Amaliy mashg’ulotlar 1- amaliy mashg’ulot mavzusi



Download 2,98 Mb.
bet28/50
Sana21.06.2022
Hajmi2,98 Mb.
#689010
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
amaliy

Asosiy matn:
Ma’lumotlarni tasvirlash usullari





13-amaliy mashg’ulot mavzusi: Burchak turlari. Yoyiq burchak. Burchak gradusi. Burchak gradusi. 30,45, 60, 90 gradusli burchaklarni transporter yordamida o’lchash.
Maqsad: Talabalarga burchak turlari va o’rgatish metodikalari haqida ma’lumot berish.
Kerakli jihoz va materiallar: proyektor, taqdimot materiallari, ma’ruza matni, 1-4 sinf matematika darsliklari, Matematika o’qitish metodikasi fani bo’yicha adabiyotlar.
Asosiy matn:
Boshlang'ich matematika dasturida geometrik material katta o'rinni oladi. Geometrik materialni o'rganishning asosiy maqsadi geometrik shakllar (nuqta, to'g'ri va egri chiziq, to'g'ri chiziq kes- masi, siniq chiziq, ko'pburchak, aylana va doira) haqida ularning elementlari haqida, shakllar va ulaming elementlari orasidagi mu- nosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlaming to‘la tizimini tarkib toptirishdan iborat.
Geometrik shakllar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik shakllami chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblaming yordamisiz o’lchash va yasashlaming amaliy malaka- larini (ko‘zda chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; o‘quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. Nuqta, to‘g‘ri chiziq va egri chiziq, to‘g‘ri chiziq kesmasi.
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta, tolg‘ri chiziq va egri chiziq, to‘g‘ri chiziq kesmasi haqida aniq tasavvurlami tarkib toptirish kerak. Shuni eslatib o’tamizki, “nuqta", “to‘g‘ri chiziq” tushunchalari hozirgi kunda o‘qitilayotgan maktab geometriya kursining asosiy tushunchalaridir. Shu sababli “nuqta deb nimaga aytiladi?”, “to‘g‘ri chiziq deb nimaga aytiladi?” degan savollar ma’noga ega bo’lmay qoladi. Qalam uchining qog‘ozdagi izi, bo‘rning doskadagi izi nuqta haqida tasavvur beradi.
Birinchi sinf o‘quvchilarida to‘g‘ri chiziq haqida tasavvurlami tarkib toptirish ulaming har xil amaliy ishlarni bajarishlarida sodir bo’ladi. Masalan, bo‘r surtilgan ipni tarang tortib turib qo‘yib yuborilsa, doskada to‘g‘ri chiziq bir qismining obrazi hosil bo’ladi. Uni har ikkala tomonga davom ettirish mumkin. Chizg’ich yordamida ham, boshqa usullar bilan ham to‘g‘ri chiziq yasash mumkin. Masalan, qog‘oz varag’ini buklash yo’li bilan to‘g‘ri chiziq hosil qilish mumkin, buklash chizig’i to‘g‘ri chiziq bo’ladi. Bunda bolalar diqqatini shu narsaga qaratish muhimki, qog‘oz varag’ini har xil yo‘nalishda bukilganda ham natija bir xil bo’lib, to‘g‘ri chiziq tasviri hosil bo’ladi. Doskada to‘g‘ri chiziq vaziyatini o‘zgartirish, ya’ni uni gorizontal, vertikal va qiya holda chizish ham muhimdir.
Mashqlami bajarish jarayonida O‘quvchilar to‘g‘ri va egri chiziqlaming ba’zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan, bolalar nuqtadan chiziqlar o’tkazish bo’yicha mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to‘g‘ri va egri chiziq o’tkazishlari mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‘g‘ri chiziq, istalgancha egri chiziq o’tkazish mumkin, degan xulosaga keladilar.
Kesma bilan ham o‘quvchilar amaliy tanishadilar. Agar to‘g‘ri chiziqqa ikkita nuqta qo‘yilsa, to‘g‘ri chiziqning chegarasi shu nuqtalardan iborat qismi to‘g‘ri chiziq kesmasi yoki qisqacha kesma deyiladi. Kesmaning chegaralarini chiziqcha-lar bilan belgilash ham mumkin. O‘quvchilar to‘g‘ri chiziqning tasviri to‘g‘ri chiziq kesmasi tasviridan qanday farq qilishini bilib olishlari kerak. Kesmaning oxirlari nuqtalar yoki shtrixlar bilan belgilanadi. Atrof-muhitdan to‘g‘ri chiziq kesmasini ko‘rsatishga doir mashqlar kesma haqidagi tushunchani mustahkamlaydi. Ko‘pburchaklar va ulaming elementari. Ko‘pburchaklar bilan bolalar hali maktabgacha bo’lgan yoshlaridayoq tanishadilar. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilaming geometrik shakllar haqidagi bilimlarini kengaytirish, ulami shakl elementlarini ajrata olishga o‘rgatish, shakllami chizishga o‘rgatish, shakllaming ba’zi xossalari bilan tanishtirishdan iborat. Shuni eslatib o’tamizki, geometrik shakllar modellari to‘plami “1-sinf uchun matematikadan namoyish materiali’da, shuningdek birinchi sinf o‘quvchilari uchun matematika yig‘malarida bor.

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish