amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallari 1-mavzu. Dori va dorivor moddalar texnologiyasi fani Darsning maqsadi


-mavzu:Hab dorilarni tayyorlash usullari



Download 470,73 Kb.
bet26/67
Sana14.06.2022
Hajmi470,73 Kb.
#666623
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
amaliy

10-mavzu:Hab dorilarni tayyorlash usullari.


Darsning maqsadi: mavzu bilan talabalarni yaqindan tanishtirish. Mavjud preparatlar bilan tanishtirish.
Darsning o‘tkazish tartibi: dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi.
Darsni o‘tkazish uchun kerakli jixozlar va vositalar: jadvallar, mavjud bo‘lgan dori vositalari, adabiyotlar.
Xab dorilar — (lat. Pilulae — to‘p) — dozalarga bo‘lingan, sharsimon dori turi bo‘lib,ichish uchun qo‘llaniladi. Xab dorilarni tayyorlash uchun dorivor moddalar bilan Yordamchi bo‘lgan indifferent moddalarni ko‘shib plastik massa Hosil qilinadi. Davlat farmakopeyasiga asosan xab dorilar ogirligi 0,1 g dan 0,5 gacha bo‘lishi kerak. (Diametri 4-8 mm gacha bo‘lishi ko‘rsatilgan).
Xozirgi vaktda xab dorilarni doriqona dorixatlaridagi umumiy miqdori 5% dan oshmaydi. Zavod sharoitida tabletkalar ko‘p chikarilishi sababli xab dorilar dori shakli sifatida kam tayyorlanmokda, ammo shunga qaramay xab dorilar o‘zining ahamiyati va dorivor kimmatini yo‘kotgani yo‘k, shuningdek, u aloxida tayyorlanadigan dori shakli sifatida ishlatilishi mumkin. Xab dorilarning asosiy afzallik tomoni Shundan iboratki, boshqa dori shaklida (masalan, eritmada) bir-biri bilan o‘zaro kelishmaydigan dorivor moddalar xab dori massasiga bemalol kiritilishi mumkin.
Xab dorilar yomon xid va bemaza ta’mga ega bo‘lmaydi, chunki uni zarur bo‘lganda osongina nikoblash mumkin, tabletkaga qaraganda ichish uchun kulay va yutish ham oson. Xab dorilar dozasining aniqligi va saqlanish muddati bo‘yicha tabletkalardan kolishmaydi. Uning nokulay tomoni Shundan iboratki, sekin ta’sir etadi. Xab dorilarni tayyorlash xozirgi vaktda katta ahamiyatga ega. Doriqona sharoitida xab dorilarni tayyorlash kengaydi. Xab dorilar tarkibiga kiradigan moddalar ikki guruxga bo‘linadi: 1. Dorivor moddalar. 2. Yordamchi (ko‘shimcha) moddalar.
Yordamchi moddalar xab dori massasi kayishkoklik xossasiga ega bo‘lishini hamda tayyorlangan xab dorini me’da-ichak yo‘llarida parchalanishini ta’minlanishi zarur.
Jismga ta’sir etuvchi deformatsiyalovchi kuch ta’sirida uning o‘z shaklini o‘zgartirish xossasi plastiklik deyiladi. Bunda jism kichikrok kuchga ega bo‘lgan ta’sirga karshilik ko‘rsatishi kerak.
Xab dori massasining plastikligi deganda uning kerakli shaklni Hosil kilish xususiyatiga aytiladi. Plastik xossaga ega bo‘lgan xab dori massasi bir vaktning o‘zida yana ma’lum darajada tarang ham bo‘lishi kerak. Agar xab dori massasi bunday xossaga ega bo‘lmasa, ya’ni u ma’lum darajada okuvchanlikka moyil bo‘lsa, bunday massadan tayyorlangan xab dorilar saqlanish vakti davomida o‘z shaklini o‘zgartirib yuboradi.
Boshqa tomondan agar xab dori massasi juda katta taranglikka ega bo‘lsa, ya’ni plastik deformatsiyalanish xossasi bo‘lmasa, u xolda undan na tayokcha va na sharcha yasab bo‘ladi.
Xab dori tayyor aralashmasining ma’lum sifatlari yordamchi modda xossalari bilan boglikligini yodda tutgan xolda xab dori tarkibiga kirgan dori modda xossalarini xisobga olgan xolda tanlanishi zarur. Yordamchi moddalar xossalari dorini fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirmasligi, unga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. SHuni eslatib o‘tish kerakki, yordamchi modda tanlanayotganda xab dorining nafakat texnologik ko‘rsatkichlari (shakli, tarangligi, cho‘ziluvchanligi), balki uning sifat ko‘rsatkichlari ham to‘la ta’minlangan bo‘lishi zarur. Xab dori me’da suyuqliklari va ular xarakati ta’sirida parchalanishi lozim. Natijada tarkibidagi dori modda tana suyuqligi orkali qonga so‘rilib tarkaladi, ya’ni yordamchi modda o‘z xususiyati bilan xab doriga ko‘yiladigan biofarmatsevtik talablarga ham javob beradi.
Davlat farmakopeyasining X nashriga asosan xab dorilar me’da shirasi ta’sirida, suvda yoki 0,5% li xlorid kislotasi eritmasida 37 0C da 1 soat davomida o‘zining kattikligini yo‘kotib, parchalanib ketishi kerak (kolbaning tebranish tezligi sekundiga 1-2 marotaba).
Yordamchi moddalar
Suv — dorivor moddaning asosiy erituvchisi bo‘lib xisoblanadi. Bundan tashkari, suv bo‘kish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar uchun bo‘ktiruvchi xisoblanadi hamda xab dori tarkibiga kiruvchi kattik moddalarning bir-biriga yopishishini ta’minlaydi. Suv yordamida xab dori tayyorlash mumkin bo‘lsa, Yordamchi modda sifatida fakat suv ishlatiladi. Yuqori sifatli aralashma olish uchun zarur bo‘lgan xoldagina boshqa erituvchi va modda ishlatish mumkin.
Spirt — tarkibida smola saklovchi xab dorilarni tayyorlash uchun ishlatiladi, chunki smola spirtda eriydi. Shuni yodda saqlash kerakki, spirtning miqdori ko‘payib ketsa, xab dori massasining kayishkoklik xossasi yo‘kolib, yopishkok suyuqlikka aylanadi.
Glitserin — tarkibida ko‘p (quruq) kattik moddalar saqlaydigan ba’zi xab dorilar massasining plastikligini suvdan ko‘ra yaxshirok oshiradi. Har doim Agua glycerinata (1:1) ko‘rinishida qo‘llaniladi. Gigroskopik modda sifatida massani tez kurib kolishdan saqlaydi.
Qand — (qand lavlagi va sut qandi). Qand oddiy sharbat, qandli suv (teng miqdordagi suv va sharbat), sharbat, glitserin, suv aralashmasi (1:1:8) qism ko‘rinishida ishlatiladi. Qand miqdorini juda ko‘p olish mumkin emas, chunki u xolda xab dorining quruqligi yetarli bo‘lmay koladi.
Gidrofil plastifikator sifatida kukun (upa) turida ishlatiladi. Sut kandi suvni shimmaydi, lekin xab dorilarning bo‘linib ketishini (uvalanishini) oshiradi.
A.SH.Hamzina (1961 yil) kraxmal-kand aralashmasidan foydalanishni taklif etdi. Kraxmal kandli kompozitsiYa — 1 qism kraxmal, 3 qism sut kandi, 3 qism glyukozadan tashkil topgan.
Asal—fruktoza va glyukozaning yukori yopishkoklikka ega bo‘lgan qonsentrlangan eritmasi xisoblanadi. Asal xab dori massasining plastikligini oshiradi. Gigroskopik modda bo‘lgani uchun xab dori massasining kurishini sekinlatadi. Asal xab dorilarni tayyorlashda ishlatiladigan yukori sifatli yordamchi modda bo‘lib,ayniksa kaytarilgan temir yoki temir karbonatlar yordamida xab dorilar tayyorlashda ko‘llanadi.
Dekstrin—suvli eritmasi yukori yopishkoklikka ega, shuning uchun dekstrindan Yaxshi xab dorilar massasini tayyorlash mumkin. Shu bilan bir vaktda suv bilan aralashmaydigan suyuq dorivor moddalarni emulgirlash uchun emulgator sifatida ham ishlatiladi.
Elim — arab va o‘rik elimi xab dori tayyorlashda biriktiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Dekstringa nisbatan yopishkoklik va liofillik xossasi ancha kuchli. Elim kurigandan keyin xab dorilar massasi ancha kattik bo‘lib koladi. Elimlar xar doim eritma ko‘rinishida ishlatiladi. Shu bilan birga suv bilan aralashmaydigan suyuq dorivor moddalardan xab dorilar tayyorlashda emulgator sifatida qo‘llaniladi. Oksidlash xossasiga ega bo‘lganligi uchun gummi arabik elimi, opiy va uning alkaloidlari, apomorfin kabi moddalar saqlagan xab dorilar tayyorlashda ishlatilmaydi. Shuni ham xisobga olish kerakki, elimlar xab dorilarning parchalanish vaqtini uzaytiradi.
Algin kislotasi — yukori molekulali birikma bo‘lib, laminariya (dengiz qarami) o‘simligidan olingan. O‘ta yopishkok eritma hosil kilib, xab dori hamirining (massasini) plastikligini oshiradi.
Chuchukmiya ekstrakti — Chuchukmiyaning kuyuk ekstrakti yukori yopishkoklikka ega bo‘lgan gigroskopik suyuqlikdir. U xab dori massasining plastikligini oshiruvchi va kurishini sekinlashtiruvchi modda xisoblanadi. Chuchukmiyaning quruq ekstrakti ham yaxshi plastiklovchi modda bo‘lib, lekin glitserin yoki glitserinli suv ko‘shishni talab qiladi.
Bu ekstrakt deyarli hamma dorivor moddalardan xab dorilar tayyorlashda foydalaniladi. Ekstrakt biriktiruvchi modda sifatida ko‘llanilganda odatda ildizdan tayyorlangan kukun bilan birga ishlatiladi, shunda xab dorilar parchalanishi oson bo‘ladi.
Qoqi o‘t va ermanning kuyuk ekstrakti biriktiruvchi modda bo‘lib, xab dorilar uchun yaxshi asos xisoblanadi. Ular dorivor modda (ishtaxa ochuvchi) sifatida beriladi. O‘simlikdan tayyorlangan kukun — Chuchukmiya ildizining tolqoni, koki o‘t va ermanlarning tolqoni shu nomli ekstraktlar bilan birgalikda ishlatiladigan asos xisoblanadi. Xab dori massasi tarkibiga yana boshqa o‘simlik tolqonlari kirishi mumkin. Masalan, gulxayri ildizining tolqoni. Shuni ta’kidlash lozimki, gulxayri ildizi tolqonini arab elimi yoki tragakant bilan birga ishlatish mumkin emas, chunki bunda Hosil bo‘lgan xab dori massasi toshdek kattik chikadi. O‘simlik tolqonlari o‘z tarkibida suvda eriydigan, bo‘kadigan moddalar, suvda erimaydigan kattik o‘simlik to‘kimalarini saqlaydi. Shu sababli ular xab dori massasining suyuq yoxud kattik fazasida tarkalishi mumkin.
Pektin moddasiga boy bo‘lgan na’matak o‘simligining tolqoni. Na’matak mevasi tarkibida juda ko‘p pektin moddalari saqlanadi. Suvda bo‘kkan bu moddalar xab dorilar tarkibiga kiruvchi ingredientlarni bir-biriga yaxshilab boglaydi va yetarli taranglik va plastiklikka ega bo‘lgan massa hosil qiladi. Bizning fikrimizcha, xab dorilarning hamma turida kand lavlagi va sabzining mayda tolqoni asos kilib olinishi mumkin. Bug‘doy uni tarkibida kleykovinaning borligi uni yaxshigina bo‘kish xossasiga ega qiladi. Bu esa o‘z navbatida xab dori tayyorlash kiyin bo‘lgan massalardan ham un yordamida dori shaklini hosil kilish imqonini beradi.
Kraxmal — (kartoshka, bug‘doy) asosan ekstrakt va yukori yopishkoklikka ega bo‘lgan suyuqliklardan xab dorilar tayyorlashda, xab dori massasi tarkibiga kattik faza sifatida ko‘shiladi. Xab dori tarkibidagi kraxmal uni parchalanishni tezlashtiradi. Kraxmalni glyukoza va lavlagi kandi bilan birgalikda ishlatish maksadga muvofikdir. Tuprokli minerallar (bentonit, ok gil) boshqa yordamchi moddalardan suyuqliklarni shimib olish xossasi bilan ajralib turadi. Xab dori massasiga kurituvchi modda sifatida ko‘shiladi. Ularning organiq moddalar ishtirokida oson parchalanuvchi moddalardan xab dorilar tayyorlash uchun ishlatiladi. Alyuminiy gidroksidi, AgNO3 va KMnO4 kabi oksidlovchi moddalardan xab dorilar tayyorlashda yarokli Yordamchi modda xisoblanadi. Hamma sanab o‘tilgan yordamchi moddalar xossasi va xab dorilar tayyorlashdagi ahamiyatiga qarab quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
1. Boglovchi moddalar — xab dori massasi tarkibida uning namligini ma’lum bir me’yorda saqlab, tarkibidagi moddalarni boglab bir shaklga keltirish maksadida qo‘llaniladi. Bunga suv, glitserin, spirt, asal, sharbat va ularning turli nisbatdagi aralashmalari ishlatiladi.
2. Emulsiyalovchi moddalar — xab dori tarkibiga suv bilan yomon aralashadigan moddalar kirganda ularning suv bilan aralashishini va boshqa Yordamchi moddalarni bir-biri bilan boglanib xab dori shakli hosil kilinishida ko‘shiladigan moddalar: o‘rik va arab elimi, dekstrin, algin kislotasi, chuchukmiya ekstrakti, na’matak kukuni.
3. To‘ldiruvchilar xab dori massasiga plastiklik berish uchun yoki uni yumshatish maksadida ko‘shiladigan kukun xolidagi moddalar: o‘simlik kukunlari, kraxmal, lavlagi va sut kandi, bentonit, ok gil, alyuminiy gidroksidi. Ba’zi (ko‘shimcha) yordamchi moddalar aralashish xosiyatiga ega. Masalan: uning tarkibida bir vaktning o‘zida kuchli gidrofil va bo‘kuvchi modda — kleykovina hamda kuchsiz gidrofil modda — kraxmal saqlanadi. Kraxmal kleykovina yuzaga keltirgan taranglikni pasaytiradi, zichlashtiruvchi (shibbalovchi) vazifani bajaradi. Xuddi shu narsa o‘simlik tolqonlariga ham tegishlidir, chunki ular ham tarkibida pektin, shilimshik kabi yopishkok eritmalar Hosil kilish xossasiga ega bo‘lgan moddalar bilan bir katorda, tipik plastifikatorlar — suvda erimaydigan va bo‘kmaydigan zarrachalarni (kraxmal, xar xil to‘kimalardan tashkil topgan zarrachalar) saqlaydi

Download 470,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish