7. IShNI BAJARISh TARTIBI 1. Asboblarni tanlang va o’lchash transformatorlari orqali tok va kuchlanishni o’lchaydigan sxemalarni yig’ing (5.4- va 5.5- rasmlar).
2. Natijalarni 5.2 - jadvalga yozing.
5.2 - jadval
O’lchanganlar
Hisoblanganlar
Sxema (5.4-rasm)
Sxema (5.5-rasm)
Sxema (5.4-rasm)
Sxema (5.5-rasm)
U1
I1
I2
U2
KI
n
KU
U
A
A
A
V
%
%
%
5.4 - rasm. Tok transformatorini ulanish sxemasi
5.5 - rasm. Kuchlanish transformatorini ulanish sxemasi 3. Birlamchi kuchlanish qiymatini uch marta o’zgartirib, transformatsiya koeffitsiyentini hisobga olgan holda o’lchanayotgan kattaliklarning haqiqiy qiymatlarini quyidagi formulalar yordamida hisoblang:
.
4. Natijalarni 5.2 - jadvalga yozing.
8. O’LChASh NATIJALARI BILAN IShLASh 1. Shunt qarshiligini aniqlang.
2. Voltmetrga ketma-ket ulangan qo’shimcha qarshilik qiymatini aniqlang.
3. O’lchash transformatorlarining haqiqiy transformatsiya koeffitsiyentlari Кi va КU larni toping.
4. O’lchash transformatorlari kiritayotgan nisbiy xatoliklarni aniqlang.
9. Hisobotni yozish tartibi 1. O’zgarmas tok zanjirida ishlatiladigan shuntlar va qo’shimcha qarshiliklar to’g’risida.
2. O’lchash transformatorlar va ularning nisbiy xatolari to’g’risida.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar. 1. Rezistor yordamida qanday qilib tokni kuchlanishga o’zgartirish mumkin?
2. Shunt nima?
3. Shuntning qarshiligi qanday hisoblanadi?
4. O’zgarmas tok zanjirida voltmetr o’lchash chegarasini kengaytirish uchun qo’shimcha qarshilik qanday tanlanadi?
5. O’lchash tok transformatorining tuzilishi va ishlash tamoyilini aytib bering?
6. O’zgaruvchan tok zanjirlarida o’lchash asboblarining o’lchash chegarasini kengaytirish uchun tok transformatorlari qanday tanlanadi?
7. O’lchash kuchlanish transformatorining tuzilishi va ishlash prinsipini aytib bering?
RAQAMLI VOLTMETRLARNI O’RGANISh VA QO’ LLASh
1. IShGA TAYYoRLANISh Laboratoriyaga tayyorlanish borasida keltirilgan adabiyotlardan tegishli paragraflarni va laboratoriya ishida foydalaniladigan raqamli va elektron voltmetrlarning texnik pasportida keltirilgan ma'lumotlar bilan tanishib chiqing.
2. IShDAN MAQSAD 1. Voltmetrlarning pasport ma'lumotlari, sxemasi, konstruksiyasi va ishlash tamoyili bilan tanishish.
2. Raqamli voltmetrlardan foydalanishni o’rganish.
3. IShNING NAZARIY QISMI O‘zgarmas tokli raqamli voltmetrlar raqamli o‘lchash asboblari (RO‘A)ning eng ko‘p tarqalgan turiga kiradi. Ular o‘z navbatida ikki turga: hadma-had taqqoslovchi va ikki marta integrallovchi o‘zgartkichli RO‘A ga bo‘linadi.
6.1 - rasmda hadma-had taqqoslovchi o‘zgartkich asosida ishlaydigan raqamli voltmetrning sxemasi keltirilgan.
O‘lchanayotgan kuchlanish (Ux) o‘lchash doirasini belgilovchi kuchlanish bo‘lgichi (KB) orqali taqqoslash sxemasi (ТS) ga beriladi. Тayanch kuchlanish manbai (ТKM) chiqishida tegishli kuchlanish paydo bo‘lguncha va yuqori hadli hisoblagich (YuHH) holatiga ko‘ra, boshqarish sxemasi kuchlanishni chastotaga o‘zgartiradi (KChO‘). Agar boshqaruvchi sxema (BS) elektron kalit (EK1) va (EK2) ni ochsa, YuHH chiqishida kirish kuchlanishga yaqin bo‘lgan son paydo bo‘ladi, ya’ni kuchlanish chastotaga o‘zgartirilgandan so‘ng boshqarish
6.1 – rasm. Hadma-had taqqoslovchi o‘zgartkich asosida ishlaydigan raqamli voltmetrning sxemasi
impulslarni hisoblagich orqali (YuHH) raqamli indikator (RI) ga uzatadi va u tegishli raqamni ko‘rsatadi. Asbobning nol ko‘rsatkichini korreksiya qilish uchun o‘zgaruvchan rezistor yordamida taqqoslash sxemasining chiqishidagi kuchlanish sozlanadi. Buning uchun normal elementga ega bo‘lgan chiquvchi signali (ТKM) dan foydalaniladi.
ТS da mazkur son (kuchlanish) o‘lchanayotgan kuchlanishdan ayiriladi va hosil bo‘lgan ayirma ikkilamchi ishlovga beriladi. Bunda elektron kalit (EK3) ochiladi va kichik hadli hisoblagich (KHH) ishga tushadi, uning natijasi YuHH dagi son bilan qo‘shiladi.
Raqamli voltmetrlar (o‘zgarmas tokda) 1 mkV dan 1000 V gacha kuchlanishlarni 0,1 % xatolik bilan o‘lchash imkoniga ega. Yuqori aniqlikka ega o‘zgarmas tok raqamli voltmetrlarning V7–28 rusumi va boshqa turlari ma’lum.
4. TOPShIRIQ Vaqt-impulsli raqamli voltmetrlarning tuzilishi, ishlashi va nazariyasini o’rganing. Laboratoriya ishidagi asbob va jihozlar bilan tanishing.