Bugungi kunda Yozuvning to`rt yuzga yaqin turi ma`lum. Har bir Yozuv sistemasi jonli, o`zgaradigan, rivojlanadigan bir butundir, qachonlardir aytilganlarni turlicha yozib olish usullarining ajoyib ravishda uyg`unlashgan chiroyli birikmasidir. - Bugungi kunda Yozuvning to`rt yuzga yaqin turi ma`lum. Har bir Yozuv sistemasi jonli, o`zgaradigan, rivojlanadigan bir butundir, qachonlardir aytilganlarni turlicha yozib olish usullarining ajoyib ravishda uyg`unlashgan chiroyli birikmasidir.
- Bu sistemalarni o`rganish sohasida aktiv ish olib borilayotganiga ikki yuz yildan ham ko`p bo`ldi. Ayrim Yozuvlarning siri to`la ochildi, boshqalari esa o`z navbatini kutmoqda. Shumerlarning eng qadimgi, eramizdan oldingi to`rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillikning boshida yozilgan hujjatlari hali jumboqligicha turibdi; Shumerlar jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichida misrliklar bilan birga turgan va umuman, Yozuvning dastlabki ijodkorlaridan biri bo`lgan. Shumerlarning ancha keyinroq yozilgan xatlarigina o`qilgan, xolos. Finikiyaliklar Yozuvining qanday paydo bo`lganligi bizga shu kungacha noma`lum.
- Tadqiqot ishlari vaqtida bizga mutlaqo noma`lum Yozuv topilib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
Bo`g`inli Yozuv harfga olib borayotgan yo`ldagi navbatdagi qadam bo`ldi. Bu mutlaqo yangi g`oya edi, uning yuzaga kelishi yuksak abstrakt (mavhum) tafakkurni talab qilardi. Bu osonlikcha qo`yiladigan qadam emas. - Bo`g`inli Yozuv harfga olib borayotgan yo`ldagi navbatdagi qadam bo`ldi. Bu mutlaqo yangi g`oya edi, uning yuzaga kelishi yuksak abstrakt (mavhum) tafakkurni talab qilardi. Bu osonlikcha qo`yiladigan qadam emas.
- YAxlit ma`no anglatadigan so`zni birinchi marta hech qanday ma`noni bildirmaydigan qismlarga bo`lib yuborish uchun ma`noni go`yo ahamiyatsiz bir narsa hisoblab, tovush qobig`ini undan ajrtish kerak edi. Holbuki so`z ma`noni anglatish, etkazish maqsadidagina mavjuddir. Buning uchun insoniyatga qariyb ikki ming yil kerak bo`ldi. Agar dastlabki ideografik sistemalar eramizdan oldingi to`rtinchi-uchinchi ming yilliklarda vujudga kela boshlagan bo`lsa, bo`g`inli szuv sistemasi faqat eramizdan oldingi ikkinchi-birinchi ming yilliklardagina paydo bo`ldi.
- Bo`g`inlar Qadimgi Misr, Shumer, Ossuriya, Bobil, Qadimgi fors, xitoy va boshqa ideografik Yozuv sistemalarida ajralib chiqqan. Odatda bir bo`g`inli ideogrammalar - «rebus» usulida bo`g`inlarga aylangan.
- Biroq turli tarixiy sharoitlar taqozosi bilan qadimgi Yozuvlar ba`zan sof bo`g`inlarga aylanishga ulgura olmay, muomaladan chiqib ketgan. Boshqa, ancha «yoshroq» Yozuvlar esa, aksincha, qadimgi ideografik sistemaning bslgilar asosidan foydalanib, bo`g`inli Yozuvga aylangan (masalan, yapon Yozuvi). Xitoy Yozuvining rivojlanish yo`li o`ziga xos bo`lgan.
- Bo`g`inli Yozuv sistemasi o`rganish va qo`llanish uchun ideografik Yozuvga qaraganda ancha qulay bo`lgan. Undagi belgilar soni ikki-uch yuzdan oshmagan va bir necha belgidan kam bo`lmagan, shunga ko`ra Yozuv ancha ixchamlashgan, tilning fonetik va grammatik tuzilishini aniqroq aks ettirgan.
- Shunday bo`lishiga qaramay, til oz bo`g`inlardan «yig`ilgan» holdagina bo`g`inli Yozuv o`zini oqlay olgan. Boshqa hollarda Yozuv ixchamligini yo`qotgan - ko`p joy egallaydigan bo`lib qolavergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |