Bug‘doy (boshoq)doshlar oilasi -
Poaceae
+ To‘pgullari ro‘vak, boshoqsimon (zich) ro‘vak. Gullari 1
qipiqchali. Poyasi uch qirrali, barglari 3 talik joylashgan. Barg
qinlarining cheti tutash. Ko‘p yillik ildizpoyali o‘tlar.
Hiloldoshlar oilasi -
Cyperaceae
9.
To‘pguli va to‘pmevasi silindrsimon, o‘ramabargi yo‘q.
Barglari uzun, tasmasimon, poyasi 70-200 (300) sm. Mevasi juda
mayda, uzun tukchalar bilan o‘ralgan, pishganda to‘zib ketadi.
Botqoqliklar, sholipoyalarda, zovurlarda o‘sadi.
Qo‘g‘adoshlar oilasi -
Typhaceae
+
To‘pguli va to‘pmevasi yirik qoplag‘ich barg bilan o‘ralgan.
Mevasi etli, yirik, yumshoq, to‘zimaydi. Barglari keng. Ildizpoyali
yoki tuganakli o‘tlar.
Kuchaladoshlar oilasi -
Araceae
10. Ildizi panjasimon shoxlangan, etli, sariq sutsimon suyuqlik
saqlaydigan ko‘p yillik yirik o‘tlar. Poyasi bargsiz, shoxlanmagan,
to‘pguli, ko‘pgulli, piramidasimon.
Do'stlaringiz bilan baham: |