Amaliy matematika” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi nazorat ishi


Biznes yuritishda iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish darajasini baholash



Download 221,04 Kb.
bet5/6
Sana01.07.2022
Hajmi221,04 Kb.
#722825
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozor o‘zgarishlari va rivojlanish tendentsiyalari tahlili, xususan, iqtisodiy, fan-texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish.

Biznes yuritishda iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish darajasini baholash
Biznesni samarali tashkil etish va yuritishning muhim jihatlaridan biri – muayyan darajadagi iqtisodiy subyekt (mamlakat, mintaqa, hudud, korxona, tadbirkor)ning iqtisodiy salohiyatidan imkon qadar tо‘liq foydalanish hisoblanadi.
Umumiy holda “salohiyat” (potensial – lotinchada potentia – kuch, imkoniyat degan ma’noni anglatadi) – u yoki bu narsani yuritish, muayyan holatda ushlab turish yoki saqlash uchun zarur bо‘lgan vositalar, sharoitlar majmui10. Bundan kelib chiqqan holda, iqtisodiy salohiyatni turli darajadagi xо‘jalik faoliyatini yuritish uchun zarur hamda mavjud bо‘lgan iqtisodiy resurslar majmui sifatida ifodalash mumkin.
Iqtisodiy salohiyatni tarkiban ikki qismga ajratish mumkin: 1) ayni paytda amalda foydalanilayotgan, ishga tushirilgan qismi; 2) qandaydir qо‘shimcha xatti-harakat orqali ishga tushirilishi mumkin bо‘lgan qismi (1.1-rasm).

Rasmdan kо‘rinadiki, iqtisodiy salohiyat – bu qandaydir kuch yoki imkoniyatning umumiy chegarasini ifodalab, uning ma’lum qismi ayni paytda foydalanishda bо‘lsa, boshqa bir ahamiyatli qismi hali foydalanilmagan zaxira sifatida maydonga chiqadi.


Shunga kо‘ra, kichik biznesning iqtisodiy salohiyatidan tо‘laroq foydalanish, ayniqsa, aholi ixtiyoridagi bо‘sh turgan iqtisodiy resurslarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish muhim hisoblanadi. Buning uchun mazkur jarayonni muntazam о‘rganib va baholab borish taqozo etiladi.
Kichik biznesning iqtisodiy salohiyatidan foydalanishni baholash mazkur yо‘nalishdagi tizimli chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taqozo etadi. Shunga kо‘ra, hududdagi kichik biznesning iqtisodiy salohiyatidan foydalanishni baholash hamda uni yanada faollashtirishning asosiy yо‘nalishlarini aniqlash tartibi tavsiya etiladi (2-rasm).
2-rasmdan kо‘rinadiki, kichik biznesning iqtisodiy salohiyatidan foydalanishni baholashning tavsiya etilayotgan tartibi mamlakatning turli hududlarida kichik biznesning iqtisodiy salohiyatini baholash bо‘yicha sotsiologik tadqiqot о‘tkazish dasturini ishlab chiqishdan boshlanadi. Mazkur dasturda baholash uchun boshlang‘ich (birlamchi) ma’lumotlarni yig‘ishning maxsus usuli sifatida sotsiologik sо‘rovni amalga oshirish kо‘zda tutiladi.
Sotsiologik sо‘rovni yalpi shaklda о‘tkazish imkoniyatlari cheklanganini hisobga olib, sо‘rov о‘tkaziladigan hududlar aniqlanadi. Keyingi bosqichdagi ish respondentlar soni va tarkibini aniqlash hisoblanadi. Chunki, ushbu jarayon sotsiologik sо‘rovning maqsadiga bog‘liq bо‘lib, olinadigan natijaning samarasiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi.
Navbatdagi bosqichda mamlakatning tanlab olingan hududida kichik biznesning iqtisodiy salohiyatini baholash maqsadida bevosita sotsiologik tadqiqot о‘tkaziladi. Buning uchun sо‘rov jarayonlarini tо‘g‘ri tashkil etish va о‘tkazish muhim hisoblanadi. Olingan ma’lumotlarni dastlabki qayta ishlash oldindan belgilab olingan maxsus ilmiy taxmin va farazlar asosida amalga oshiriladi. Ushbu taxmin va farazlarning tо‘g‘riligini tekshirish uchun olingan ma’lumotlar asosida model tuziladi.
Mamlakatimizda kichik biznesning iqtisodiy salohiyatidan foydalanishni baholashning yana bir muhim qismi – muayyan hududdagi kichik biznesning iqtisodiy salohiyatidan foydalanishning mavjud imkoniyatlarini о‘rganish hisoblanadi. Buning uchun iqtisodiy resurslardan foydalanish darajasini baholash taqozo etiladi.

Mamlakatimizning ayrim hududlaridagi aholi ixtiyoridagi iqtisodiy resurslardan foydalanish darajasini baholashda quyidagi holatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:


1) baholash bо‘yicha hisob-kitob ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan ma’lumotlarning rasmiy statistik manbalarda mavjudligi;
2) indeksni aniqlashda hudud iqtisodiy faolligiga ta’siri sezilarli bо‘lgan hududlarni rо‘yxatdan chiqarib turish. Masalan, Toshkent shahri va viloyatidagi hudud iqtisodiy faolligiga markazda joylashish omilining ta’siri sezilarli ekanini hisobga olib, indeksni aniqlashda mazkur hududlarni rо‘yxatdan chiqarib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qо‘llanishi mumkin bо‘lgan aholi ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarni ajratib olish muhim. Fikrimizcha, bunday resurslar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) mehnat resurslari;
2) aholi ixtiyoridagi tomorqa yerlari;
3) turli sohalar bо‘yicha malaka va kо‘nikmalar va h.k.
Mehnat resurslarining bandlik holati hududdagi kichik biznes iqtisodiy
salohiyatidan foydalanish darajasiga ta’sir kо‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Bandlik darajasini umumiy mehnat resurslariga hamda iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan hisoblash mumkin.

Xulosa.

Mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmuni ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti muvaffaqiyatli joriy etish hisoblanadi. Mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar ijtimoy yo’naltirilgan bozor munosabatlarini keng qo’llashga imkon beradigan ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda aniq ijtimoiy-huquqiy asoslar yaratadi.


O’zbekistonda inson manfaatlarini yuksaltirishga qaratilgan iqtisodiy islohot korxonalar sohasida ijobiy o’zgarishlarini talab qiladi. Korxonalar mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining moliyaviy jihatlari aynan ushbu bo’g’inda aks etadi.
«Mamlakatimizning 2016 yilga belgilab olingan marra va maqsadlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlarini aniqlab olishda jahon miqyosidagi hali-beri davom etayotgan global inqiroz bilan bog’liq yuzaga kelayotgan jiddiy muammolarni hisobga olmasligimiz mumkin emas, albatta.
Ana shu muammolar tufayli bugungi kunda dunyo bozorlarida talabning keskin kamayib, noaniqlik saqlanib qolayotgani, shafqatsiz raqobatning tobora kuchayib borayotgani, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi jahondagi ko’pchilik davlatlarga salbiy ta’sir ko’rsatayotganining guvohi bo’lmoqdamiz.
Bunday o’ta murakkab vaziyat barchamizdan ertangi kunimizni ko’rishda, istiqbolimizni belgilab olishda, avvalo, eskicha qarashlar qolipidan voz kechishni, umrini o’tab bo’lgan, aytish mumkin, inertsion usullardan to’liq voz kechishni talab etadi.
Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi zarur. Ayni shunday yangicha qarash va harakatlar butun faoliyatimizning negizini tashkil etishi shart».
Marketingning asosiy qoidasiga muvofiq «iste’molchi bozorda qirol» bo’lib hisoblanadi. Iste’molchi bozorini yaratishda barcha marketing izlanishlari iste’molchi ehtiyojlari asosida tashkil qilinadi. Bu ehtiyojlarning qondirilishi asosan ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi.



Download 221,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish