Barcha davlatlarda bo‘lgani kabi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham sug‘urta kompaniyalari faoliyati ustidan davlat nazorati mavjud. Bu bejiz emas, albatta. Negaki, qaysi davlatda iqtisodiy taraqqiyot Amerika Qo‘shma Shtatlarida sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qay darajada rivojlanmasin, baribir, sug‘urta kompaniyalari millionlab mijozlari oldida olgan majburiyatlarini halol va vijdonan bajarishlari uchun mas’uliyatga egadirlar. Shunisi diqqatga sazovorki, AQSHda sug‘urta kompaniyalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish markazlashgan shaklda yagona Federal boshqaruv organi tomonidan nazorat qilinmasdan, balki shtat darajasida nazorat qilinadi. Har bir shtatda sug‘urta operatsiyalarini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘limlar mavjud bo‘lib, ular superintendant yoki komissarlar tomonidan boshqariladi. Bu shaxslar shtat gubernatorlari tomonidan tayinlanadi, va odatda, rahbarlik muddati gubernatorlar saylov muddatiga teng. Ayrim shtatlarda sug‘urta operatsiyalari hajmining nihoyatda kattaligi maxsus bo‘limda yetarli miqdorda xodimlar ishlashini talab etadi. Ammo, shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu nazorat bo‘limlari doimo malakali mutaxassislar va zarur darajadagi mablag‘lar yetishmasligidan aziyat chekishadi. Shunisi ajablanarliki, har bir shtatda sug‘urta kompaniyalarini nazorat qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bir-biridan farq qiladi. Sug‘urta operatsiyalarini nazorat qilish bo‘limining asosiy funksiyasi mazkur shtatda ro‘yxatdan o‘tgan barcha sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyati va amalga oshirilgan sug‘urta operatsiyalari ustidan muntazam nazorat o‘rnatishdan iborat. Faqat bugina emas. Sug‘urta operatsiyalarini nazorat qilish maxsus bo‘limi, amalda har bir sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini kuzatib boradi va yillik hisobotlarni tahlil etadi. Barcha davlatlarda bo‘lgani kabi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham sug‘urta kompaniyalari faoliyati ustidan davlat nazorati mavjud. Bu bejiz emas, albatta. Negaki, qaysi davlatda iqtisodiy taraqqiyot Amerika Qo‘shma Shtatlarida sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qay darajada rivojlanmasin, baribir, sug‘urta kompaniyalari millionlab mijozlari oldida olgan majburiyatlarini halol va vijdonan bajarishlari uchun mas’uliyatga egadirlar. Shunisi diqqatga sazovorki, AQSHda sug‘urta kompaniyalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish markazlashgan shaklda yagona Federal boshqaruv organi tomonidan nazorat qilinmasdan, balki shtat darajasida nazorat qilinadi. Har bir shtatda sug‘urta operatsiyalarini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘limlar mavjud bo‘lib, ular superintendant yoki komissarlar tomonidan boshqariladi. Bu shaxslar shtat gubernatorlari tomonidan tayinlanadi, va odatda, rahbarlik muddati gubernatorlar saylov muddatiga teng. Ayrim shtatlarda sug‘urta operatsiyalari hajmining nihoyatda kattaligi maxsus bo‘limda yetarli miqdorda xodimlar ishlashini talab etadi. Ammo, shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu nazorat bo‘limlari doimo malakali mutaxassislar va zarur darajadagi mablag‘lar yetishmasligidan aziyat chekishadi. Shunisi ajablanarliki, har bir shtatda sug‘urta kompaniyalarini nazorat qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bir-biridan farq qiladi. Sug‘urta operatsiyalarini nazorat qilish bo‘limining asosiy funksiyasi mazkur shtatda ro‘yxatdan o‘tgan barcha sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyati va amalga oshirilgan sug‘urta operatsiyalari ustidan muntazam nazorat o‘rnatishdan iborat. Faqat bugina emas. Sug‘urta operatsiyalarini nazorat qilish maxsus bo‘limi, amalda har bir sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini kuzatib boradi va yillik hisobotlarni tahlil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |