4-mavzu. Amaliyot ob’ektining moliyaviy hisoboti. Moliyaviy hisobotlar ular kompaniyaning ma'lum bir yildagi moliyaviy ishlarining aniq tasviridir. Ular kompaniyaning buxgalteriya tahlilchilari tomonidan tuzilgan moliyaviy ma'lumotlardan foydalangan holda tayyorlanadi. Ular buxgalteriya hisobining belgilangan tamoyillariga rioya qilgan holda xabar qilinishi va barcha darajalarda muvofiqligi uchun standartlashtirilishi kerak.
Moliyaviy hisobotlar muntazam ravishda tuziladi. Ular kompaniyaning moliyaviy holati, rentabelligi va faoliyati to'g'risida aniq tasavvur hosil qilish uchun ko'rsatiladigan daftarlarning barcha qiymatlarini yozma xulosasi. Ular, odatda, bir yil bo'lgan hisobot davri oxirida tayyorlanadi va keyinchalik soliq va investitsiya maqsadlarida ularning aniqligi, shaffofligi va adolatliligini tekshirish uchun auditor tomonidan tekshiriladi. Moliyaviy hisobotni o'zlashtirish - bu yangi bozorlarga kirishni, yangi mahsulotni ishlab chiqarishni yoki sotishni va davom etishni xohlaysizmi, biznes maqsadlariga erishish uchun birinchi qadamdir. Shu tarzda siz qarorlarni qo'llab-quvvatlash uchun raqamlarga ega bo'lasiz.
Bank missiyasi va strategiyasi. Bank va uning mijozlari o'rtasida ochiqlik, hurmat, individual yondashuv va professionallikka asoslangan o'zaro manfaatli uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iborat.
5-mavzu. Amaliyot ob’ektini soliqqa tortish. Soliqlar jumladan moliyaviy inistitutlardan undiriladigan soliqlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining eng asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlar tizimi davlat iqtisodiyotini rivojlanishi uchun, davlat byudjeti uchun zarur bo`lgan mablag`larning to`planishini ta'minlaydi. Prezidentimiz I.A. Karimov: “Soliq tizimining eng muhim vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga moddiy xom ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan to`plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag`batlantiruvchi ta'sir ko`rsatishdir”-degan edi.
Moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega bo‟lgan yuridik shaxslar foyda solig` to`lovchilar hisoblanadi.Yuridik shaxslar foyda solig`i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoklar yuridik shaxslariningbirlashmalari byudjet bilan hisob,kitoblarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin. O`zbekistonda ta'sis etilgan yoki ro'yxatdan o'tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O`zbekiston Respublikasidan tashkarida ro’yxatdan o’tgan, bosh korxonasi O`zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O`zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan yuridik shaxslarga O`zbekiston Respublikasidagi va undan tashkaridagi faoliyat manbalaridan olgan foydalari bo‟yicha soliq solinadi. O`zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lmagan yuridik shaxslarga O`zbekiston hududidagi faoliyatdan olgan foydalari bo’yicha soliq solinadi.O‟zbekiston Respublikasidan tashkarida to’langan foyda solig`i summalari O`zbekiston Respublikasida soliq to’lash vaqtida O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. Hisobga olinadigan summalar miqdori O`zbekiston Respublikasida amalda bolgan stavkalar bo‟yicha hisoblab chikarilgan foyda solig`i summasidan orik bo’lmasligi kerak.
Banklarda jami foyda bilan ushbu Kodeksga muvofik belgilanadigan chegirmalar o‟rtasidagi fark sifatida hisoblangan foyda soliq solish ob'ektidir.
O`zi ishlab chikargan tovarlarni (bajargan ishlarni, ko‟rsatgan hizmatlarni) erkin
konvertatsiya kilinadigan valyutada eksport kiluvchi korxonalar eksportni ichki
bozor narxlaridan past narxlarda amalga oshirsalar, ular uchun soliq solinadigan
baza eksport maxsuloti realizatsiya kilingan xakikiy narxdan kelib chikkan holda hisoblab chiqiladi. Ushbu koida svado-vositachilik tashkilotlariga, shuningdek tasdiqlangan ro‟yxatga muvofik xom ashyo tovarlarini eksport kiluvchi ishlab chiqarish korxonalariga nisbatan tatbik etilmaydi.