O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI
«Dasturlash texnologiyasi» fanidan
AMALIYOT HISOBOTI
Bajardi: 18.08
Qabul qildi: S.Xonto’rayev
Farg’ona- 2020 y.
Mundarija
KIRISH 3
I.BOB. AMALIYOT O’TASH DAVRI 5
1.1 Amaliyot o’tash davrida THQ 5
1.2 Amaliyot o’tash rejasi 7
II.BOB Dasturlash turlari 8
2.1 C# dasturlash tili imkoniyatlari 8
2.2 Maple dasturiy vositasida ishlash 11
2.3 Adobe Photoshop dasturi haqida ma’lumot 18
2.4 Python dasturlash tili haqida dastlabki tushunchalar 21
2.4 Python dasturlash tilida soda masalalar yechish 25
2.5 Auto Play Media Studio dasturi imkoniyatlari 26
Xulosa 33
KIRISH
Biz odatda boy kishilarni ko’rolmaymiz. Ularni kechani - kecha, kunduzni - kunduz demay mehnat qilganini esa hisobga olmaymiz. Uyda yotib biror bir natijaga erishib bo’lmaydi buni esingizdan chiqarmang!
Sh.Mirziyoyev
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’lim tizimida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Jamiyat taraqqiyotini yoshlar hayotida ishlab chiqarish milliy hamda umuminsoniy munosabatlarda zamonaviy qarash imkonyatlari kengaydi. Yoshlar ta’lim tarbiyasi bilan mashg’ul bo’ladigan ijtimoiy institutlar son va sifat jihatdan o’sdi. Davlat standartlari tanlanib, pedagogik amalyotda tadbiq etila boshlandi. Mustaqillik yillarida axborot texnologiyalari sohasida juda katta o’zgarishlar yuz bermoqda, shu bilan bir qatorda biz yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axbarot texnologiyalari har yerda jadallik bilan kirib kelmoqda va bilimlarni oshishi jamiyat a’zolarini o’z ustilarida ko’proq ishlashga yangi-yangi o’zgarishlar bilan undashga olib kelmoqda. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun balki, hayotga tadbiq qilinadigan dasturiy tizimlar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish, elektron tijorat uchun ham foydalaniladi. So’nggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotga bolgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi. C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. Bugungi kunda C# dasturlash tili IT sohasidagi eng kuchli, tez rivojlanayotgan va ommabop tillardan biridir. Ayni paytda undan turli xil dasturlar yozilgan: kichik stol dasturlaridan tortib, har kuni millionlab foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadigan yirik veb portallar va veb-servislar. Boshqa tillar bilan solishtirganda, C # juda yosh, ammo shu bilan birga u allaqachon katta yo'lni bosib o'tgan. Tilning birinchi versiyasi Microsoft Visual Studio .NET tomonidan 2002 yil fevralda chiqarildi. Tilning hozirgi versiyasi C # 8.0 bo'lib, u 2019 yil sentyabr oyida .NET Core 3 versiyasi bilan chiqdi. C# dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi.
Axborot - komunikatsiya texnalogiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozoigi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Mazkur resurslardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligi va demakratik axborotlashgan jamiyat muvaffaqiyatli shakillantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksalib, axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo’yicha ilg’or axborot – kommunikatsiyalar texnalogiyalarini qo’llash keng ko’lamda amalga oshirilmoqda.
Axborot -kommunikatsiya texnalogiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqabatdoshlik darajasiga ta’sir ko’rsatishi, katta hajmda axborot to’plash va uni umumlashtirish imkonini berish, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishni, unutmasligimiz zarur.
Hozirgi kunda ishlab chiqarishning turli tеxnologiyalaridagi muammolarni hal qilishda zamonaviy hisoblash tеxnikasi vositalarini kеng qo`llash har bir mutaxassisdan, xoh u tеxnolog bo`lsin, xoh iqtisodchi bo`lsin, albatta, zamonaviy kompyutеrlardan, hamda axborot tеxnologiyalaridan kеrakli darajada foydalanish mahorati va tеgishli ma'lumotga ega bo`lishni talab qiladi. Informatikada masala yеchish tushunchasi dеganda, axborotlarni qayta ishlab, natijani oldindan bеlgilangan ma'lum bir ko’rinishga olib kеlish tushuniladi. Kompyutеrdan foydalanib masalani yеchish - yaratilgan algoritmga asoslangan holda dastlabki ma'lumotlar ustida avtomatik tarzda amallar bajarilib izlangan natija (natijalar) ko’rinishiga kеltirish dеmakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |