O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar
1.
Soliqlarning iqtisodiy mohiati ochib bering?
2.
Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud?
3.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi deganda nimalarni
tushunasiz?
4.
Soliqsiz to‘lovlar qaysilar?
5.
Kichik biznes subyektlari tarkibi qaysi mezonlar asosida
belgilanadi?
6.
Yagona soliq to‗lovi qachon joriy etildi?
60
4
. Hududiy davlat soliq xizmati organlari va uning vazifalari
Soliq organlari faoliyati davlat
hokimiyatining barcha bo‗g‗inlari:
Qonun chiqaruvchi, Ijro etuvchi va Sud
hokimiyatlari faoliyatlarining ajralmas
qismi sifatida majmuali tarzda amalga
oshiriladi .
Bu hokimiyatlar tomonidan soliq ma‘murchiligi quyidagi
tartibda
amalga
oshiriladi.
Qonun
chiqaruvchi
hokimiyat
hisoblangan Oliy Majlis tomonidan soliqqa oid va unga bevosita
tegishli bo‗lgan qonunlar qabul qilinadi, ularga o‗zgartirish va
qo‗shimchalar kiritiladi yoki ayrimlari bekor qilinadi. Demak, soliq
siyosatining huquqiy negizlari mazkur hokimiyat tomonidan qabul
qilinadi.
Ijro hokimiyati bo‗lgan Vazirlar Mahkamasi va uning
bo‗linmalari, Davlat Soliq qo‗mitasi, Moliya, Adliya, Iqtisodiyot
vazirliklari, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tegishli organlar Oliy
Majlis tomonidan qabul qilingan huquqiy me‘yoriy hujjatlarning
ijrosini ta‗minlaydi.
7-rasm. O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Davlat
Soliq
Qo‟mitasining
vazifalari, huquq va
majburiyatlari
61
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘z
faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga,
O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi
Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq qo'mitasining yuqori turuvchi organi -
O'zbekiston Respublikasi hukumati, ya'ni O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi.
Vаzirlаr Mаhkаmаsi - O`zbеkistоn Rеspublikаsining
Hukumаti - iqtisоdiyot, ijtimоiy vа mа‘nаviy sоhаlаrning sаmаrаli
fаоliyat ko`rsаtishigа, qоnunlаr ijrо etilishigа, Оliy Mаjlisning
bоshqа qаrоrlаri, O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining
fаrmоnlаri, qаrоrlаri vа fаrmоyishlаri bаjаrilishigа rаhbаrlikni
tа‘minlоvchi O`zbеkistоn Rеspublikаsining ijrо etuvchi hоkimiyat
оrgаni hisоblаnаdi.
Vаzirlаr
Mаhkаmаsi
o`z
fаоliyatini
O`zbеkistоn
Rеspublikаsining 6 mаy 1993 yildаgi N818-XII sоnli «O`zbеkistоn
Rеspublikаsining Vаzirlаr Mаhkаmаsi to`g`risidа»gi Qоnunigа
muvоfiq оlib bоrаdi.
Vаzirlаr Mаhkаmаsi dаvlаt bоshqаruvi оrgаnlаri tizimigа vа
o`zi tаshkil etаdigаn хo`jаlik bоshqаruvi оrgаnlаri tizimigа
bоshchilik qilаdi, ulаrning hаmjihаtlik bilаn fаоliyat ko`rsаtishini
tа‘minlаydi.
Vаzirlаr Mаhkаmаsi O`zbеkistоn Rеspublikаsi tаsаrrufigа оid
bo`lgаn, O`zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasi vа mаzkur
Qоnungа muvоfiq o`zining vаkоlаtigа kiruvchi dаvlаt vа хo`jаlik
bоshqаruvining bаrchа mаsаlаlаrini hаl etishgа hаqlidir. Vаzirlаr
Mаhkаmаsi qоnunchilik tаshаbbusi huquqigа egа.
Vаzirlаr Mаhkаmаsi o`z fаоliyatidа kоllеgiаllik, dеmоkrаtiya
vа qоnuniylik, O`zbеkistоn Rеspublikаsidа yashоvchi bаrchа
millаtlаr vа elаtlаrning mаnfааtlаrini hisоbgа оlish tamoyillariga
аsоslаnаdi.
Vаzirlаr Mаhkаmаsi аmаldаgi qоnunchilikkа muvоfiq
O`zbеkistоn Rеspublikаsining bаrchа hududidаgi fuqаrо, rаhbаr
хоdim, kоrхоnа, tаshkilоt, birlаshmа vа bаrchа оrgаnlаr tоmоnidаn
bаjаrilishi mаjburiy bo`lgаn qаrоr vа fаrmоyishlаr chiqаrаdi.
62
Mе‘yoriy хаrаktеrdаgi Vаzirlаr Mаhkаmаsining qаrоrlаri
O`zbеkistоn Rеspublikаsi Hukumаti qаrоrlаri to`plаmidа nаshr
etilаdi. Zudlik bilаn kеng оmmаgа yеtkаzilishi zаrurаtidа esа
оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаridаn fоydаlаnilаdi.
Davlat soliq xizmati organlarining huquqiy maqomi. Davlat
soliq xizmati organlarining huquqiy maqomi 1997 yil 29 avgustda
qabul qilingan ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston
Respublikasi qonuni bilan belgilab berilgan bo‗lib, unga ko‗ra
davlat soliq xizmati organlari – soliqlar va boshqa majburiy
to‗lovlarning budjetga to‗liq va o‗z vaqtida tushishini ta‘minlash
maqsadlarida tashkil etilgan. Qonunga binoan davlat soliq xizmati
organlariga - O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar vaToshkent shahar davlat
soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi
tumanlar davlat soliq inspeksiyalari kiradi. Davlat soliq xizmati
organlari o‗z faoliyatini davlat boshqaruv organlaridan, mahalliy
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil tarzda qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiradi.
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini
―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi qonun va boshqa qonun osti
xujjatlari belgilab belgilab beradi. Jumladan, Davlat soliq xizmati
organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonun
osti xujjatlariga O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
15 martdagi ―Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan
takomillashtirish
va
prokuratura
organlari
faoliyatini
optimallashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5690-sonli
Farmoni (mazkur Farmon bilan PQ-3802 sonli Prezident qaroriga
o‗zgartirish
kiritilgan),
2017
yil
18
iyuldagi
―Soliq
ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PF-5116-son Farmoni, 2018 yil 26 iyundagi ―Davlat
soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3802-sonli, 2010 yil 8 yanvardagi
―Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1257-sonli qarorlari, shuningdek,
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 10
63
dekabrdagi 631-sonli ―O‗zbekiston Respublikasi soliq organlari
xodimlarining majburiy davlat sug‗urtasi bo‗yicha sug‗urta
summalari va sug‗urta tariflari miqdori to‗g‗risida‖gi, 2012 yil 31
oktyabrdagi ―Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‗zbekiston
Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‗zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga
qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq xizmati va Davlat
bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy
sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi
to‗g‗risidagi nizomni hamda sudyalarga, sud organlari xodimlariga,
O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari,
O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq xizmati va
Davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga
olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi
to‗lash tartibi to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi 312-sonli,
2019 yil 17 apreldagi ―Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 320-son
qarorlari hamda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Davlat soliq qo‗mitasining tegishli buyruq va qarorlarini kiritish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |