2004-yil ma’lumotlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, Amerikada 6000 ga yaqin sug‘urta kompaniyalari mavjud bo‘lib, ularda 2,6 mln ga yaqin xodimlar ishlayapti. 2000-yillar boshida amerikalik fuqarolar umumiy summasi 6,6 trl dollardan ortiq bo‘lgan 450 mln sug‘urta polisiga ega bo‘lishgan. AQSHda sug‘urta biznesi rivojlanishining eng muhim yo‘nalishlaridan biri, uning yanada baynalmilallashuvidir. Amerikalik ekspertlar xulosasiga ko‘ra, bu jarayon kelgusi 10 yillikda yanada kuchayadi. Buni biz O‘zbekiston misolida ham ko‘rishimiz mumkin. 1991-yilda O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi va bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishi munosabati bilan, O‘zbekistonga rivojlangan davlatlarning, shu jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining qiziqishi oshdi. 1994-yilda mamlakatimizda Amerikaning eng yirik sug‘urta kompaniyasi bo‘lmish — «Ameriken Interneyshnl Grupp» sug‘urta korporatsiyasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda «UzAIG» o‘zbek-amerika sug‘urta kompaniyasini tashkil etdi. Bu qo‘shma sug‘urta kompaniyasining Ustav kapitalida Amerika kompaniyasining ulushi 51 foizni, ya’ni 1,1 mln dollarni tashkil etadi. Ammo xalqaro bozorlarda Amerika sug‘urta kompaniyalari jiddiy raqobatga duch kelishmoqda. Amerika sug‘urta kompaniyalarining xalqaro bozorlarda faol faoliyat ko‘rsatishining asosiy sabablaridan biri shundaki, Amerika savdo-sanoat monopoliyalari, transnatsional korporatsiyalari tobora jahon bozorini ishg‘ol qilmoqda. Tabiiyki, bu monopoliya va korporatsiyalar chet mamlakatlar iqtisodiyotidagi o‘z ishtiroklarini tarkibiy tuzilmalardan biri bo‘lgan sug‘urta kompaniyalarisiz amalga oshirishmaydi. 2004-yil ma’lumotlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, Amerikada 6000 ga yaqin sug‘urta kompaniyalari mavjud bo‘lib, ularda 2,6 mln ga yaqin xodimlar ishlayapti. 2000-yillar boshida amerikalik fuqarolar umumiy summasi 6,6 trl dollardan ortiq bo‘lgan 450 mln sug‘urta polisiga ega bo‘lishgan. AQSHda sug‘urta biznesi rivojlanishining eng muhim yo‘nalishlaridan biri, uning yanada baynalmilallashuvidir. Amerikalik ekspertlar xulosasiga ko‘ra, bu jarayon kelgusi 10 yillikda yanada kuchayadi. Buni biz O‘zbekiston misolida ham ko‘rishimiz mumkin. 1991-yilda O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi va bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishi munosabati bilan, O‘zbekistonga rivojlangan davlatlarning, shu jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining qiziqishi oshdi. 1994-yilda mamlakatimizda Amerikaning eng yirik sug‘urta kompaniyasi bo‘lmish — «Ameriken Interneyshnl Grupp» sug‘urta korporatsiyasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda «UzAIG» o‘zbek-amerika sug‘urta kompaniyasini tashkil etdi. Bu qo‘shma sug‘urta kompaniyasining Ustav kapitalida Amerika kompaniyasining ulushi 51 foizni, ya’ni 1,1 mln dollarni tashkil etadi. Ammo xalqaro bozorlarda Amerika sug‘urta kompaniyalari jiddiy raqobatga duch kelishmoqda. Amerika sug‘urta kompaniyalarining xalqaro bozorlarda faol faoliyat ko‘rsatishining asosiy sabablaridan biri shundaki, Amerika savdo-sanoat monopoliyalari, transnatsional korporatsiyalari tobora jahon bozorini ishg‘ol qilmoqda. Tabiiyki, bu monopoliya va korporatsiyalar chet mamlakatlar iqtisodiyotidagi o‘z ishtiroklarini tarkibiy tuzilmalardan biri bo‘lgan sug‘urta kompaniyalarisiz amalga oshirishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |