“Amaliy matematika” fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi Iqtisodiy nazariyasi fanidan



Download 480,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana19.11.2022
Hajmi480,03 Kb.
#868882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik fayllar

 
 
 
Xulosa 
1. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan 
boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib 
kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir 
sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom 
etadi. 
2. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy 
rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib 
ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga 
o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. 
3. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi 
nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Tashqi omillarga iqtisodiy 
tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib 
chiqaradigan omillar kiritiladi, ya'ni: urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy 
larzalar; oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; yangi 
hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, er shari aholisi 
sonining o‘zgarib turishi; ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir 
bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar. 
4. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillar 
tug‘diradi deb hisoblaydi va quyidagi omillarni ajratib ko‘rsatadi: asosiy kapitalning 
jismoniy xizmat muddati; shaxsiy iste'molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); 
investitsiyalar, ya'ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish 
joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi; ishlab chiqarish, talab 
va takliflar hajmiga ta'sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining 
o‘zgarishi. 
5. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda shuningdek sof 
monetar nazariya, nomonetar nazariya, etarlicha iste'mol qilmaslik nazariyasi, 
jamg‘arish nazariyasi, psixologik nazariya kabilar ham ilgari suriladi. 


6. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari 
mavjudligi ta'kidlanadi. Ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng 
asosiy turlari sifatida Kitchin, Juglar, Kuznets, Kondratev sikllarini keltirish mumkin. 
7. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga 
aytiladi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularni umumiy, o‘xshash 
tomonlarini nazarda tutib, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: xo‘jalik tizimida 
muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra umumiy hamda ayrim sohalarda yuz 
beradigan inqirozlar; iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki 
aksincha tarzda yuz berishiga ko‘ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlar; takror 
ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra ortiqcha ishlab chiqarish va 
taqchil ishlab chiqarish inqirozlari. 
8. 2008 yilda dastlab AQSH ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi etarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni 
qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish 
amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi. 
9. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining asosiy sabablari bo‘lib rivojlangan 
mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosati, ya'ni «o‘z-
o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy 
iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi; moliyaviy 
resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keski buzilishi; 
noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda 
past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga 
aylanishi; moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi 
mutanosiblikning keskin buzilishi; qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari 
tomonidan soxta xulosalar berilishi va boshqalar hisoblanadi. 
10. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga ta'siri 
boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi. 
Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va 
ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalarning 
yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, O‘zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta'siri jahon 
xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlarning 
keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, 
asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo 
aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi. 
11. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekistonga ta'sirini jiddiy 
bo‘lmaganligi quyidagi yumshatuvchi omillarning mavjudligi bilan izohlanadi: 
ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichmabosqich 
amalga oshirish yo‘lini tanlanganligi; davlat bosh islohotchi sifatida mas'uliyatni o‘z 
zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi; O‘zbekistonda moliyaviy-
iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori 
korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun 
etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining 
mavjudligi; oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; aholining ish haqi va 
daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste'mol bozorida narxlar 
indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik 


bilan amalga oshirilganligi; davlatning moliyaviyiqtisodiy va bank tizimlarining 
nechog‘liq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik 
kuchliligi. 

Download 480,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish