STANOKNING BOSHQARISH ORGANLARI Stanokning boshqarish organlariga quyidagilar kiradi:
Support paneli 1 da joylashgan SDB qurilmasi operatorining pulti 24; stanokni havfdan saqlash knopkasi 13; ketingi babka pinolini qo’lda mahkamlash dastasi 15; ketingi babkani mahkamlash uchun dasta 19; yuritmalarini boshqarish paneli 1;18, stanokni ishga sozlashda supportni surish dastasi 23; ketingi babka pinolini surish eritmasini boshqaruvchi oyoq tepki (pedal) 27; uch qulochokli patronning elektromehanik yuritmasini boshqaruvchi tepki 28 (1.1 - rasm).
Stanokning boshqarish qutisi paneliga (1.2-rasm) quyidagilar joylashgan: elektr jihozlarni yoqish dastasi 1; kiritish avtomatikasini mexanik ajratish (blakirovkalash) knopkasi 2; elektroavtomatikani uzish knopkasi 6; kuchlanish miqdorini qayd qiluvchi (indikatsiyalash) nazorat lampasi 4; shpindel babkasi mexanizmlarining meyorida joylashuvini qayd qiluvchi nazorat lampasi 7.
Elektr jihozlari qutisida joylashgan yuritmalarni boshqarish panelida (1.3-rasm) quyidagilar bor: yuritmalarni yoqish knopkalari 2 va 3; 1108 kuchlanishli manbaga ulanishda yerga ulanganlik to’g’risida signal beruvchi qurilma 1; ketingi babka pinoli bilan oldingi babka shpindelining patronini boshqaruvchi qayta o’lchagich 4. uni beshta holatga qo’yish bilan zagatovkani to’rt xil variantda mexanik mahkamlash va bo’shatishni amalgam oshirish imkoniyati bor: 1) patronda ketingi babka markazi bilan siqish; 2) ikkita markazlarda zagatovkani mahkamlash (patronning yuritmasi o’chiriladi); 3) patronda tashqi diametric bo’yicha zagatovkani mahkamlash; 4) patronda ichki diametri bo’yicha zagatovkani mahkamlash; 5) ishlov berilgan detalni bo’shatish.
Supportda joylashgan boshqarish panelida quyidagilar bor (1.4-rasm): stanokni ishga sozlash vaqtida stanokdagi harakatlarni qo’lda boshqarish dastagi 1; qayta ulagich 4 ning yordamida boshqarish pultidan stanokning ishlash 1/Z 11 orqali shpindelga uzatish natijasida bajariladi.
Bosh harakat yuritmasi quvvati 11 kvt bo’lgan chastatasi rostlanadigan asinxron dvigatedan iborat. Uning aylanishi chastatasi o’zgartilishi xisobiga tezliklar qutisining eng yuqori pag’onasida shpindelning yuqori diapazonidagi 160dan 2240 min -1 gacha aylanish chastatalariga erishiladi. O’rta pag’onada esa shpindelning (65 dan 900 min-1 gacha) diapazoniga erishiladi. Shpindelning aylanish chastatasi 22.4 dan 315 min 1 gacha eng pastki diapozoni tezliklar qutisida joylashgan perebor yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun aylana harakat datlab val III ga Z 5/Z 3, so’ngra Z 4/Z 11 uzatmalar orqali shpindelga uzatiladi.
Supportning bo’ylama harakati yuritmasi elektrodvigatel M 3 dan tishli g’ildirakli uzatma Z 21/ Z 20 va sharikli vint gayka juftidan iborat. M3 yuqori momentli o’zgarmas tokli aylanish chastatasi keng diopazonda rostlanadigan dvigatel bo’lib supporting bo’ylama ichki uzatishini 2000 mm/min gacha etkazish imkonini beradi. Supporting bo’ylama surilishini nazorat qilinish uchun impulsli teskari aloqa datchiki 5 hizmat qiladi. Shpindel bilan tishli g’ildiraklar Z 12/ Z13 orqali bog’langan huddi shunday datchik 2 rezba ochishda qo’llaniladi. Buning uchun datchik 2 bo’ylama uzatish harakat yuritmasi dvigatel M 3 bilan “Elektronika HS-31” SDB qurilmasi yordamida elektr aloqada bo’ladi.
Ko’ndalang uzatish harakati yuritmasining tuzilishi ham huddi shunday: M2 elektrodvigateldan Z15/Z14 tishli g’ildirakli juftlik orqali supporting ko’ndalang uzatish vinti harakatlanadi. Bunda ham sharikli (zoldorli) vinti – gayka juftligi qo’llaniladi. Teskari aloqa datchigi 3 ko’ndalang vint bilan bog’langan. Yuqori momentli aylana chastatasi keng diopozonda rostlanadigan va o’zgarmas tokda ishlanadigan elektrodvigatel M2 supportdagi ko’ndalang karetkaning ishchi uzatish tezligini 1000 mm/min gacha va tezlashtirilgan harakat tezligini 5000 mm/min gacha etishini ta’minlaydi.
Revolver kallagining burilishi asinhron dvigatel M4 dan tishli g’ildiriklar Z19/ Z18 va cherviyakli uzatma Z16/Z17 orqali amalgam oshiriladi. Dvigatel MB stanokning moylash sistemasida shesternali nasos 1 ning tishli g’ildiraklarini aylantiradi. Zagatovkani orqa markaz yordamida qisish uchun ketengi babka penolining vintini aylantiruvchi elektromehanik yuritma 4 xizmat qiladi.