5-amaliy mashg’ulot. Pezoelektrik datchiklar va IV-10R asbobiningyordamida vibratsiyani tekshirish Ishdan maqsad: Talabalarni p`ezoelektrik datchiklarni turlari bilan va IV-10R asbobining konstruksiyasi, elektr sxemasi, ishlashi va asbob yordamida vibratsiyani tekshirish usuli bilan amaliy tanishtirish.
Topshiriq: 1. Materialarda p`ezoelektrik effekt xossasini o‘rganish.
2. P`ezoelektrik datchik turlari va ularning qo‘llanilishi bilan tanishish.
3. P`ezoelektrik datchik va IV-10R asbobi yordamida stanokda nisbiy vibratsiyalarni o‘lchash uslubiyoti bilan tanishish.
4. O‘tkazilgan tajribalar natijasi bo‘yicha vibratsiyaning so‘nish grafigini qurish va laboratoriya ishining hisobotni tuzish.
Asosiy nazariy ko‘rsatmalar P`ezoeletrik datchiklar p`ezoelektrik effekt xossasiga asoslanib ishlaydi. P`ezoelektrik effekt “To‘g‘ri” va “qayta” bo‘ladi. Ayrim materiallarga mexanik yuklanishlar (kuchlar) ta’sir etganda ularning sirt chekklarida elektr zaryadlar hosil bo‘ladi. Bunday xususiyatga “to‘g‘ri” effekt xossasi asoslangan. Boshqa turdagi materiallarga elektr maydoni ta’sir etganda ular mexanik deformatsiyalanadilar. “Qayta effekt xossasi ana shunga asoslangan. P`ezolektrik xossasiga ega bo‘lgan materiallardan datchiklarda ko‘proq kvars qo‘llaniladi, chunki u yuqori p`ezoelektrik va temperaturaga bog‘liqligi kam. P`ezoelektrik datchiklar qo‘llanilganda ularda zaryad o‘lchanmay, balki plastinka qoplamalari orasidagi sig‘imga mos kuchlanish o‘lchanadi. Bu kuchlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda Q – p`ezoelektrik plastinkalarda paydo bo‘lgan zaryad;
R – bosilayotgan kuch (yuklanish);
- zaryad va bosilayotgan kuch orasidagi proporsionallik koeffitseti;
S - p`ezoelektrik datchiklarning sig‘imi.
P`ezoelektrik datchiklarning asosiy afzalliklaridan biri ularning inersiyasizligi, kamchiligi esa chiqishdagi quvvatining kichikligi. Ular bosimning kuchi, vibratsiya va kuch ta’sirida nomoyon bo‘ladigan boshqa tez o‘tadigan jarayonlarni o‘lchashda qo‘llaniladigan. 3.1 va 3.2 rasmlarda vibratsiyani o‘lchashga mo‘ljallangan p`ezoelektrik datchiklarning perpendikulyar va burchakli konstruksiyalari tasvirlangan. Datchiklar korpus 5 dan, kvars p`ezoelektrik plastinka 3 dan, pstki 2 va yuqorigi 4 elektrodlardan iborat. P`ezoelektrik kvars plastinkaga elektrodlar tok o‘tkazuvchan elim bilan yopishtirilgan bo‘lib, elektrodlarga ikkita chiqish klemmalari kavsharlangan. Korpus 5 qattiq to‘ldirgich epoksid smorlasi7 bilan to‘ldirilgan va ost tomonidan vibratsiyaga mos shaffof prokladka 1 o‘rnatilgan. P`ezoelektrik datchikning chiqish kuchlanishi ajratgich 6 dan olinadi. STANOK ni ishlash vaqtida uzel va detallarning vibratsiyasi ( tebranishi) paydo bo‘ladi. Vibratsiya manbaii stanok yuritmasi, tezliklar va uzatishlar qutichasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Laboratoriya ishida stanokning asosiy vibratsiya manbai bilan uning qolgan uzellari orasidagi nisbiy tebranishi o‘lchanadi. Buning uchun maxsus asbob IV-10R va p`ezodatchiklarning ikki turi perpendikulyar va burchakli variantlari yasalgan. 3.3 rasmda p`ezodatchik bilan IV-10R asbob bilan ulangan. IV-10R asbob 220 V uzgaruvchan tok tarmog‘i 4 dan ta’minlanadi.