Torondoshlar oilasi - Polygonaceae
+ Barglarining tubida parda yo‘q ............................................. 33
33. Gulqo‘rg‘on barglari quruq, pardasimon, 3-5 bargchali.
To‘pguli barg qo‘ltig‘i, poya va novdalar uchida ro‘vaksimon
shoxlangan boshoqlarda joylashgan. Changchilari 3-5 ta. Mevasi
chatnaydigan yoki chatnamaydigan ko‘sakcha. Barglari butun,
tuxumsimon, cho‘zinchoq, yoki nashtarsimon. 50-100 sm li bir
yillik o‘tlar.
Gultojixo‘rozdoshlar oilasi - Amaranthaceae
+
Gulqo‘rg‘on barglari rasmona, pardasimon emas................ 34
34. Changchilari 8 (2,4) ta, ikki doira hosil qilib joylashgan.
Gulqo‘rg‘oni oddiy, toj rangda-ko‘kish, oqimtir, sarg‘ish. Gullari
1-3 tadan barg qo‘ltig‘idao‘mashgan. Poyasi tik, sershox dixotamik
shoxlanishni eslatadi. Barglari o‘tiroq, 12-25 sm. Bir yillik o‘t.
Do'stlaringiz bilan baham: |