SO‘ZBOSHI
0 ‘zbekistonda 4500 turdan ortiq yuksak o‘simliklar o‘sadi. Bu
о ‘ simliklar yowoyi, madaniy va madaniy ekinlar orasida о ‘ sadigan
begona o‘tlardir.
Botanika fanlari biologiya,
ekologiya mutaxassisliklari
talabalari uchun o‘tilishi zarur bo‘lgan fanlar bo‘lib, bu fanni yaxshi
o‘zlashtirmasdan malakali mutaxassis bo‘lib yetisholmaydi.
0 ‘quv-dala amaliyoti davomida talabalar o‘simlik va hayvonot
dunyosi xilma-xilligini, ularni yashash sharoitiga moslanishishi,
ko‘payishi va rivojlanishi xususiyatlarini, o‘simlik va hayvon
turlarini tashqi morfologik belgilari bo‘yicha ajratish va ular
asosida biologik va ekologik xususiyatlarini aniqlashni bilishi va
foydalana olishi kerak, o‘simlik va hayvon turlarini dala sharoitida
aniqlash, tabiiy sharoitda o‘simlik va hayvon turlari ustida kuzatuv
olib borish, o‘simlik va hayvon turlari namunalarini yig‘ish va
ulardan kolleksiya (to‘plam) tayyorlash ko‘nikmalariga ega
bo‘lishi kerak.
Amaliyot davomida sistematik gerbariylar teriladi, aniqlanadi:
g‘alla, poliz, sabzavot va moyli ekin navlari bilan tanishiladi.
Dala ekinlarini o‘rganish jarayonida ulaming begona o‘tlari ham
o‘rganiladi.
0 ‘quv dala amaliyotida talabalar o‘simliklaming oila, turkum
va turlarini aniqlash va ulaming ekologik muhitga mos ravishda
o‘rganishlarini o‘rganishga alohida e’tibor qilishadi. Botanika
fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashadi, gerbariy
tayyorlash, ulami aniqlash va rasmiylashtirish texnikasini
o‘zlashtirishadi,
tog‘
yonbag‘irlarida,
agrofitosenozlarda
geobotanik tavsiflashlar o‘tkaziladi.
3
Yuksak o‘simliklar tanasi turli vazifalami bajaruvchi bir necha
organlarga ajraladi. Bu organlar o‘simliklaming yashash muhiti
xususiyatlariga ko‘ra shakllarini o‘zgartirishlari mumkin. Nazariy
bilimlar o‘simlik organlarining tuzilishlari va shakl o‘zgarishlariga
yetarlicha tushuncha berolmaydi va uning vazifasiga ham kirmaydi.
0 ‘simliklar tuzilishidagi bunday xilma-xillikni talabalar tabiatda
kuzatib tahlil qilishi asosan amaliy mashg‘ulotlarda bajariladi.
Bunda o‘quv dala amaliyoti alohida o‘ringa ega bo‘lib, talaba
o‘simliklami to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy sharoitda kuzatadi.
Talabalar o‘quv dala amaliyotini bajarish asosida tabiatga
ekskursiya o‘tkazish yo‘li bilan o‘simliklaming xilma-xilligi,
o‘simliklar jamoasining tashkil topish qonuniyatlarini o‘rganadilar.
Talabalar dala amaliyoti mobaynida, tabiiy sharoitda o‘sayotgan
o‘simliklami yig‘ish, quritish usullari, gerbariy montirovkasi,
namunalar kolleksiyasini tuzish, o‘simliklarga tavsif berish va
o‘simliklaming tur tarkibini aniqlash uslublarini o‘zlashtiradilar.
Ushbu aniqlagich universitetlaming biologiya va ekologiya
yo‘nalishlari uchun dala amaliyotlarini o‘tkazishga mo‘ljallab
yozildi. Qo‘llanmani tayyorlashda Respublikamizda Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturida qo‘yilgan talablar hisobga olindi.
Qo‘llanmadagi fotosuratlar dotsent X.Q. Haydarov, X.H. Jalov,
Y.Sh. Toshpo‘latovlar tomonidan tushirilgan.
4
GERBARIY TAYYORLASH TARIXI
Gerbariy - maxsus aniqlanib qayta ishlangan va hujjatlashtirilib
quritilgan o‘simliklar kolleksiyasi bo‘lib, sistematik, floristik
va geobotanik-geografik tadqiqotlar olib borish uchun muhim
asos bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, gerbariy o‘simliklar haqida
ma’lumot olish uchun ko‘p marta qo‘llanilishi bilan zamonaviy
rasmlar va kitoblarda bay on etilgan tavsiflardan ham a Mo sifatga
egaligi bilan ajralib turadi.
Gerbariy fan uchun tabiatning haqiqiy hujjati bo‘lib qolmay,
balki, hozirda Yer yuzida o ‘simliklar olamining yo‘qolib ketgan
va yo‘qolib borayotgan turlarining saqlanib qolgan namunalaridir.
Yilning har qanday vaqtida ham o‘simliklami o‘rganish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Gerbariylar 0 0 ‘YU lari talabalari va ilmiy xodimlar uchun
ilmiy ishlar olib borishi uchun ilmiy baza hamda botanika sohasi
uchun muhim manba bo‘lib hisoblanadi.
0 ‘simliklar olamini tadqiq etish qadim zamondan boshlangan.
Ayniqsa, grek va rim olimlari Teofrast, Dioskorid va Pliniy
Starshiy kabi olimlar va Vatanimizning buyuk allomalari Abu
Rayhon Beruniy (973-1048-yy.) va Abu Ali ibn Sino (980-1037-
yy.) asarlarida insoniyat uchun foydali bo‘lgan (dorivor, oziq-ovqat
va boshqa foydali) o‘simliklami tavsiflab, rasm-chizmalarini ham
tasvirlashgan.
0 ‘rta asrlarning Uyg‘onish davrida Yevropada ilm-fan bir
muncha rivojlana boshlandi. Botanika bog‘lari tashkil etilib,
ularda turli xil dorivor o‘simliklar o‘stirila boshlandi. XVI asrdan
boshlab Yevropalik olimlardan O. Brunfels (1448-1534), I. Boka
(1498-1554), L. Fuksa (1501-1566), P. Mattioli (1500-1577) va
boshqa ko‘plab olimlaming giyohnomalari (travniklar) paydo
5
bo‘la boshladi. Giyohnomalarda dorivor o‘simlik rasmlari bilan
berilib, ulardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatildi. Ushbu rasmlardan
hozirda ham o‘simliklami aniqlash mumkin.
Ilk marta gerbariy tayyorlash usulini Pizan universiteti
professori Luku Gini
Do'stlaringiz bilan baham: |