Mashg’ulot bosqichlari
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Vaqt
|
1-bosqich Tashkiliy qism
|
Salomlashish. O’quvchlarni darsga tayyorgarligi, sinfda psixologik muhit yaratish.
|
3-5 daqiqa
|
2-bosqich O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
|
O’tilgan mavzu yuzasidan savol -javob,o’tilgan mavzuni mustahkamlash hamda uyga vazifa bajarganligini tekshirish .
|
10-daqiqa
|
3-bosqich Yangi mavzuni bayoni va amaliy mashg`ulot
|
Yangi mavzuni mazmunin tushuntiriladi.O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.
|
50-daqiqa
|
4-bosqich Yangi mavzuni
mustahkamlash
|
O’quvchilarni egallagan bilim, ko’nikma va malakalari savol javob aniqlanadi.O’quvchilar rag’batlantiriladi.
|
15-daqiqa
|
5-bosqich o’quvchilarni baholash
|
Baholarni e’lon qilish, va kundalik daftarga qo`yish
|
5-daqiqa
|
6-bosqich Uyga vazifa
|
Uyga vazifani tushuntirish, o’quvchilar bilan xayrlashish.
|
2-5-daqiqa
|
Darsning borishi
Tashkiliy qism (3-5 daqiqa): salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash (inglizcha salomlashish) va yo’qlama olish. O’quvchilarni guruhlarga bo’lish (o’qituvchi tomonidan oldindan guruhning har bir a’zosi uchun tayyorlangan emblemalarni tarqatiladi va bir xil emblemaga ega bo’lgan o’quvchilarni birinchi qatorga, ikkinchi guruh o’quvchilarini esa ikkinchi qatorga o’tirishlari kerakligini aytadi);
II. O’tigan mavzuni so’rash (10 daqiqa). (Kichik guruhlarda ishlash va bahs-munozara): O’tilgan mavzuni so’rashda bahs-munozara metodidan foydalaniladi. Bunda o’qituvchi har bir guruhga o’tilgan mavzuga oid savollar beradi. Bunda rasmlar bilan ishlash va test savollar bajartiriladi. Agar guruh tomonidan berilgan javob to’liq bo’lmasa ikkinchi guruh qo’shimcha qilishi mumkin. Guruhlarga o’tilgan mavzuga oid quyidagi savollarni berish mumkin:
1-guruh:1 nafar o`quvchi “Zinama zina ” o`yinini kompyuterda bajaradi.
Boshqa o`quvchilarga savollar
1.Yog`och ishlash stanoklarining turi?
2.Yog`och ishlash stanoklari yordamida qanday buyumlar tayyorlanadi?
3.Keyingi babka nima vazifani bajaradi?
2-guruh: 1 nafar o`quvchi “Zinama zina ” o`yinini kompyuterda bajaradi. Boshqa o`quvchilarga savollar
Shpindelning to`g`ri aylanishi deganda nima tushuniladi?
Yog`och ishlash stanoklarida maxsus tokarlik iskanalar bor?
Shpindelning aylanish tezligi qanday o`zgartiriladi?
Berilgan savollarga qaysi guruh oldin va to’liq javob bersa o’sha guruh g’olib hisoblanadi hamda guruh a’zolari baholanadi.
Iqtidorli va past o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlashga doir slayddan foydalanamiz.
III. Yangi mavzuning bayoni (15 daqiqa): Bajariladigan ishlar
1. O`quvchilarga xavfsizlik texnika qoidalari bilan tanishtirish.
2.Sinf o`quvchilarini 2 guruhga bo`lingan har bir guruhdan 1 nafardan ishtirokchi g`o`lani stanokka o`rnatishga tayyorlash.
O`quv ustaxonalarda o`quvchilar qo`l mehnatini yengillashtiradigan yoki qo`l mehnatidan ozod qiladigan , kam vaqt ,oz mehnat va mablag` sarflab ko`plab mahsulot ishlab chiqarish ,mahsulot tannarxini arzonlashtirish imkonini beradigan yog`och ishlash stanoklarinig turlari , tuzilishi , vazifasi , ularni ishga sozlash , ish vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnika qoidalari bilan tanishganmiz va bu stanoklar bilan amaliy mashg`ulotlar o`tkazilib , ularda stanoklarni boshqarish va ishlash bo`yicha mehnat malakalari hosil qilingan. Duradgorlik o`quv ustaxonalarida TD-120 yoki TSD-120 tipidagi yog`och ishlash tokarlik stanoklari o`rnatiladi. Yog`och ishlash tokarlik stanoklari yordamida yog`och materiallardan har xil aylanish sirtlariga ega bo`lgan detallar , shakldor buyumlar tayyorlanadi.
Torets sirtga ishlov berganda stanokchi arralanadigan materialni tirak uchburchaklikka jips tekkizib turgan holda, yo‘naltiruvchi lineykaga taqalguncha suradi va materialdan zagotovka kesib olinadi. Kesilgan zagotovka bunkerga tashlanadi, arralanayotgan material esa tirak uchburchaklik bilan birga dastlabki holatga qaytadi yo‘naltiruvchi lineyka (disk arraning to‘sig‘i va zagotovkaning stanokdan otilib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslama ko‘rsatilmagan). Bo‘ylamasiga arralashda stanok bir marta sozlangancha eni turlicha bo‘lgan zagotovkalar kesib olinadi. Bunda yo‘naltiruvchi lineyka, enli qistirmalar foydalanib, enliroq zagotovkaning eniga moslab o‘rnatiladi. Taxta kengligi har xil zagotovkalar kesib olishda bir yo‘la bitta yoki ikkita qistirmadan foydalanish tavsiya etiladi. Ish jarayonida nuqsonga yo‘l qo‘ymaslik uchun, kesib olinayotgan zagotovkalarning qo‘yilgan talablarga mosligini vaqt-vaqti bilan tekshirish kerak. Zagotovka stanokka o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Pona-pichoqning qalinligi arra tishlarining ochilish kengligidan 0,5 mm ortiqroq bo‘lishi, pichoqning arra tishlaridan uzoqligi esa 10 mm dan oshmasligi lozim. Pona- pichoq- disk arra sirtida siljitiladi va arra tishlariga dasta yoki maxovikcha yordamida yaqinlashtiriladi yoki ulardan uzoqlashtiriladi. Tiraklar arraning har ikki tomoniga o‘rnatiladi. Qisqa zagotovkalar qiyasiga arralaganda maxsus moslamadan foydalaniladi. Arraning ustki qismini to‘sib turuvchi to‘siqlar avtomatik ravishda pastga tushib, arraning yog‘ochga kirib turgan tishlarinigina ochiq qoldirishi lozim. Arra diski arralanayotgan joyning oxiriga etay deganda zagotovkani qo‘lda surish qat’iy taqiqlanadi; bunday vaqtda zagotovkani navbatdagi zagotovka bilan yoki maxsus yog‘och yordamida surish kerak. Arra ishlab turganda uni qo‘lda yoki bir parcha yog‘och bilan to‘xtatish, to‘sig‘ini ko‘tarish yoki olib qo‘yish, stanokni yoki arra kirib turadigan tirqishni tozalash ham taqiqlanadi.Stanina stanokning tayanch-tutkich uzeli bo`lib, unga stanokning qolgan hamma uzellari o`rnatiladi. Staninada ikkita o`zaro parallel yo`naltiruvchi bo`lib , ular bo`ylab keying babka tirgak bo`ylama yo`nalishda suriladi.
Yo`nish , qirqish vaqtida iskanalarni tutub (tirab) turish maqsadida tirgakdan foydalaniladi. Ishlanadigan yog`ochning o`lchamiga va unga qanday ishlov berilishga qarab, tirgakni shpindelga parallel yoki ko`ndalang holda staninaga o`rnatiladi.Tirgak hamma vaqt markazga moslanib , ishlanadigan yog`ochga yaqin o`rnatiladi.
Keyingi babka va tirgak staninaning yo`naltiruvchilari bo`ylab oldingi babkaga nisbatan kerakli masofaga surulgandan so`ng tortqi boltlar yordamida staninaga qo`zg`almaydigan qilib qotirib qoyiladi.
Yog`osh ishlanadigan tokarlik stanoklarida yo`nish, qirqish ishlari maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi. Yo`nuvchi(peyer) va qirquvchi(mayzel) iskanalar bo`ladi. Yog`ochni xomaki yo`nish, botiq sirtlar hosil qilish, ichki sirtlarni yo`nib kengaytirish yo`nuvchi iskana yordamida bajariladi. Bu iskana nov shaklida bo`lib, tig`i yoysimon ko`rinishda bo`ladi. Xomaki yo`nilgan sirtlarni pardozlash, qavariq sirtlar hosil qilish, tayyor detallarni qirqib tushirish ishlari qirquvchi uskanasi yordamida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |