Amanov akram mirzayevich zaripov xusan baxodirovich "soliqlar va soliqqa tortish" fani


O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/126
Sana12.06.2022
Hajmi4,86 Mb.
#657848
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126
Bog'liq
fayl 1707 20210831

O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1.
Soliqlarning iqtisodiy mohiati ochib bering?
2.
Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud? 
3.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi deganda nimalarni 
tushunasiz? 
4.
Soliqsiz to‘lovlar qaysilar? 
5.
Kichik biznes subyektlari tarkibi qaysi mezonlar asosida 
belgilanadi? 
6.
Yagona soliq to‗lovi qachon joriy etildi? 


60 
4
. Hududiy davlat soliq xizmati organlari va uning vazifalari 
 
 
Soliq organlari faoliyati davlat 
hokimiyatining barcha bo‗g‗inlari: 
Qonun chiqaruvchi, Ijro etuvchi va Sud 
hokimiyatlari faoliyatlarining ajralmas 
qismi sifatida majmuali tarzda amalga 
oshiriladi . 
Bu hokimiyatlar tomonidan soliq ma‘murchiligi quyidagi 
tartibda 
amalga 
oshiriladi. 
Qonun 
chiqaruvchi 
hokimiyat 
hisoblangan Oliy Majlis tomonidan soliqqa oid va unga bevosita 
tegishli bo‗lgan qonunlar qabul qilinadi, ularga o‗zgartirish va 
qo‗shimchalar kiritiladi yoki ayrimlari bekor qilinadi. Demak, soliq 
siyosatining huquqiy negizlari mazkur hokimiyat tomonidan qabul 
qilinadi. 
Ijro hokimiyati bo‗lgan Vazirlar Mahkamasi va uning 
bo‗linmalari, Davlat Soliq qo‗mitasi, Moliya, Adliya, Iqtisodiyot 
vazirliklari, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tegishli organlar Oliy 
Majlis tomonidan qabul qilingan huquqiy me‘yoriy hujjatlarning 
ijrosini ta‗minlaydi. 
7-rasm. O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
Davlat 
Soliq 
Qo‟mitasining 
vazifalari, huquq va 
majburiyatlari


61 
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z 
faoliyatida 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 
Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi. 
Davlat soliq qo'mitasining yuqori turuvchi organi - 
O'zbekiston Respublikasi hukumati, ya'ni O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi.
Vаzirlаr Mаhkаmаsi - O`zbеkistоn Rеspublikаsining 
Hukumаti - iqtisоdiyot, ijtimоiy vа mа‘nаviy sоhаlаrning sаmаrаli 
fаоliyat ko`rsаtishigа, qоnunlаr ijrо etilishigа, Оliy Mаjlisning 
bоshqа qаrоrlаri, O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 
fаrmоnlаri, qаrоrlаri vа fаrmоyishlаri bаjаrilishigа rаhbаrlikni 
tа‘minlоvchi O`zbеkistоn Rеspublikаsining ijrо etuvchi hоkimiyat 
оrgаni hisоblаnаdi. 
Vаzirlаr 
Mаhkаmаsi 
o`z 
fаоliyatini 
O`zbеkistоn 
Rеspublikаsining 6 mаy 1993 yildаgi N818-XII sоnli «O`zbеkistоn 
Rеspublikаsining Vаzirlаr Mаhkаmаsi to`g`risidа»gi Qоnunigа 
muvоfiq оlib bоrаdi. 
Vаzirlаr Mаhkаmаsi dаvlаt bоshqаruvi оrgаnlаri tizimigа vа 
o`zi tаshkil etаdigаn хo`jаlik bоshqаruvi оrgаnlаri tizimigа 
bоshchilik qilаdi, ulаrning hаmjihаtlik bilаn fаоliyat ko`rsаtishini 
tа‘minlаydi. 
Vаzirlаr Mаhkаmаsi O`zbеkistоn Rеspublikаsi tаsаrrufigа оid 
bo`lgаn, O`zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasi vа mаzkur 
Qоnungа muvоfiq o`zining vаkоlаtigа kiruvchi dаvlаt vа хo`jаlik 
bоshqаruvining bаrchа mаsаlаlаrini hаl etishgа hаqlidir. Vаzirlаr 
Mаhkаmаsi qоnunchilik tаshаbbusi huquqigа egа. 
Vаzirlаr Mаhkаmаsi o`z fаоliyatidа kоllеgiаllik, dеmоkrаtiya 
vа qоnuniylik, O`zbеkistоn Rеspublikаsidа yashоvchi bаrchа 
millаtlаr vа elаtlаrning mаnfааtlаrini hisоbgа оlish tamoyillariga 
аsоslаnаdi. 
Vаzirlаr Mаhkаmаsi аmаldаgi qоnunchilikkа muvоfiq 
O`zbеkistоn Rеspublikаsining bаrchа hududidаgi fuqаrо, rаhbаr 
хоdim, kоrхоnа, tаshkilоt, birlаshmа vа bаrchа оrgаnlаr tоmоnidаn 
bаjаrilishi mаjburiy bo`lgаn qаrоr vа fаrmоyishlаr chiqаrаdi. 


62 
Mе‘yoriy хаrаktеrdаgi Vаzirlаr Mаhkаmаsining qаrоrlаri 
O`zbеkistоn Rеspublikаsi Hukumаti qаrоrlаri to`plаmidа nаshr 
etilаdi. Zudlik bilаn kеng оmmаgа yеtkаzilishi zаrurаtidа esа 
оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаridаn fоydаlаnilаdi. 
Davlat soliq xizmati organlarining huquqiy maqomi. Davlat 
soliq xizmati organlarining huquqiy maqomi 1997 yil 29 avgustda 
qabul qilingan ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston 
Respublikasi qonuni bilan belgilab berilgan bo‗lib, unga ko‗ra 
davlat soliq xizmati organlari – soliqlar va boshqa majburiy 
to‗lovlarning budjetga to‗liq va o‗z vaqtida tushishini ta‘minlash 
maqsadlarida tashkil etilgan. Qonunga binoan davlat soliq xizmati 
organlariga - O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar vaToshkent shahar davlat 
soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi 
tumanlar davlat soliq inspeksiyalari kiradi. Davlat soliq xizmati 
organlari o‗z faoliyatini davlat boshqaruv organlaridan, mahalliy 
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil tarzda qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiradi.
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini 
―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi qonun va boshqa qonun osti 
xujjatlari belgilab belgilab beradi. Jumladan, Davlat soliq xizmati 
organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonun 
osti xujjatlariga O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 
15 martdagi ―Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan 
takomillashtirish 
va 
prokuratura 
organlari 
faoliyatini 
optimallashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5690-sonli 
Farmoni (mazkur Farmon bilan PQ-3802 sonli Prezident qaroriga 
o‗zgartirish 
kiritilgan), 
2017 
yil 
18 
iyuldagi 
―Soliq 
ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi PF-5116-son Farmoni, 2018 yil 26 iyundagi ―Davlat 
soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3802-sonli, 2010 yil 8 yanvardagi 
―Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1257-sonli qarorlari, shuningdek, 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 10 


63 
dekabrdagi 631-sonli ―O‗zbekiston Respublikasi soliq organlari 
xodimlarining majburiy davlat sug‗urtasi bo‗yicha sug‗urta 
summalari va sug‗urta tariflari miqdori to‗g‗risida‖gi, 2012 yil 31 
oktyabrdagi ―Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‗zbekiston 
Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‗zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga 
qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq xizmati va Davlat 
bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy 
sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi 
to‗g‗risidagi nizomni hamda sudyalarga, sud organlari xodimlariga, 
O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, 
O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy 
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq xizmati va 
Davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga 
olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi 
to‗lash tartibi to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi 312-sonli, 
2019 yil 17 apreldagi ―Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 320-son 
qarorlari hamda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo‗mitasining tegishli buyruq va qarorlarini kiritish 
mumkin.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish