64
Quyidagilar Davlat soliq qo‟mitasining asosiy vazifalari
hisoblanadi:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida
to‘lanishi yuzasidan ta‘sirchan nazoratni ta‘minlash;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning soliq to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq va o‘z
vaqtida tushishini ta‘minlash;
soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarining o‘z vaqtida
hamda ishonchli hisobga olinishini ta‘minlash,
ularni soliq
ma‘muriyatchiligi
jarayoniga
zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalarini
va
ilg‘or
avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etgan holda
to‘liq qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish;
soliq solinadigan bazani tahlil qilish va kengaytirish bo‘yicha
ta‘sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning
soliq salohiyatini tizimli tahlil
qilish orqali soliqlarning
yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish,
soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarni joriy
etish, soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish,
aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni
amalga oshirish;
pul mablag‘larining g‘ayrinoqonuniy aylanishi manbalariga
barham berish, aholi bilan naqd pulli
hisob-kitoblarni amalga
oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul
tushumining o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi yuzasidan
tizimli nazoratni ta‘minlash;
soliq to‘lovchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron
xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish yo‘li orqali soliq to‘lovchilar
bilan ishlashni takomillashtirish, ularga
soliq majburiyatlarini
bajarishda har tomonlama ko‘maklashish, yuridik va jismoniy
shaxslarning huquqiy madaniyatini oshirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy
65
shaxslarning faoliyatini rag‘batlantirishga, ularga zarur
imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini
takomillashtirish bo‘yicha
takliflar kiritish;
bozorlar va savdo komplekslarining moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va ularning
hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga
qadar tekshiruvlar o‘tkazish, jinoiy ishlarni tergovga
tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari
bo‘yicha respublika nazorat qiluvchi
organlari faoliyatining
muvofiqlashtirilishini ta‘minlash, ushbu ishlarni amalga
oshirishda bir-birini takrorlash va suiiste‘molliklarga yo‘l
qo‘ymaslik;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda
eksport-import operatsiyalari amalga oshirilganda qonun
hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida
nazoratni amalga oshirish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish,
davlat soliq xizmati
organlarini yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan
malakali xodimlar bilan to‘ldirish, korrupsiya va ishga
rasmiyatchilik bilan yondashish holatlariga keskin barham
berish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar
profilaktikasini ta‘minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning
munosib shart-sharoitlarini yaratish.
Davlat soliq qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida
to‘lanishi yuzasidan ta‘sirchan nazoratni ta‘minlash sohasida:
Do'stlaringiz bilan baham: