11-mavzu. Amaliyot natijalari bo’yicha xulosalarni shakllantirish va hisobotni rasmiylashtirish.
"Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi"da ilgari surilgan g'oyalar mazmuni".
«AT “Aloqabank”ning 2021-yil faoliyat yakunlari va samarali bank boshqaruvini tashkil qilish hamda barqarorligini oshirish» mavzusida Kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazlari direktorlari uchun o‘quv-seminar tashkillashtirilgan. O‘quv-seminar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi lektori - Xushvaqt Hayitov ham ishtirok etdi. Taklif etilgan ma'ruzachi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi"da ilgari surilgan g'oyalar mazmuni, xalqimizning farovon hayoti uchun eng maqbul sharoitlar yaratib berishi bo'yicha qayd etib o'tilgan bir qancha eslatmalar yuzasidan fikr yuritdi. E'tiborli jihati mazkur jarayon jonli muloqot tarzida o'tib, qatnashchilar o'zlarining fikr-mulohazalarini bevosita ma'ruza davomida bildirib borishdi. O'quv-seminar davomida bu kabi tadbir va uchrashuvlar yana bir necha marotaba o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, 2021 yil ishlab chiqarish amaliyotini o’tash mobaynida Oliy ta’lim muassasasida o’rgangan nazariy bilimlarimizni amaliyotda qanday bo’lishini, qanday tartibda amalga oshirilishini guvohi bo’ldik. Bunda misol sifatida amaliyot joyida bankning kelib chiqish tarixi, funksiya va vazifalarini, hamda tashkiliy tuzilmasini o’rganib chiqdik. Bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqdik, bunga misol qilib shuni aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi 216-I-sonli “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-2564-sonli Farmoni.
Bankning yuksak vazifasi - o'z mijozlariga ularning bizneslari talablariga javob beruvchi keng qamrovli bank xizmatlarini professional darajada taqdim etib, respublikada tadbirkorlikning mustahkamlanishiga ko'maklashish.
Ushbu vazifani amalga oshirishda AT «Aloqabank» doimiy ravishda o'zining korporativ qadriyatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Korporativ qadriyatlar:
Kasbiy mahorat. AT «Aloqabank» bilan ish olib borayotgan har qanday mijoz sifatli xizmat ko'rsatilishi hamda mahsulotlardan foydalanishda eng maqbul qaror va maslahatlar taqdim etilishiga amin bo'lishi mumkin.
Ishonchlilik. AT «Aloqabank» biznes sohasida yaxshi nom orttirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yib, mijozlar, hamkorlar va davlat organlari bilan halollik, o'zaro ishonch, ochiq siyosat va hamjihatlikka asoslangan o'zaro munosabatlarda ish etikasining yuksak me'yorlariga rioya qiladi.
Ochiqlik. AT «Aloqabank» faoliyati mijozlar, xodimlar, jamoatchilik va davlat bilan bo'ladigan ochiq va samimiy munosabatlarga asoslangan.
Qonuniylik. AT «Aloqabank» o'z faoliyatini qonuniy asoslarga tayanib olib borishi bilan birga, noo'rin tavakkalchilik va shubhali (g'ayriqonuniy) bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaydi.
Innovatsion g'oyalarni qo'llash. AT «Aloqabank» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g'oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.
Xalqaro hamkorlik. AT «Aloqabank» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O'zbekistonda o'zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g'oyalarni taklif etadi.
Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda AT «Aloqabank» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko'zda tutadi.
Bank o'z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:
Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo'lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.
O'zaro ishonch. Bank o'z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo'lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o'zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.
Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o'z hodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi, ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi haqida qayg'uradi.
Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to'liq javob berish uchun o'tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovatsion echimlarini birlashtiradi
Amaliyot o’tash davrida bankning moliyaviy holatini uning kapitali, aktivlari miqdori haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdik va bankning uch yillik moliyaviy natijalari, daromad harajatlar miqdori va ularning o’zgarish dinamikasini o’rgandik. Bunida bank holatibarqarorbo’lib, bankningaktivlari, kapitalhajmi, soffoydamiqdorio’sibborishtendensiyasigaega.
Bankning kelajakdagi rejalari, moliyaviy prognozlari bilan tanishdik. Bunda bankning 2020yilning har bir oyi uchun moliyaviy rejalari mavjud bo’lib, unda bankning sof foydasini, avkivlarini oshirib borish ko’zda tutilgan. Bankning ko’p yillik rivojlanish strategiyasida esa 2019-2021 yillar davomida bankning mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, boshqa banklar bilan bo’ladigan munosabatlarni yaxshilash, bank ishchi hodimlar ishining sifatini oshirish, bankning moliyaviy holatini yaxshilash ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |