amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallari 1-mavzu. Dori va dorivor moddalar texnologiyasi fani Darsning maqsadi



Download 470,73 Kb.
bet42/67
Sana14.06.2022
Hajmi470,73 Kb.
#666623
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67
Bog'liq
amaliy

Sun’iy quritish. So‘ngi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar dorivor o‘simlikni quritishda sun’iy quritish usullarining imkoniyatlari (avtomatlashgan) cheksiz va maqbul ekanligini ko‘rsatadi. Sun’iy quritish jaraѐnida-birinchidan vaqtdan tejaladi, ikkinchidan xom-ashѐning sifat ko‘rsatkichlari talab doirasida bo‘ladi va uchinchidan xom-ashѐning sanitar holati (tabiiy quritishga nisbatan) qoniqarli bo‘ladi.
Quritish vaqtining davomiyligi bir necha soatga kisqaradi. Mahsulotning sifati (tabiiy quritishga) nisbatan yuqori, quritish uchun talab etiladigan maydon esa (tabiiy quritishga) nisbatanancha kamayadi. Ishlab chiqarishning sanitar holati oshadi. Quritish jaraѐni iqlim sharoitlariga bog‘liq bo‘lmaydi.
Quritish davrini ijobiy tomonga o‘zgartirishga imkon beradi. Kech kuz oylarida tayѐrlangan o‘simlik organlari ѐki uzilgan ho‘l meva xom ashѐ mahsulotlarini sifatli qurishi va talablarga javob berishini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda turli xil sun’iy (USK-2E va b.q) quritgich moslamalari mavjud va bundan turli sohalarda maqsadli ravishda foydalaniladi.
Sun’iy quѐsh-ѐqilg‘ilik quritish qurilmalari. Quѐsh va an’anaviy energiya manbalaridan kombinatsiyalangan holda foydalanishga asoslangan quritish qurilmalari quѐsh-ѐqilg‘ilik qurilmalari nomini olgan.
Kombinatsiyalangan quѐsh ѐqilg‘ilik quritgichlar quѐsh va sun’iy quritish uslublarini ustunlik tomonlarini birlashtirib ixcham, transportda ko‘chirishda oson, arzon va energiya sarfi kamroq bo‘lgan quritgichlar yaratish imkonini berdi. Ular kichik va o‘rta qayta ishlash korqonalariga mo‘ljallangan.
Quѐsh-ѐqilg‘ilik quritgichlar samaradorligini oshirishning quyidagi prinsiplari ishlab chiqilganda, unda:
1. Issiqlik manbai quvvati rejimini rostlash hisobiga quritish agentini belgilangan haroratini ushlab turish;
2. Quѐsh kollektorining nur yutish paneli bilan quritish kamerasi tashqi devori funksiyasi birlashtirilib, qayta ishlangan quritish agenti issiqligi regeneratsiyasini ta’minlash;
3. Quritish kamerasidan chiqadigan issiqlikdan samarali foydalanishni ta’minlab beruvchi regenerativ issiqlik utilizatorlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritishda ularning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish lozim; ya’ni, jaraѐnning uzoq kechishi, ularning issiqlik-fizik xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqligi, qurtish agenti optimal sarfini ta’minlovchi pnevmo-timizimining noѐbligi va boshqa ko‘rsatgichlar.
Quritish agenti energiyasidan foydalanish va uni regeneratsiyalash shartlarini tahlil qilish uchun quyidagi ratsional texnologik jaraѐnni tuzish imkoniyatlari ishlab chiqilgan.
-issiqlik almashinish qonuniyatlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulot massasini bosqichma-bosqich qayta ishlash;
-quѐsh issiqlik energiyasi va devor orqali yo‘qotilaѐtgan issiqlik energiyasini regeneratsiyalash uchun plѐnka qoplamaslik quritgich kamerasi yuzasini quѐsh havo kollektorining nur yutuvchi paneli sifatida foydalanish;
-issiqlik manbai quvvatini tekis kamaytirgan holda qayta ishlangan issiqlik tashuvchining energiyasini samarali ushlovchi regenerativ isiqlik utilizatoridan foydalanish;
-atrof-muhit haroratining sutka davomida o‘zgarishini, hamda issiqlik tashuvchining regenerativ utilizatorda qizib, o‘zgarishini e’tiborga olgan holda issiqlik manbai quvvatini tekis rostlovchi harorat rostlagichidan foydalanish;
-mahsulot ichki qatlamlaridagi namlikni keyinchalik bug‘‘latish uchun, uning yuzasiga chiqishni ta’minlovchi ossillyatsiya rejimini qo‘llash;
-tayѐr mahsulotda namdorlik tekis bo‘lishini ta’minlash uchun mahsulot barcha qatlamlarida issiqlikning tekis uzatishni ta’minlash;
-texnologik jaraѐnga mos ravishda issiqlik manbai quvvatini rostlash tizimini yaratish;
-quѐsh ѐqilg‘ilik quritish qurilmalarida rostlanuvchi issiqlik jaraѐnlarini ta’minlab beruvchi texnologik jaraѐnni ishlab chiqish.
Yuqorida sanab o‘tilgan masalalar yechilishi uchun mahsulot va quritish agentining texnologik xossalarining dinamikada o‘zgarishini hamda mahsulot issiqlik texnik xususiyatlarini o‘zgarishini o‘rganish maxsus talab etiladi.

Download 470,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish