Flashda matnlar bilan ishlash imkoniyatlari
Har qanday Flash-film ichiga matn qo'yish mumkin. Odatda, matn muharrirlari bilan ishlashda, matn uchun o'lcham, shrift, stil, interval, rang va tekislash usuli o'rnatilishi kerak. Shriftni boshqa obyektlar bo'yicha transformatsiyalash - burish, masshtab- larini belgilash, egiltirish mumkin. Bundan keyin ham uning simvollarini tahrirlash imkoniyatlari saqlanib qoladi. Flashda dinamik matnli maydonlarni hosil qilish mumkin, bundan tashqari yana foydalanuvchi tomonidan tahrirlanadigan matnli maydonlarni ham hosil qilish mumkin. Bundan tashqari, Flashda ko'pqatorli matn maydonlari uchun aylantirish tasmalari yaratish mumkin.
Matnlarni kiritish va tahrirlash
Flash-filmga matnli maydon qo'shish uchun quyidagi ketma- ketliklami bajarish kerak:
Tools panelidan Text Tool uskunasini ishga tushiring;
2. Ish maydonining qaysi qismiga matn yozish kerak boisa, shu qismini sichqoncha yordamida belgilang; natijada bu qism belgilangan ramka bilan o‘ralib, matn kursori hosil boladi.
Matnni kiritib, quyidagiga diqqatingizni qarating: belgilangan ramkaning o'ng burchagida (yuqori yoki pastki) marker joylashgan, u matnli maydon tipini aniqlaydi: o'ng yuqori burchakdagi to'rtburchak marker matn maydonining o'zgarmaydigan enini belgilaydi (Fixed text block). Bu kabi matn maydonlarida avtomatik ravishda matn navbatdagi yangi qatorga ko'chiriladi. Agar navbatdagi simvol qatorga sig'masa, u holda maydon eni foydalanuvchi tomonidan markerni surish yo'li bilan o'rnatiladi (kattalashtiriladi); film tayyorlab bo'lingandan keyin Web-serverdagi shunday mavjud maydon, Web-sahifa o'quvchilar tomonidan o'zgartirilishi mumkin emas.
• o'ng tomon yuqori burchagidagi aylana shaklidagi marker eni o'zgaradigan matn maydonini ifodalaydi (Expanded text block); bu bir qatorli matn maydoni eni matn kiritish jarayonida avtomatik ravishda o'zgarib. ya’ni kattalishib boradi. Bu yo'l bilan hosil qilingan matn maydonlari ham Web-sahifa o‘quvchilari tomonidan o‘zgartirib bo'imaydi.
• o‘ng tomon pastgi burchakdagi oq to‘g‘ri burchakli marker matn maydonida dinamik ravishda o‘zgartirishga imkon beradi. Web-sahifaning navbatdagi o‘quvchilari ma’lumotlarni kiritish vaqtida o'zgartirish mumkin;
• o‘ng tomon pastki qismidagi qora marker; matn maydoni ichida gorizontal va vertikal aylantirish tasmalari yordamida surilishi mumkin. Matn maydoni ichida aylantirish tasmalarining gorizontal yoki vertikal qatlamlari yordamida suriladi. Matn blokining atributlarini, so‘z (matnning fragmenti) yoki alohida simvollarni o'zgartirish uchun, avvalo:
1.Text uskunasini yoqish;
2. «Sichqoncha» bilan maydonning tegishli qismini olish (belgilash) va matn kiritish;
3. Text menyusidan tegishli buyruqni olish yoki matnning xusu- siyatlarini belgilovchi boshqaruv elementlaridan foydalanish (Properties). Text menyusining hamma buyruqlari uchta guruhlarga bo'linadi:
• birinchisiga matn bilan ishlaydigan uning tegishli qiymatdagi atributlarini o‘zida mujassamlagan menyudan iborat bo'lgan «an’anaviy» buyruqlar kiradi (Font, Size, Style);
• ikkinchi gunih o'zida ikkita buyruqlar joylashuvini ifodalagan — Align (Выравнивание) va Tracking (Трекинг);
• uchinchi guruhga yagona buyruq joylangan - Scrollable (Перемещаемый), matnli maydonni ifodalovchi xususiyatlarni o’rnatishni ta'minlaydi. Matnning parametrlarini o‘zgartirish uchun eng qulay jihoz Properties paneli hisoblanadi. Uning formati matnli maydon tipiga mos ravishda o'zgaradi. Ya'ni, qanday turdagi matn yoki boshqa obyekt belgilansa, o‘sha obyektning xususiyatlarini namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |