Embrional davri. Oʼrganilgan tur urugʼlari iyul-avgust oylarida pishib yetiladi. Surxondaryo viloyatidan 2015 yilning iyulь oyida yigʼilgan F. foetida turi urugʼlarining absolyut (1000 dona urugʼning) ogʼirligi oʼrtacha 50,6-60,3 grammni, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanidan yigʼilgan F. tadshikorum turining urugʼlari esa 33-35 grammni tashkil qildi.
F. foetida va F. tadshikorum turlarining urugʼlari yassi, qisilgan boʼlib, chetlari keng, tuklangan, ellipssimon va ovalsimon, uchki tomoni oʼyiq boʼlib, morfologik oʼlchamlari va ularning bir-biridan farqi quyidagi jadvalda berilgan(1- jadval).
1-jadval
F. foetida va F. tadshikorum turlari urugʼlarining morfologik oʼlchamlari
(n=100)
turlar
|
Urug’
|
Endosperim
|
Murtak
|
Bo’yi sm
|
Eni sm
|
Bo’yi sm
|
Eni sm
|
Bo’yi sm
|
Eni sm
|
F. fotida
|
2,35±0,11
|
1,45±0,06
|
1,45±0,07
|
1,09±0,04
|
0,97±0,04
|
0,25±0,01
|
F.tadshikorum
|
1,85±0,07
|
0,95±0,03
|
0,7±0,03
|
4,7±0,17
|
3,7±0,15
|
0,13±0,006
|
Virginil (pregenerativ) davri. Maysa bosqichida F. Tadshikorum, asosan, 2 ta ipsimon urugʼpallabarg hosil qiladi. Urugʼpallabarglari uzunchoq chekka qirralari (qirqilmagan) lantsentsimon, tor, tuksiz, yashil rangda boʼlib, gipokotil 0,2-0,6 sm ni tashkil etadi. Urugʼi ekilgan kundan soʼng ob-havo haroratiga qarab, 60-65 kunda ikkita yashil rangli urugʼpallabarg paydo boʼlib unib chiqa boshladi va vegetatsiyasi aprel oyining oʼrtalarida maksimal darajada oʼsdi, 95-100 kunda u qurib ketdi.
F. foetida urugʼi ekilgandan soʼng 65-70 kunda 2 ta urugʼpallabargi tuproq yuzasiga koʼtarilib chiqdi. Urugʼpallabarglarining chekka qirralari tekis (qirqilmagan), tasmasimon, tuksiz, ensiz shakllarda, rangi och yashil, gipokotil uzunligi 0,1-0,5 sm boʼladi. Ular 100-103 kunda qurib ketdi. Ikkala turning urugʼpallabarglar plastinkasining orqa tomonida bitta tomiri koʼrinib turadi.
F. tadshikorum chin bargining shakli rombsimon, barg plastinkasi choʼzinchoq, chekkasi mayda qirqilgan boʼlib, chin barglari urugʼ ekilgandan keyin 80-kunda paydo boʼla boshlaydi va u 130-kunda qurib ketdi.
F. foetida chin bargining rangi yashil, shakli uzun ipsimon-nashtarsimon, chekkasi tekis boʼlib, chin barglari kechroq 90-95 kunda hosil boʼldi va 130-135 kunda qurib ketdi.
Oʼrganilgan turlarning har birida vegetatsiyaning birinchi yilida 2-4 tagacha chin barg yuzaga keladi. F. tadshikorum ning birinchi chin bargi 80-90 kunda hosil boʼlgan boʼlsa, ikkinchi chinbarg 5-10 kundan soʼng hosil boʼldi. F. foetida ning birinchi chinbargi ekilganidan soʼng 90-100 kunda hosil boʼlib, qolgan chinbarglari oradan 5-10 kun oʼtgach hosil boʼla boshladi. Uchinchi va toʼrtinchi chin barg ikkala turda ham birinchi yilda juda kam hollarda rivojlandi. Bu turlar may oyining oxiri va iyunь oylarida tinim davriga oʼtdi. F. tadshikorum va F. foetida lar maysalarining morfobiologik tasnifi quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |