ADABIYOTLAR.
1. Ergashev Y. Injenerlik geodeziyasi va gidrogeologiya. Toshkent. O‘qituvchi, 1990.
2. Nazarov M. Z. Muhandislik geologiyasi va atrof muhitni muhofaza qilish.
Toshkent. O‘zbekiston, 1984.
3. “O‘”. Ergashev Y. Injenerlik geologiyasi asoslaridan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent, O‘zbekiston, 1992.
3-AMALIY MASHG‘ULOT
CHO’KINDI TOG’ JINSLARI BILAN NAMUNADA TANISHISH VA TAVSIFINI YOZISH.
Umumiy tushuncha.
Cho‘kindi jinslar yer yuzasida va litosferaning eng yuqori qobig‘ida yuzaga keladigan hilma-hil geologik protsesslar natijasida hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lish sharoitiga qarab cho‘kindi jinslar dengiz, ko‘l, daryo, shamol, muz yotqiziqlarga bo‘linadi.
CHo‘kindi jinslarni tekshirishda xuddi otqindi jinslardagidek, ularning strukturasi bilan teksturasi tafovut qilinadi, ayrim holda jinsni tashkil qilgan zarrachalarning shakl va katta-kichikligi struktura hisoblansa, o‘sha zarrachalarning joylashuvi tekstura hisoblanadi.
Strukturasi. Maydalanishdan (siniqlardan) hosil bo‘lgan jinslar bo‘laklarining kattaligiga qarab quyidagi asosiy gruppalarga bo‘linadi:
1. Zarralarning diametri 2 mm dan katta bo‘lgan yirik bo‘lakli jinslar (psefit jinslar)
2. Zarralari 0,1 mm gacha bo‘lgan qumli (psammit) jinslar
3. Zarralari 0,1 dan 0,01 mm gacha bo‘lgan changsimon (alevrit) jinslar
4. Zarralari 0,01 dan kichik bo‘lgan gil (pelit) jinslar
Jinslar bo‘laklarining shakliga qarab:
1. Normal-cho‘kindi jinslarga bunday jinslardagi bo‘laklar (dumaloqlanmagan), burchakli dumaloq, (chala dumaloqlangan) va dumaloq silliq (dumaloqlangan) bo‘lishi mumkin.
2. Tufogen jinslarga bo‘linadi (bunday jinslarda xamma bo‘laklar juda burchakli bo‘ladi).
Jinslar donachalarining kattaligiga qarab:
1. Yirik donali (donalari 0,5 mm dan katta);
2. O‘rta donali (0,5 mm dan 0,25 mm gacha);
3. Mayda donali (0,25 mm dan 0,1 mm gacha);
4. Alevrit (0,01 mm dan mayda);
Teksturasi. Cho‘kindi tog‘ jinslarida zarralarning joylanish xarakteriga qarab quyidagi teksturalar ajratiladi:
1. Tartibsiz tekstura, bu teksturada jinsi tashkil qiluvchi material tartibsiz, aralashgan holda joylashgan bo‘ladi.
2. Varaqsimon tekstura, bu teksturada har-xil kattalikdagi donachalar tez-tez almashinib turganligidan jins yupqa-yupqa qobiqlarga ajraladi.
3. Cherepitsasimon struktura - varaqsimon teksturaning bir xildir.
4. Burmali yoki to‘lqinsimon tekstura, bu teksturada qatlamlar tekisligi to‘lqinlarga o‘xshab buriladi va sekin asta yo‘qolib ketadi.
Sement. Sement tarkibiga ko‘ra juda har turli: gilli, qumli, oxakli, temirli, kremniyli bo‘ladi va xokazo. Ko‘pchilik jinslarning nomi sementining tarkibiga qarab qo‘yilgan (masalan, temirli qum toshlar). Cho‘kindi jinslarning zichligi (qattiqligi) sementiga bog‘liqdir. Cho‘kindi tog‘ jinslari paydo bo‘lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qilib, 3 ta asosiy gruppaga bo‘linadi:
1. Mexanik 2. Ximiyaviy 3. Organik cho‘kindi tog‘ jinslar.
1. Mexanik cho‘kindi tog‘ jinslari. Mexanik cho‘kindi tog‘ jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o‘z joyida to‘planishi yoki suv, muzlik va shamol ta’sirida boshqa joylarga ko‘chirib yotqizilishidan hosil bo‘ladi. Mexanik cho‘kindilar tarkibidagi qattiq zarrachalarning katta-kichikligi hamda shakliga ko‘ra yirik qum, chang va gil zarralarga bo‘linadi. Ular oxak, kremniy oksidi va gil singari moddalar bilan birikkan holatida ham uchraydi. Dag‘al bo‘laklar (tog‘ yon bag‘irlarida uchrasa, yassilari daryo) esa qirrali va yassi shakllarga ega. Qirrali bo‘laklar tog‘ yon bag‘irlarida uchrasa, yassilari daryo suvlarining o‘zi bilan oqizib ketib yotqizishidan hosil bo‘ladi.
Yirik (dag‘al) donali jinslarga har hil tog‘ jinslarining qirrali (gliba, sheben, dresva) va yassilangan (xarsang tosh, shag‘al) bo‘laklari kiradi. Ular tog‘li rayonlarda, dengiz qirg‘oqlarida, daryo xavzalarida va boshqa joylarda qatlam-qatlam shaklida uchraydi. Bunday jinslar qurilish materiallari sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi.
2. Ximiyaviy cho‘kindi tog‘ jinslari. Ximiyaviy tog‘ jinslari eritmalardagi ximiyaviy moddalarning cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv xavzalarida, sho‘r suvli buloqlarda kuzatiladi.
Ximiyaviy tog‘ jinslariga oxaktosh, angidrit, gips, osh tuzi kiradi. Bunday jinslar suvda erishi natijasida g‘ovaklar, bo‘shliqlar va darzlar hosil qiladi.
3. Organik tog‘ jinslari. Dengiz va okean tubida hayvon, o‘simlik hamda xalok bo‘lgan organizmlar qoldig‘ining to‘planishidan organogen jinslar hosil bo‘ladi. Organogen jinslar serg‘ovak bo‘lib, suvda eriydi, tashqi kuch ta’siridan siqiladi. Bu gruppadagi jinslarga – toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, antrotsit, ozokerit, yonuvchi slanetslar, torf, neft va boshqalar kiradi.
Cho‘kindi jinslarni yozish tartibi.
1. Jinslarning kelib chiqishi.
2. Rangi, qavatliligi.
3. Teksturasi va strukturasi.
4. Organik qoldiqlar.
5-jadval
Mexanik yo‘l bilan hosil bo‘lgan CHTJlarni tasvirlash tartibi.
Nomi
|
Jinslash ish dorm
|
strukturasi
|
Zarralar
|
Sement
|
Ishlatilish joyi
|
|
Zarralar o‘lchami
|
Zarralar shakli
|
mineral tarkibi
|
turi
|
Mayda shag‘al
|
bo‘shaq
|
2-10 mm
|
dumalaqlangan
|
Kvarsli, kalsitli va boshqa min.
|
-
|
Beton tayyorlashda ishlatiladi
|
Chaqiq tosh
|
bo‘shaq
|
10-200 mm
|
Qirrali
|
Kvarsli, kalsitli va boshqa min.
| |
Beton tayyorlashda ishlatiladi
|
Konglomerat
|
sementlangan
|
2-10 mm
|
silliqlangan
|
Kvarsli, kalsitli va boshqa min.
|
Gilli, oxakli
|
Qurilish materiallari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |