Chaynash.
Ovqatni chaynash ham murakkab reflektor mexanizmdan iborat b o iib , ovqat boiakchalari jag iarn
iu g harakati natijasida ovqat eziladi. Ovqat qancha k o ‘p ezilsa, o ‘shancha oson hazm bo‘ladi,
chunki ezilgan ovqatning ichiga so iak ko‘p miqdorda kiradi. Chaynashning ahamiyati ovqatni
mexanik ishlash va maydalashdan iborat. Ayni vaqtda ovqat so iak bilan hoilanib, yumshab, yutish
uchun qulay holga keladi. So iak bezlari Og‘iz b o ‘shlig‘ida uch juft yirik so ‘lak bezi; quloq oldi (1),
jag ‘ osti (II) va til osti (III) bezlari, shuningdek til yuzasida va tanglay bilan yuzning shilliq
pardalarida joylashgan k o ‘pincha mayda bezlarning yoilari o g ‘iz b o ‘shIig‘iga ochiladi. So‘lak
bezlarida ip singari cho‘ziluvchi yopishqoq sekret chiqaruvchi shilimshiq hujayralar va soMak deb
ataluvchi suvday suyuq sekret chiqaruvchi seroz hujayralar bor. Quloq oldi bezi va tilning yon
yuzalaridagi bezlar seroz hnjayralardan tashkil topgan. Shilimshiq hujayralardan tuzilgan bezlar -
shilliq bezlar til ildizida, qattiq va yumshoq tanglayda b o ‘ladi. Seroz va shilliq hujayralardan
tashqari so ‘lak bezlarida sekretor hujayralaming ostida joylashgan mioepitelial hujayralar ham bor.
So‘lakning tarkibi va xossalari
So‘lakda suv, anorganik va organik moddalar bor. Suv so ‘lakning 94,4-99,5% ni tashkil qiladi,
organik va anorganik moddalar 0,5-0,6% chamasida bo‘ladi. Anorganik moddalarga - xloridlar,
fosfatlar, bikarbonatlarning natriy, kaliy, kalsiyli tuzlari, organik moddalarga - mutsin, globulin,
fermentlar* aminokislotalar, kreatin, siydik kislota va mochevina kiradi. Bundan tashqari, so iak d a
gazlar (N02 va C02) ham bo‘ladi. So‘lak reaksiyasi ishqoriydir (pH=5.8-7.4). So‘lak tarkibidagi
oqsillar va fermentlar ovqat moddalarini parchalaydi.
5.
Ovqatning me’dada hazm bo‘lishi
Ovqat qizilo‘ngachdan me’daga tushadi (53-rasm). Me’daga tushgan ovqat u yerdagi bezlardan
chiqadigan shiralar ta’sirida parchalanadi. Ovqatning sifatiga qarab, u me’dada 4 soatdan 10
soatgacha turishi mumkin. Me’da «ovqat deposi» funksiyasini bajaradi, u yeyilgan ovqatning katta
hajmini saqlab turadi. Ovqat me’dada aralashib, uning ichiga me*da shirasi singib kiradi, ovqatning
tarkibiy qismlari, ayniqsa, oqsillar me’da shirasining fermentlari ta’sirida kimyoviy o ‘zgarishlarga
duch keladi. Me’da ovqat hazm qilish a’zolarining eng keng qismi b o ‘lib, qorin b o ‘shlig‘ining
chap tomonida, diafragma ostida yotadi. Me’daning qizilo‘ngach bilan qo‘shiladigan yeri kirish
qismi (pars cardial), kengaygan qismi - tubi (fundus), tanasi (corpus) va chiqish qismi (pylorus)dan
iborat. Me’da bezlari uning tubi, tanasi va pilorik qismidagi shilliq pardada joylashgan.Me’daning
fundal qismidagi bezlar asosiy, qo‘shimcha va qoplovchi hujayralardan tashkil topgan. Qo‘shimcha
hujayralar mukoiid sekret chiqaradi; asosiy hujayralarda me’da shirasining fermentlari hosil b o
‘ladi; qoplovchi hujayralar me’da shirasidagi xlorid kislotani chiqaradi. Pilorik qismidagi bezlar faqat
asosiy va qo‘shimcha hujayralardan iborat b o ‘lib, qoplovchi hujayralari yo‘q, shuning uchun pilorik
qismidagi bezlardan chiqadigan shirada xlorid kislota b lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |