Yer kobigining issiklik rejimi. Erninig issiklik rejimi uning tashqi va ichki tuzilishiga bog`liq. SHuning uchun xam yer kobigini isitadagin issiklik tashqi – quyoshdan keladigan va ichki – yer bagridan ajraladigan issiklik turlarigaajratiladi. Yer bagridan chikadigan issiklik assosan radioaktiv elementlarning parchalanishidan xosil bo`ladi va tog` jinslarini isitadi. SHunga kura issiklik yerning turli qatlamlarida turlicha bo`ladi.
Erning turli joylarida temperatura keskin uzgaradi, masalan: Antarktida – 90 oS bo`lsa, Afrikada +65 oS, Moskvada o`rtacha yillik temperatura + 4,2 oS. Yer kobiligining eng yuqori qismi ekvatorda 1 – 2 m, saxrolarda 25 – 35 m gacha quyosh nurlari ta’siridan isiyda.
Bunday o`zgarish ma’lum bir chuqurlikkacha (2— 15 m gacha) bo`lib, uning temperaturasi m a v s u m i y u z g a r u v ch a n z o n a (I) deb ataladi. SHu zonadan pastda d o i m i y t ye m p ye r a t u r a l i z o n a (II) o`tadi. Bu zonada tog` jinslarining temperaturasi asrlar davomida uzgarmaydi va yer yuzasi temperaturasining o`rtacha mikdoriga tent bo`ladi. Agar doimiy tem-peraturali zonada, temperatura nolg’ gradusdan pastga tushsa, jins tarkibidagi suvlar muzlab d o i m i y m u z l i k k a aylanadi. Doimiy temperaturali zonaning naliyligi 12 m dan 35 m. (1)
Doimiy temperaturali zonadan pastda yerning ichki issikligi ta’sirida tog` jinslarining temperaturasi yer yuzasidagi temperaturaga bordi bulmagan xolda oshib boradi. Temperaturaning yer markaziga tomon ushib borishini xarakterlash uchun geotermik gradient va geotermik bosqich degan tushunchalar mavjud.
Doimiy temperaturali zonaning pastki chegarasidan boshlab, temperaturaning xar 100 m chuqurlikda ortishi g ye o t ye r m i k g r a d i ye n t deb ataladi. Geotermik gradientning o`zgarishi yer yuzasining relg’efiga, joyning geologik tuzilishiga, tog` jinslarining yotish sharoitiga, fizik-ximiyaviy xususiyatlariga, gidrogeologik sharoitlariga va boshqa kup faktorlarga bog`liq bo`lib, o`rta xisobda xar 33 m da temperatura bir 1°S oshadi. Bu mikdor yerning turli joyida va chuqurligida turlicha bo`ladi.
Geologik jarayonlar kelib chikishiga qarab ikki gruppaga bulinadi:
1. Yerning ichki dinamik kuchlari — endogen jarayonlar.
2. Yerning tashqi dinamik kuchlari—ekzogen jarayonlar.
Endogen jarayonlarga yerning ichki qismidan magmaning yuqoriga kutarilishi va litosfera qatlamlari orasida qotishi, yer kobirida sodir bo`ladigan tektonik xarakatlar, metamorfizm va gidrotermal jarayonlar kiradi. Yeriklar orqali kutarilayotgan magma ayrim joylarda yer yuzasiga chyakib, ayrim joylarda esa yer yuzasiga chika olmay qatlamlar orasida kotadi. Magmaning bunday qotishidan magmatik tor jinslari xosil bo`ladi. Yeriklardan kutarilayotgan yuqori temperaturali magma tog` jinslariga ta’sir etadi, ularning tuzilishi va tarkibini uzgartiradi. Natijada tog` jinslari kayta shakllanadi va metamorfizm jarayoni yuz beradi.
Ekzogen jarayonlar yer kobigini uzgartirishda ishtirok etadi. Temperaturaning sutka va fasl davomida o`zgarishi, kor va yomgir yogishi, dengiz suvlarining kutarilib kirrokdagi jinslarga urilib kaytishi natijasida xamda shamol ta’siridan tog` jinslari parchalanadi va yemiriladi. Uz navbatida ular turli masofalarga olib borib yotkiziladi va cho`qindi jinslar xosil bo`ladi. SHuningdek, yangi ximiyaviy birikmalar paydo bo`lib, u keyinchalik ximiyaviy cho`qindilar xosil kiladi. Tirik orga-nizmlar skelet qoldiqlarining bir joyga tuplanib cho`qindi jinslarga aylanishi xam ekzogen jarayonlarga kiradi. Xulosa qilib aytganda ekzogen jarayonlar quyidagi uch jarayondan iborat: 1) denudatsiya (nurash, deflyatsiya, korroziya, eroziya, abraziya, ekzoratsiya); 2) materiallarning olib ketilishi (eol, okin suv, dengiz, muzlik); 3) yotkiziklar va cho`qindilar paydo bo`lishi.
Endogen va ekzogen jarayonlar mineral va tog` jinslarining paydo bo`lishidagina uz aksini topmay, balki ularning yotish sharoitlarining o`zgarishiga xam olib keladi. Bu sharoitlarni o`rganish jinslarining tarkibi, xolati va xossalarini bildiruvchi ma’lumotlar tuplashda juda xam muximdir.
Geologik jarayonlar bir-biri bilan bog`liq xolda mavjud bo`lib; insoniyatning injenerlik qurilish faoliyatiga kuchli, ta’sir etadi. Uz navbatida insoniyatning injenerlik faoliyati xam geologik jarayonlarning sodir bo`lishini va rivojlanishini tezlashtiradi. Masalan, daryolarga turon kurish sun’iy dengiz xosil bo`lishiga, dare suvi rejimining o`zgarishiga, dengiz va kul kirgoklarining yuvilishiga sabab bo`ladi. Imorat va inshootlarning poydevorlari yer osti suvlari yulini tusib kuyishi uning atrofidagi jinslar yuvilishiga olib keladi. Ayrim tog` jinslari tabiiy sharoitda mustaxkam poydevor zamini bo`lsau namlanganda va tashqi kuch ta’sirida chukishi mumkin. Bunday sabablar imorat va inshootlar mustaxkamligining susayishiga va natijada ularning buzilishiga olib keladi. Demak, yuqorida keltirilgan tabiiy geologik jarayonlar majmui yer taraqqiyoti faktorlari deb xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |