Amaliy mashg‘ulotlar 1-amaliy mashg`ulot Mavzu



Download 17,95 Kb.
Sana18.03.2022
Hajmi17,95 Kb.
#500272
Bog'liq
1. Bosh gapni to`laligicha izohlovchi ergash gaplar


AMALIY MASHG‘ULOTLAR
1-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Bosh gapni to`laligicha izohlovchi ergash gaplar
Darsning maqsadi: talabalarga qo`shma gaplar va ularning turlari haqida ma`lumot berish, lisoniy bilimlarini oshirish hamda nutqiy savodxonligini shakllantirish.
Takrorlash:
O’tilgan mavzular ,,Aqliy hujum “ metodi orqali takrorlanadi.
1.Qo’shma gap deb qanday gaplarga aytiladi?
2.Ergashgan qo’shma gap qismlari qanday vositalar yordamida bog’lanadi?
3.Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda qanday mazmun ifoda etiladi?
1.Bog’langan qo’shma gap qismlari qanday vositalar yordamida bog’lanadi?
2.Ergashgan qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalardan qaysilari bosh gap tarkibida keladi?
3.Bosh gap deb nimaga aytiladi?
1.Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda qanday mazmun ifoda etiladi?
2.Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gapning qanday turi hosil qilinadi?
3.Ergash gap deb nimaga aytiladi?
III. O`qing va yodda tuting. Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim,nima,qancha,qanchalik,qanday, qayer kabi so’roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu, shuncha,o’sha,shunchalik,shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llanganligi ,biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi.Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma qo’shma gaplar qismlari bosh va ergash gaplar tarkibida ,,savol-javob” juftligini hosil qilib,bir-biriga nisbatan qo’llanuvchi soroq va ko’rsatish olmoshlari yordamida bog’lanadi.
Masalan: Kimki boshqalar taqdiriga o’z taqdiridek,boshqalar shodligi va qayg’usiga oz shodligi va qayg’usidek qarar ekan,u chinakam insondir.(M.Ismoiliy)
Ilmiy adabiyotlarda nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar havola bo’lakli ergashgan qo’shma gap deb ham yuritiladi.
IV. Gaplarni tahlil qiling.
Kim yaxshi o’qisa,o’sha maqsadiga yeta oladi.
Kim g’olib chiqsa ,yutuq o’shaniki bo’ladi.
Kim yaxshi xulqli bo’ladi,uning do’stlari ham ko’p bo’ladi.
Kimki bo’lsa dilozor,undan el-u yurt bezor.
Qayerda tartib-intizom bo’lsa,o’sha yerda ish unumli bo’ladi.

V. Gaplar ham tahlil qilinadi.Gaplarni ko’chirib,bosh tarkibida kelayotgan ko’rsatish olmoshining gapdagi vazifasini toping.


Namuna :Kim chaqqon va tez harakat qilsa,yutuq o’shaniki bo’ladi.Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi gapda kesim vazifasida kelyapti.Shuning uchun bunday ergash gap kesim ergash gapli qo’shma gap ekanligi aytiladi.

Kim mard bo’lsa so’ziga,oydir ona ko’ziga.(Kim –so’roq olmoshi,uning- ko’rsatish olmoshi yashirin )


Kimning qayeri og’risa,o’sha yeri haqida gapiradi(Kim-so’roq olmoshi,u-ko’rsatish olmoshi yashirin )
Nimani qilsang xor,o’shanga bo’lasan zor(Nimani –so’roq olmoshi,o’shanga-ko’rsatish olmoshi)
Nimani eksang,shuni o’rasan.( nimani-so’roq olmoshi,shuni-ko’rsatish olmoshi)
Har kimki vafo qilsa,vafo topqusidir
Har kimki javo qilsa, javo topqusidir,
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa,jazo topqusidir
(Kimki-so’roq olmoshi,o’sha –ko’rsatish olmoshi yashirin)
VI. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma'nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Bu yuklama bosh
gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Ba'zan bu bo‘lak qo‘llanmasligi ham mumkin, ammo uning o‘rni bilinib turadi.
Qo‘shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko 'ramiz. (Parda Tursuri) 2. Shunga aminmanki, «Ta'lim to'g`risida»gi Qonun talim tizimimizni yaxshilashda tub burilish yasaydi. («Ma'rifat») 3. Umidimiz shuki, Sizlar baxtli bo‘linglar. (Ismoil To‘lak) 4. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin.

Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini aniqlang.

1. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. (Hamid G`ulom) 2. Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo‘ladi. (Shuhrat) 3. Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. 4. Aybingiz shuki, juda ko‘ngilchansiz. (Z.Saidnosirova) 5. Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. (Alisher Navoiy)

Bosh gap tarkibida kelgan ko‘rsatish olmoshini aniqlang va vazifasini tushuntiring.


1. Shuni bilingki, aql bilan odob — jism bilan jon. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so‘z uqtirgandan ko‘ra yelkada tosh tashish afzal. 3. Shunga amin bo‘ldimki, serjahl boshda aql bo‘lmaydi. 4. Shundan ehtiyot bo‘lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo‘lmasin. 5. Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p bo‘ladi.
Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rnida keltirib, qo‘shma gapni sodda gapga aylantiring.

1. Baxtim shuki, seni uchratdim. (ZSaidnosirova) 2. Shunday o‘zgarishlar bo‘lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. 3. Shunisi quvonarliki, sinfdagi o‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. 4. Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi. (Asqad Muxtor) 5. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin. (Oybek)



N a m u n a : Baxtim shuki, seni uchratdim — Baxtim — seni uchratganligim.
Download 17,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish