Amerika Qo‘shma Shtatlarida sug‘urtaning rivojlanishi Reja: Xalqaro sug‘urta bozorida Amerika Qo‘shma Shtatlarining tutgan o‘rni



Download 492,7 Kb.
bet6/7
Sana02.04.2022
Hajmi492,7 Kb.
#524214
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aqshda sug\'urta rivojlanishi

Bunday sug‘urta jamiyatlarining butun pul mablag‘lari sug‘urta mukofotlari va foydadan ajratmalar hisobidan shakllanadi. Shuning uchun sug‘urta mukofoti bir vaqtning o‘zida sug‘urtalanuvchining jamiyatga kirish hissasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Sug‘urtalanuvchi o‘zaro sug‘urtalash jamiyatidan sug‘urta polisini sotib olar ekan, u nafaqat sug‘urta qoplamasini olishga da’vogarlik qiladi, balki sug‘urtalovchi faoliyatining natijalari bo‘yicha olingan foydaning bir qismini olishga ham haqlidir. Dastlabki, «M’yuchuels» tipidagi sug‘urta jamiyatlari aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalariga qarama-qarshi ravishda tashkil etildiki, bunda sug‘urtalovchi nafaqat sug‘urtani daromad olishning bir manbayi sifatida qarashi, balki o‘zining hissadorlarini eng qulay sharoitlarda sug‘urtalashi zarur edi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 2000 dan ortiq o‘zaro sug‘urta qilish jamiyatlari faoliyat ko‘rsatishmoqdaki, bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniya, Fransiya va Daniyada 100 tadan ortiqni tashkil etadi. Bu shakldagi sug‘urta jamiyatlarining umumiy daromadi AQSHda 482,1 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu boshqa davlatlarning ko‘rsatkichlaridan juda ko‘pdir. Shu yerda ta’kidlash zarurki, Yaponiyada bor-yo‘g‘i 20 ta o‘zaro sug‘urtalash jamiyati mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ular tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotlari 278,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Amerika sug‘urta tizimida sug‘urta brokerlari o‘z mavqelariga ko‘ra muhim ahamiyatga ega. Ko‘p sug‘urta shartnomalari amalda sug‘urtalovchi bilan sug‘urtalanuvchi o‘rtasida bevosita tuzilmasdan, balki brokerlar vositasida tuziladi. Jumladan, Amerikaning eng yirik kompaniyalaridan biri — «Prudenshial» 22 mingga yaqin agentlarning xizmatidan foydalanadi. Yuqorida qayd etganimizdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarida sug‘urta biznesi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri, uning yanada baynalmilallashuvidir. Chet eldagi bo‘lim va vakolatxonalar soni bo‘yicha AQSH bugungi kunda dunyoda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Amerika sug‘urta kompaniyalarining xalqaro miqyosda faol ishtirok etishlarining asosiy sababi shundaki, Amerika transnatsional korporatsiyalari jahon bozorida tobora kuchli pozitsiyalarni egallashmoqda. Bu korporatsiyalarga qarashli mol-mulklar va boshqa manfaatlarni sug‘urtaviy himoya qilish shubhasiz, uning tarkibiga kiruvchi sug‘urta kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Amerikaning mashhur «ITT» konserni, o‘z sug‘urta operatsiyalarini jahonning 80 mamlakatida amalga oshirayotgan 25 sug‘urta kompaniyalarini nazorat qiladi.


Download 492,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish