kesishmasidan iborat bo‘lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar qatorlar, 
vertikal – ustunlar deyiladi. 
Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to‘ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni 
maketi deyiladi (3.1-sxema). 
Statistik jadvallar o‘z egasi va kesimiga ega bo‘lishadi. Jadvalda gap nima 
ustida borayotgan bo‘lsa, o‘sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Odatda ega jadvalning chap 
tomonida, ya’ni yotiq qatorlarda, kesim esa jadvalning o‘ng tomonida, ya’ni
ustunlarda joylashtiriladi. Tekshirish maqsadi va mavjud ma’lumotlarning 


63 
xarakteriga qarab buning teskarisi ham bo‘lishi mumkin, ya’ni ega o‘ng tomonda, 
kesim esa chap tomonda joylashtiriladi. 
Har qanday tuzilgan va to‘ldirilgan jadval umumiy nomga ega bo‘lishi kerak. 
Jadvalning umumiy nomi uni ustida keltirilib, uning mazmunini o‘zida ifoda etishi 
kerak. Jadvaldagi qatorlar va ustunlar ham nomlanadi va iloji boricha nomerlanadi.
Statistik jadvallar, ega xarakteriga qarab: oddiy; guruhiy (gruppali); 
kombinatsion jadvallarga; kesim xarakteriga qarab: kesimi oddiy ishlab chiqilgan; 
kesim kombinatsiya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi bo‘yicha: informatsiya 
tavsifli; analitik; tipologik; maxsus tayinlangan (balans, matritsa va h.k.) 
jadvallarga bo‘linadi (3.2-sxema). 
Oddiy jadvallar deb egasi faqat hodisalar, yillar, obyektlar ro‘yxatidan tashkil 
topgan jadvallarga aytiladi. 
Oddiy jadvallar, ma’lumotlarni berilishiga qarab sanoqli, territorial va 
xronologik jadvallarga bo‘linadi. Jadval egasida hodisalar sanog‘i berilishi 
mumkin.
3.1 - jadval ma’lumotlari tuman oziq-ovqat do‘konlarida qanday tovarlar 
sotilayotganligi va sotish hajmini har bir tovar guruhi bo‘yicha qanday o‘zgarib 
borishi haqida juda qiziqarli informatsiyani bizga taqdim etmoqda. 
3.1-jadval 
Yunusobod tumani oziq-ovqat do‘konlarida sotilgan mahsulotlar hajmi 
(mlrd.so‘m) 
Tovarlar 
2016 y. 
2017 y. 
2018y. 
Non va non mahsulotlari. 
2117,8 
2118,3 
2200,1 
Sut va sut mahsulotlari. 
1821,4 
1717,7 
1819,2 
Go‘sht va tovuq 
3030,3 
3131,4 
3141,8 
Ichimliklar (alkogolsiz) 
1917,6 
1821,5 
1800,4 
 
Oddiy jadvalda faqat sanoqli, hududiy va xronologik tamoyil bilan berilgan 
informatsiyani kamroq o‘rganamiz, asosan, ko‘pchilik joyda, bu uchala tamoyil 
birgalikda qo‘llaniladi.
Guruhiy (gruppali) jadvallar deganda jadval egasi biron-bir belgi bo‘yicha 
guruhlarga ajratib berilgan jadvalga aytiladi. 


64 
3.1 – sxema. Statistik jadvalning maketi 
Барча қаторларни 
мазмунини очиб берувчи 
ички сарлавҳа 
Гуруҳлар, ҳодиса типлари 
ёки алоҳида қаторнинг 
мазмунини очиб берувчи 
ёнбош ички сарлавҳалар 
Устун ва қаторларни 
кесишмасидан ҳосил 
бўлган жадвал қўлари 
Жадвалга бериладиган 
турли изоҳлар мазмуни 
Жадвал мазмунини, ҳодисани 
жойи ва вақтини лўнда ифода 
этувчи сарлавҳа 
Алоҳида устунларни 
мазмунини очиб берувчи 
ички сарлавҳачалар 
Жадвалнинг 
кўрсаткичларининг 
мазмунини очиб берувчи 
тўлдириладиган катаклар 
Жадвалнинг алоҳида 
қаторлари 
Жадвалнинг алоҳида 
устунлари 


65 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish