Xab dorilar tayyorlashning umumiy texnologiyasi va dastgoxlar.
Xab dorilar tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:
1. Ingredientlarni aralashtirish.
2. Xab dori massasini olish.
3. Xab dori tayokchasini shakllantirish.
4. Tayokchani bo‘lish.
5. SHakl berish.
6. Xab dori ustini koplash.
Xab dorini tayyorlashda hamma kattik moddalar maydalangan kukunga aylantiriladi va bir xil massa hosil bo‘lgunga kadar aralashtiriladi. Agar xab dori ichiga zaxarli va kuchli ta’sir etuvchi birikmalar kirsa, ular spirtda yoki suvda eritiladi. Xab dori massasini aralashtirish va korish xovonchalarda (yaxshisi po‘lat va xromli) amalga oshiriladi. Bu xovonchalarda xar kanday xab dori massasini korish mumkin, fakat simob, mis, kumush va oltin tuzlari bundan mustasno hamda tayyorlash jarayonida xar kancha kuch ta’sir ettirish mumkin.
Xab dori massasi yaxshi korilgan hamirday bo‘lishi kerak. Massani xovoncha devoridan va xovoncha dastasidan ajratish uchun yupka shpatel ishlatiladi. Tayyor xab dori massasi tortib olib, ogirligi dorixatda belgilanadi va xab dori mashinasiga o‘tkaziladi (14-rasm).
14-rasm. Xab dori mashinasi.
Xab dori mashinasi taxtadan, ikki kesuvchi kesgichdan, tayokcha yasash uchun taxtakachdan va tayyor bo‘laklarni dumaloklash uchun rolikdan iborat. Kesgichlar zanglamaydigan po‘latdan, alyuminiydan, plastmassadan kilingan bo‘lib, ingredientlarning ximiyaviy xossalarini xisobga olgan xolda tanlanadi. Taxta yogochi kattik bo‘lgan o‘simlik navlaridan olinadi, masalan: qoraqayin, kayin yoki xiralashtirilgan shisha bilan almashtiriladi. Tayyorlangan va tortib olingan massadan kesgich uzunligiga to‘gri keladigan tayokcha yasaladi.
Kesgichlarning ikki tomonida ham 30 tadan tarnovchalari bor, lekin ularning diametri xar xil. Agar xab dorilar soni 30 tadan ortik yozilgan bo‘lsa, massani ikki qismga bo‘linadi va berilgan miqdor hosil qilinadi. Kesilgan xab dori rolik yordamida dumaloqlanadi.
Rolik bortining balandligi xab dori diametriga teng bo‘lishi zarur. Tayyor xab dorilar bir xil bo‘lishi, dumalok, sillik va 10-15 sm yukoridan tashlanganda taxtakachda sakrashi kerak. Xab dorilarni tayyorlash jarayonida xab dorining hamiriga, tayokcha va xab dorilarga ko‘l tekkizish mumkin emas. Xab dori tayokchasini pergament kogozi bilan olib, xab dorilar yopishib kolmasligi uchun ustiga kukun sepiladi. Bu maksad uchun likopodiy, kraxmal, sut kandi, chuchukmiya kukuni va ok loy ishlatiladi; xushbo‘y kukunlardan: dolchin po‘stlogi, binafsha ildizini ishlatish mumkin. X Davlat farmakopeyasi bo‘yicha tayyor xab dorilar likopodiy yoki kraxmal bilan, oksidlovchi moddalardan tayyorlangan xab dorilar (kumush nitrat yoki kaliy permanganat) esa ok loy bilan sepiladi.
Dorixatlarda xab dorilar sirtini sepish quyidagicha belgilanadi:
consperge — sepish
conscpergantur — sepishkerak
consperge saccharo (Amylo licapodio) — shakar, (kraxmal, likopodiy) bilansirtinikoplash.
Xab dorilar sirtini fakat shifokor tavsiyasi bilan koplash mumkin. Buning uchun X DF ko‘rsatmasiga ko‘ra shakar yoki xab dorilarni me’da shirasi ta’siridan saqlaydigan birikmalar ishlatiladi (fenilsalitsilat, stearin kislotasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |