Amaliy mashg‘ulotni olib borish texnologiyasi mashg‘ulot modeli



Download 57,5 Kb.
bet2/2
Sana16.03.2022
Hajmi57,5 Kb.
#495404
1   2
Bog'liq
2 амалий машгулот lot

Shlakoportlandsement

Shlakoportlandsement - bu gidravlik bog‘lovchi modda, suvda ham, havoda ham qotadigan, klinkerning mayin maydalangani bilan birga talab qilingan gips qismidan, domna pechining granullangan shlakidan (21...80%) yoki puxta aralashtirilgan yuqoridagi alohida maydalangan materiallardir. SHlak-portlandsement eng samarali bog‘lovchi hisoblanadi, chunki uni ishlab chiqarish uchun klinkerning asosiy qismi o‘rniga ancha arzon granullanish shlakdan foydalaniladi. Shlak-portlandsement ishlab chiqarishda domna shlakidan foydalanilganda yoqilg‘i-energetik sarfi 1 mahsulot uchun 1,5...2 marta, tannarxi 25...30% ga kamayadi. Masalan. M400 markali shlak-portlandsementni ishlab chiqarishda xuddi shu markadagi portlandsementni qo‘shimchasiz ishlab chiqarishga nisbatan yoqilg‘i sarfi o‘rtacha 36% ga past. Elektroenergiya sarfi 12%ga, asbob-uskunalarni saqlash va ekspluatatsiya qilishda esa qilinadigan sarf 10...15% ga qiskardi. Domna shlakining sifati sement ishlab chiqarishda, sifat koeffitsienti va tarkibida ishtirok etadigan oksidlar- Al2O3, MgO, TiO 2, MnO protsenti bilan xarakterlanadi.


Domna granullangan shlaki sement komponenti kabi uch navga bo‘linadi (1-jadval).
1-jadval

Ko‘rsatkich

Nav

1

2

3

Sifat koeffitsienti, kam emas

1,65

1,45

1.2

Al2O3, kam emas

8

7.5

Normadan
tashqari

MgO,% kam emas

15

15

15

TiO,% kam emas

4

4

4

MnO, %

2

3

4

Tarkibida 25...40% shlak bo‘lgan shlak-portlandsement odatdagidek, oddiy portlandsement qanday sharoitda qo‘llansa, xuddi shunday sharoitda qo‘llaniladi.
Tarkibida 40...80% shlak bo‘lgan sementlar past qiziydigan, agressiv suv ta’siriga uchrab turadigan massivli gidroqurilmalar, inshootlarda, shuningdek issiq namlik bilan ishlov beriladigan mahsulotlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Vatanimiz sement sanoati oddiy, tez qotadigan va sul’fatga chidamli shlak portlandsement ishlab chiqaradi. Sulfatga chidamli shlak-portlandsemeng ishlab chiqarishda tarkibida S3A 8 % dan kam bo‘lmagan klinker va Al2O3 8 %dan kam bo‘lmagan shlak ko‘llaniladi. Tez qotadigan shlak-portlandsement ma’lum muddatdagi ikki bosqichli yanchilgan, ya’ni oldindan maydalangan klinker, so‘ng klinker va shlakning birga to‘yilishi 4000 sm2/g dan kam bo‘lmagan solishtirma yuzada olinadi. Ikki bosqichli to‘yilganda klinker donalari anchagina mayin maydalanadi; asosiy shlaklardan foydalanilganda tuyish darajasi klinkerga yaqin bo‘lgani maqsadga muvofiq. SHlak-portlandsementning oxirgi mustahkamligi va boshqa xususiyatlari, hatto shlak anchagina mayin maydalanganda ham yaxshilanadi. SHlakoportlandsementning qurilish texnik xususiyatlari portlandsement bilan solishtirilganda qator xususiyatlari xarakterlidir: qotishning boshlang‘ich davrida (bir qancha sekinlashgan tutish va mustahkamligi ortib borishi, past zichligi (2,8...3 g/sm3) bilan xarakterlanadi.
Shlak-portlandsementning bir necha xil markasi mavjud: M300; M400; M500. tez qotadigan shlak-portlandsement uch kecha kunduzdan keyin siqilishga 20 MPa, egilishga 3,5 MPa dan kam bo‘lmagan mustahkamlikka ega bo‘ladi. Bunda markasi M400 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Sulfatga chidamli shlak-portlandsementning markalari M300 va M400 belgilangan.
Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish