STANOKNING KONSTRUKTIV AVFZALLIKLARI
Turli uzatmalarning aniqligiga qo’yiladigan talablarning ortishi hamda stanokning yordamchi harakatlarini avtomatlashtirilishi ularni oddiy stanok mexanizmlaridan farqlanishini taqoza etadi. Stanokda uzatish harakatlarining bir tekis bo’lishini va belgilangan aniqlikda siljishini ta’minlash uchun stanoqdagi uzatish harakatlarining yuritmalariga alohida talablar qo’yiladi. Sirpanish vint – gayka uzatmasida qator kamchiliklar mavjud. Ularga kichik tezliklarda notekis aylanishi, FIKning kichikligi va boshqalardan iboratdir. Zoldirli vint-gayka uzatmasi esa bu kamchiliklardan xolis.
1.6 - rasm
Bunday uzatmalarning afzalliklari ishqalaning koeffisientining kichikligi, FIKning yuqoriligi, tirqishlar butunlay bo’lmasligidir. Uzatish yuritmasida yurgizish vintidan oldin maxsus reduktor joylashgan bo’lib, u tishli uzatmalarning tirqishsizligini ta’minlaydi.
Supportdagi bo’ylama uzatish yuritmasi diametric 63 mm va qadami 10 mm zodirli vint-gayka uzatmadan, ya’ni vint 1, gayka 2, zoldir 3 va zoldirlarni qaytarish qurilmasi 4 dan iborat (1.6-rasm).
Supporting ko’ndalang uzatish yurimasi (1.7-rasm) karetkaning zoldirli gaykasi bilan bog’langan ko’ndalang vint 1 ga ega. U dumalash podshipnikli tayanch 3 larga o’rnatilgan. O’q kuchlarini tayanch podshipniklari qabul qilinadi. Teskari aloqa datchik 6 elastik mufta 5 orqali vint 1 bilan birlashgan. Ustiga yuritma 8 o’rnatilgan plita 7 surilganda tishli uzatma 4 o’qlari orasidagi masofa kamaygach tishlari orasidagi tirqichlari yo’qoladi.
Olti pozitsiyali revolver kalak (1.8-rasm) supporting ko’ndalang karetkasiga joylashgan. Uning burilish o’qi shpindel o’qia parallel bo’lib, bu xol kallakning o’lchamini va asboblarini almashtirish vaqtini qisqartiradi. Kallakning 6 ta keskin va uchta asboblar bliki bo’lishi mumkin. Asboblar kallagi egiluvchan bo’lib, halqa 2 bilan markazlanuvchi tekis tishli muftaning buraluvchi qismi 4 ga qaratilgan. Revolver kallak elektrodvigateldan chervikli uzatma 10 orqali burilishi vaqtida o’ng torisetida qiya tishli bo’lgan quloqchali mufta 6 ham burial boshlaydi.
Mufta 7 ning o’ng yarim quloqchalari chap yarmining ariqchalariga kiradi va val 3 prujina 5 ta’sirida chap tomonga surilib, yassi tishli muftaning 1 va 4 yarim bo’laklarini ilashishga chiqaradi.
Dvigatelning keyini aylanishida mufta 6 bilan birga val 3 ham asbobli kallak dasturlashtirilgan holatiga etguncha buriladi shu paytda qotirgich tekis tishli muftaning buriluvchi qismini kerakli burchak ostida ushlab turadi, dvigatel esa teskari yo’nalishda aylana boshlaydi. Mufta quloqchalari toresidan sirpanib, uni o’ngga buradi va prujina 5 ni siqadi.
Tekis tishli mufta 4 ning buriluvchi qismi kulochokli muftaning harakatsiz yarmi 1 ning chuqurchasiga kiradi va ishonchli ravishda revolverkallakni qotiradi. Oxirgi uzgich 8 dvigatelni revolver kallak qisilgan holatda o’chiradi. Datchik 9 kallaklning pozitsiyalari nomerlarini sanaydi.
16K20T1 stanogida mexanizatsiyalangan yritmali uch quloqchali ponasimon patron qo’llaniladi. Uning elektr yuritmasi (1.9-rasm) shpindel 4 ning orqa uchiqa mahkamlanadi. Asinxron dvigatel 1 ning yuqoriga gayka o’rnatilgan bo’lib, uning aylanishi bilan vint shtok 2 ni va uning uchiga shtift va vtulka 8 yordamida mahkamlangan tortgich 6 bo’ylama yo’nalishda suriladi.
Tarelkasimon prujina paketlari 5 orqali vtulka orasi qovak totgich 7 ni va uning qovagiga joylashgan tarelkasimon prujina hamda 6 bilan bog’langan tortgich 9 ni ham suradi. Tortgich 9 elektromehanik yuritmadan patron kulochoklariga qisish kuchini uzatish uchun xizmat qiladi. Qisish kuchini kantaktsiz yo’l datchiklari 3 yordamida sozlanadi. Zagatovka patronga mahkamlangan vaqtida tarelkasimon prujinalar to’plami kerakli darajada siqilgach, dvigatel o’chirib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |